NAZORAT SAVOLLARI
“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fanining maqsadi.
“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fanining vazifalari.
O‘zbekiston Respublikasida fanning tutgan o’rni.
O'zbekiston Respublikasida Standartlashtirish va metrologiya Davlat qo'mitasi qachon tashkil qilingan.
2-Maruza: Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash fanining maqsadi va vazifalari.
Reja.
1.1. “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash-tirish”fanining maqsad va vazifalari.
1.2. Metrologiya bo‘yicha asosiy atama va tushunchalar
Fanni o‘rganish natijasida talabalar metrologiya bo‘yicha asosiy qoidalarni, talablar va me'yorlarni, standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo‘yicha me'yoriy hujjatlar bilan ishlashni bilishi va mavjud bilimlarini, tajribalarini amaliy faoliyatda qo‘llay bilishi lozim hisoblanadi. Bu hozirgi kunda, ayniqsa, xalqaro standartlarning talablariga mos keluvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish va uning raqobatbardoshliligini ta'minlashda dolzarb masalalardan biri sanaladi. Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha asosiy maqsad mahsulotlar va xizmatlar sifati, havfsizligi va raqobatbardoshliligini ta'minlashdir. Standartlashtirishning afzallik jihatlari. Uni shunday ta'riflash mumkin, standartlashtirish iqtisodiyotni maksimallikka erishishiga qaratilgan. Standartlar jamiyatning turli jabhalarida bir qancha afzalliklar olib kiradi.
"Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish" fanini o‘ rganishdan maqsad: talabalarda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasida telekommunikasiya xizmatlarini ko‘ rsatish bilan bog’liq bo‘ lgan metrologik ta'minot, sohaga ISO 9000:2000 standartlari asosida sifat menejmenti tizimini joriy qilish, standartlashtirish ishlari va sertifikatlashtirish muolajalari bo‘ yicha masalalar bilan shug’ullanish, hamda me'yoriy-texnik hujjatlar va soha standartlari bilan ishlash borasida etarli bilim va malakalarni hosil qilishdir. Asosiy vazifasi esa talabalarga uzluksiz ta'lim tizimida "Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish" asoslari bo‘ yicha mukammal bilim berishdir.
Ushbu fan namunaviy o‘quv rejasining umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan bo‘ib, bakalavriatning barcha ta'lim yo‘nalishlari bo‘ yicha ta'lim oluvchi talabalar uchun mo‘ ljallangan. Fanni o‘ rganish natijasida talabalar metrologiya bo‘ yicha asosiy qoidalarni, talablar va me'yorlarni, standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo‘ yicha me'yoriy hujjatlar bilan ishlashni bilishi va mavjud bilimlarini, tajribalarini amaliy faoliyatda qo‘ llay bilishi lozim hisoblanadi. Bu hozirgi kunda, ayniqsa, xalqaro standartlarning talablariga mos keluvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish va uning raqobatbardoshliligini ta'minlashda dolzarb masalalardan biri sanaladi.
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘ yicha asosiy maqsad mahsulotlar va xizmatlar sifati, havfsizligi va raqobatbardoshliligini ta'minlashdir.
|