• 1. Metrologik ta’minot tushunchasi 2.Axborot texnologiyalari va kommunikasiya sohasida metrologik xizmat 3.Metrologiya bo‘yicha xalqaro tashkilotlar Xulosa
  • 1. Metrologik ta’minot tushunchasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiya sohasida metrologik xizmat




    Download 26,5 Kb.
    bet1/4
    Sana20.02.2024
    Hajmi26,5 Kb.
    #159223
      1   2   3   4
    Bog'liq
    1. Metrologik ta’minot tushunchasi Axborot texnologiyalari va ko-fayllar.org
    Mavzu Texnik reglamentlar va ularni ishlab chiqish, buyruq 545-T 25.07.2022

    1. Metrologik ta’minot tushunchasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiya sohasida metrologik xizmat

    Mustaqil ish


    Mavzu: “Metrologik ta’minot tushunchasi “


    Bajardi : ________________
    Reja:
    1. Metrologik ta’minot tushunchasi
    2.Axborot texnologiyalari va kommunikasiya sohasida metrologik xizmat
    3.Metrologiya bo‘yicha xalqaro tashkilotlar
    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar

    1.Metrologik ta’minot tushunchasi
    "Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish" fanini o‘rganishdan maqsad: talabalarda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasida telekommunikasiya xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan metrologik ta'minot, sohaga ISO 9000:2000 standartlari asosida sifat menejmenti tizimini joriy qilish, standartlashtirish ishlari va sertifikatlashtirish muolajalari bo‘yicha masalalar bilan shug‘ullanish, hamda me'yoriy-texnik hujjatlar va soha standartlari bilan ishlash borasida etarli bilim va malakalarni hosil qilishdir. Asosiy vazifasi esa talabalarga uzluksiz ta'lim tizimida "Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish" asoslari bo‘yicha mukammal bilim berishdir.
    Ushbu fan namunaviy o‘quv rejasining umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan bo‘lib, bakalavriatning barcha ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta'lim oluvchi talabalar uchun mo‘ljallangan. Fanni o‘rganish natijasida talabalar metrologiya bo‘yicha asosiy qoidalarni, talablar va me'yorlarni, standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo‘yicha me'yoriy hujjatlar bilan ishlashni bilishi va mavjud bilimlarini, tajribalarini amaliy faoliyatda qo‘llay bilishi lozim hisoblanadi. Bu hozirgi kunda, ayniqsa, xalqaro standartlarning talablariga mos keluvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish va uning raqobatbardoshliligini ta'minlashda dolzarb masalalardan biri sanaladi.
    Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha asosiy maqsad mahsulotlar va xizmatlar sifati, havfsizligi va raqobatbardoshliligini ta'minlashdir.
    Standartlashtirishning afzallik jihatlari. Uni shunday ta'riflash mumkin, standartlashtirish iqtisodiyotni maksimallikka erishishiga qaratilgan. Standartlar jamiyatning turli jabhalarida bir qancha afzalliklar olib kiradi.
    Texnologlar uchun standartlar:
    Tovarlar va xizmatlarni yanada takomillashtirish uchun ilmiy tadqiqotlar va rivojlantirishning yangi bosqichlarini shakllanishida xizmat qiladi.
    Standartlarning o‘ziga xos xususiyatlari.
    Standart asosan uchta xususiyatga ega bo‘ladi:
    Darajaviy: kompaniyada milliy va xalqaro darajalar singari
    Ilmiy: oziq-ovqat, tekstil va menejment injiniringi kabi
    Aspekt: qadoqlash va yorliqlashtirish, sinovdan o‘tkazish va analizlash, o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashtirishga o‘xshagan.

    Download 26,5 Kb.
      1   2   3   4




    Download 26,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Metrologik ta’minot tushunchasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiya sohasida metrologik xizmat

    Download 26,5 Kb.