1-Maruza: Qishloq xo'jaligida standartlashtirishning o'rni va axamiyati
Reja
1.1. Qishloq xo'jaligida standartlashtirishning o'rni va axamiyati
1.2. Metrologiya bo‘yicha asosiy atama va tushunchalar
Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasida turli metrologik, standartlashtirish sifat va sifat boshqaruvi, sertifikatlashtirish bo‘yicha masalalar bilan shug‘ullanish, hamda me’yoriy hujjatlar va standartlar bilan ishlash borasida yo‘nalishga mos yetarli bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdir. Shuning uchun o‘lchashlar birliligini ta’minlash, standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimlarini o‘rganish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu fan axborot va kommunikatsiya texnologiyalarida qo‘llaniladigano‘lchash vositalari metrologik tavsiflarini, xatoliklar klassifikatsiyasi, noaniqliklar turlari va manbaalari standartlashtirishning turli darajadagi ob’ektlari, sertifikatlashtirish tizimi bosqichlarini o‘rganish masalalarini o‘z ichiga oladi. Mazkur fan talabalarga tabiiyfanlarni o‘zlashtirishda, keyinchalik esa ishlab chiqarish, Erkin bozor munosabatlari taraqqiy topgan, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlardagi singari mustaqil O'zbekiston Respublikasida ham 1992-yilda Standartlashtirish va metrologiya Davlat qo'mitasi tashkil etildi. Shu munosabat bilan O'zbekiston Davlat standartlashtirish, metrologiya va milliy sertifikatlashtirish tizimlari faoliyat yurita boshladi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad ichki va tashqi bozorlar uchun mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tashkilotlar hamda korxonalarning ishlab chiqarayotgan mahsu-lotlarini standart talablariga mos kelishini nazorat qilishdir. Bozor munosabatlari sharoitida ish lab chiqarilayotgan mahsulot sog'lom raqobatning yuzaga kelishi va shu asosda xalq xo'jaligini rivojlantirishga zamin hozirlaydi. Hozirgi kundagi asosiy vazifalardan biri bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan, zamonaviy texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarishda bemalol -qo'llay oladigan, raqobatbardosh va jahon standartlari talablariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir. Buning uchun o'quv jarayonini takomillashtirish, o'qitishning yangi zamonaviy uslublaridankeng foydalanish maqsadga muvofiqdir.
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, bozor munosabatlariga o'tish davrining dastlabki yiUarida mahsulotlar ta'minotining noritmikligi hamda ularning sifati talab darajasida emasligi hollari kuzatildi. Bu paytda mahsulotga bo'lgan talab uning yuqori sifatliligida emas, balki uni iste'mol darajasida yetarlicha sotib olish zaruriyatidan kelib chiqqan edi. Bu esa mahsulot ishlab chiqaruvchilar va mahsulotga ega bo'lgan mulkdorlar monopoliyasi paydo bo'lishiga, ichki bozorda mahsulotning qimmatlashuvi hamda arzon va sifatsiz chet el mahsulotlari bilan to"ldirilishiga olib keldi. Shunga qaramasdan, mahsulotni keng reklama (va antireklama) qilish va mahsulot sifatiga xaridor talabining ortishi, uning iste'molchi salomatligi, hayoti hamda atrof-muhitga bezararligini ta'minlovchi mezonlar doimo ortib va murakkablashib boradi. Yuqorida keltirilgan talablar mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan me 'yoriy hujjatlar (standartlar, texnik shartlar va h.k.) ishlab chiqish jarayoni uchun muhim asos bo'lib xizmat qiladi. Bunday tadbirlar natijasida ichki bozorda yuqori sifatli mahsulotlarning turlari va hajmlarining ortishi tufayli sifatsiz mahsulotlarga xaridoriarning ehtiyoji qolmaydi. Shu tariqa mahsulotning raqobatbardoshliligi ta'minlanadi. Respublika nafaqat MOH davlatlari, balki dunyodagi rivojlangan mamlakatlar bilan ham erkin savdo munosabatlariga kirishgan.
Mahsulotlarimizning xalqaro bozorda raqobatbardosh bo'lishi uchun ularning sifatiga ko'rsatilgan ichki bozor talablari yetarli bo'lmasligi mumkin, chunki iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda mahsulotlar sifatiga yanada yuqoriroq talablar qo'yiladi. Shuning uchun ishlab chiqariladigan mahsulotlar va ular ko'rsatadigan xizmat turlariga me'yoriy hujjatlar (standartlar, texnik shartlar va h.k.) ishlab chiqish jarayonida standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi xalqaro tajribalarni muntazam hisobga olish zarur bo'ladi. Mahsulot sifatini boshqarish, sinash va sertifikatlashtirish tizimining davlatlararo o'zaro tan olinishi hamda mahsulot sifatiga mas'ullik borasidagi qonuniy aktlar va kelishuvlar bundan mustasnodir. Xalqaro hamkorlik borasida respublikamizda ma'lum ijobiy tajribalar to'plangan. Masalan, Yevropa iqtisodiy jamiyatiga kiruvchi davlatlar ishonchini qozonish maqsadida 2900 seriyadagi mintaqaviy standartlar ishlab chiqilgan va amalda qo'llanilmoqda (bunga ISO 9000 seriyali standartlarni ko'rsatish mumkin). Mustaqillikdan so'ng milliy sertifikatlashtirish tizimida o'lchov ishlarining birligini majburiy ravishda ta'minlovchi Davlat standartlashtirish tizimi yaratildi. Ushbu standartlashtirish tizimi faoliyati davlat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hamda tashkilotlar tomonidan bajarilayotgan xizmat turlarining tashqi va ichki bozordagi raqobatbardoshliligini ta'minlashga qaratilgan.
|