|
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi
|
bet | 4/17 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 79,87 Kb. | | #139973 |
Bog'liq Issiqlik o\'tkazuvchanlik tenglamasi uchun koshi masalasi mundari-fayllar.orgBitiruv malakaviy ishining dolzarbligi: Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin bizning o’zbek yigit-qizlari jahon arenalarida sport va ilm-fanning turli sohalarida yutuqlarga erishib yurtimiz sharafini himoya qilishmoqda. Ularga o’z sohasini mukammal biladigan mutaxassislar bo’lib yetishishi uchun jahon standartlari darajasida bilim berish, fanlarni chuqur o’rgatish, fanning ishlab chiqarish bilan aloqasini mustahkamlash bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Malakaviy bitiruv ishi matematik fizika tenglamalari fanida muhim o`rin tutgan fundamental yechim tushunchasi va matematik fizikaning klassik tenglamalarining fundamental yechimlariga bag’ishlangan bo`lib, talabalar bunday masalalarni yechishda qator qiyinchiliklarga duch keladilar. Buning sababi bunday masalalar mantiqiy fikrlashni, mavzu yuzasidan bilimlarni talab qiladi. Mazkur malakaviy bitiruv ishi mavzuning xuddi shu jihatlarini yoritishga qaratilganligi bilan, qolaversa bir qancha fizik hodisa va jarayonlarning aniq matematik modelini tuzishda hamda uni yechishda qo’l kelganligi bilan dolzarb hisoblanib, unda matematik fizika tenglamalarining fundamental yechimini o’rganish muhim hisoblanadi. Shu fundamental yechim asosida matematik fizika tenglamalariga qo’yilgan masalaning yechimi quriladi.
Tadqiqot ob’ekti va predmeti: matematik fizikaning klassik tenglamalari, yechimlardan iborat.
Bitiruv malakaviy ishning asosiy maqsadi va vazifalari:
1. Matematik fizika tenglamalari uchun asosiy masalaning qo’yilishi;
2. Matematik fizika tenglamalarining fundamental yechimlari.
Tadqiqot usuli va uslubiyoti: Matematik fizika tenglamalari fanining nazariy va amaliy metodlari (masalan, Fur’ye usuli) hamda matematik fizika masalalar to’plamidan foydalanildi.
Olingan asosiy natijalar: Mavzu va mavzuga oid misol-masalalar, ularning qiyinlik darajasi, nozik va murakkab tomonlari tahlil va tadqiq qilingan.
Natijalarning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati: bu bitiruv malakaviy ishi ilmiy xarakterga ega bo’lib , BMIning amaliy ahamiyati mavzu va mavzuga oid misol-masalalarni tahlil hamda tadqiqi hisoblanadi. Fizika va boshqa tabiiy fanlar masalalari differensial tenglamalar nazariyasini muammolar bilan ta’minlab turadi. Ammo shunday ham bo’lish mumkinki, matematik tadqiqotlar, bir oz vaqt o’tganidan so’ng aniq fizikaviy muammolarda o’z aksini topadi.
|
| |