• O’quv fanining maqsadi va vazifasi
  • O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta‘limdagi o’rni




    Download 190 Kb.
    bet2/15
    Sana10.04.2023
    Hajmi190 Kb.
    #49993
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    noorganik moddalar kim tex.dastur
    Mavzu Statik aniq tekis fermalarni harakatlanuvchi Yuklar ta\'si, Mustaqil ish birinchi kurslar uchun (1), Kompyuterning yaratilish tarixi, Magnit materiallar, 4-mavzu. Mustaqil o‘zbekiston respublikasining tashkil topishi v, Q6Ge0Upn9jy3Qs1ToakmbBmUxHWCTln5LRSHK0YE, alpha, Kichik biznesni moliyaslashtirishning o\'ziga xos xususiyatlari, SENARIYSI, A.S.Ekzyuperi. Kichkina Shahzoda, îáΦ¿¡á σá¼ ¼Ñσá¡¿º¼½Ñα »á¡¿¡Ñ¡ 100 ß«αáπ QQ, Abduraximova Jumagul, Xoldarova Gulchexraxon Qosimjonovna
    O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta‘limdagi o’rni
    Ushbu fan sulfat kislota va bog'langan azot birikmalari ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan xomashyo va maxsulotlarning fizik-kimyoviy xossalari, ularning qo’shinlcha zararli aralashmalardan tozalash usullari, ishlab chiqarishning fizik-kimyoviy asoslari, texnologik tizimlarni solishtirish va tanlash masalalarini qamraydi.
    Noorganik moddalar ishlab chiqarish usullarini, texnologik hisoblarni bajarish, jihozlarning ishlash maromini, texnologik jarayonlarni jadallashtirish va takomillashtirish yo’llarini mohiyatini tushinishda bakalavrlarni zarur bo’lgan bilimlar bilan qurollantiradi.
    Bu dasturni amalda bajarish uchun talaba o’quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy ilmiy fanlari blokining “Oliy matematika”, “Fizika”, “Umumiy va noorganik kimyo”, “Organik kimyo”, “Analitik kimyo”, “Fizkolloid kimyo”, “Ekologiya”, “Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar”, “Umumiy kimyoviy texnologiya”, “Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish” kabi fanlaridan bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi talab etiladi.
    O’quv fanining maqsadi va vazifasi
    “Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi” fanining asosiy maqsadi - talabalarni noorganik moddalar texnologiyasi asosini tashkil etuvchi sulfat kislota va bog'langan azotli birikmalarni ishlab chiqarish texnologiyalari, fizik kimyoviy va muxandislik asoslarini egallashlariga yordam berish hamda talabalarda texnologik hisoblarni bajarish taffakkurini shakllantirish va rivojlantirish, o'zining fikr-mulohaza, xulosalarini asosli tarzda aniq bayon etishga o'rgatish, egallangan bilimlar bo'yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat.
    Fanning vazifasi - uni o’rganuvchilarga:
    Qishloq xo'jaligi va kimyo sanoatining hozirgi davr va kelajagidagi rivoji uchun zarur bo'lgan bir qator asosiy noorganik maxsulotlar:
    Sulfat kislota va oleumning, sintetik ammiakning, nitrat kislota va karbamidning, kalsiy sianamidi va sian birikmalarining ishlab chiqarish asoslari, turlari, texnologik tasvirlash, asosiy jihozlarni tuzilishi va ishlash prinsiplari bo’yicha nazariy-amaliy bilimlarni uzviylik va uzluksizlikda o’rgatish asosida, ularda amaliy masalalarni hal qilish taffakurini shaklantirish va rivojlantirish, ularni o’zlarining fikr-mulohaza, xulosalarni asosli tarzda aniq bayon etishga o’rgatish, hamda egallangan bilimlari bo’yicha ko’nikma va malakalarni shakllantirishdir
    Ushbu maqsadga erishish uchun talabalar oltingugurtli xom ashyolarni hamda azot, kislorod, vodorod, uglerod monooksidi, uglerod dioksidi» kabi xomashyolarni xossalarini o’rganib ularni tozalash, boyitish, flotatsiyalash hamda konversiyalash jarayonini jadallashtirish yo’llari, texnologik sxemalarni o’rgatish vazifalarini bajaradi.
    Fan bo'yicha talabalarning bilim, ko'nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi. Bakalavr:

    • sulfat kislotani nitroza va kontakt usulida ishlab chiqarish;

    • sovuq sikllarning turlari;

    • atmosfera havosidan gazlarni ajratib olish;

    • suyuq havo rektifikatsiyasining nazariyasi;

    • tabiiy gazdan vodorod olish;

    • texnologik gazlarni qo'shimchalardan tozalash;

    • gazli reaksiyalarning qonuniyatlari;

    • texnologik jarayonlarning statikasi va kinetikasi;

    • ammiak ishlab chiqarish nazariyasi;

    • nitrat kislota va karbamid ishlab chiqarish nazariy asoslari haqida tassavurga ega bo'lishi;

    • sulfat kislota navlarini;

    • xomashyo materiallarning xususiyatlarini va tarkiblarini;

    • mahsulot turiga ko'ra texnologik sxema tanlashni;

    • noorganik moddalar ishlab chiqarishda texnika va texnologiya soxasidagi yangiliklarni;

    • -jarayonlarning uzviy bog'liqligini billsh

    • texnologik jarayonlarning moddiy balansini hisoblash;

    • texnologik jarayonlarning issiqlik balansini hisoblash;

    • asosiy apparatlarning tekshiruv - mexanik hisobini bajarish;

    • texnologik sxemalarni solishtirish va tahlil qilish;

    • -ishlab chiqarishning asosiy texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarini hisoblash malakalariga ega bo'lishi kerak.




    Download 190 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 190 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta‘limdagi o’rni

    Download 190 Kb.