MA`RUZA № 1
Mavzu: Kirish. Yuk koʻtarish transportlari va transport mashinalari va mexanizmlarining rivojlanish tarixi va xalq xoʻjaligidagi axamiyati. YKTTMM tasnifi, turlari va vazifalari.
REJA:
1. Kirish. Yuk koʻtarish va tashish mashinalarining rivojlanish tarixi va xalq xoʻjaligidagi axamiyati.
2.YKT mashinalari tasnifi.
3.YKT turlari va vazifalari.
Koʻtarish va tashish mashinalarining rivojlanish tarixi va xalq xoʻjaligidagi axamiyati.
Fanning rivojlanish tarixi.
YKT mashinalarining paydo boʻlishi uzoq tarixga ega. Odamlar oʻz xayoti davomida turmushda qoʻl bilan bajaradigan ishlarini engillashtirish, ish unumini oshirish ustida doimo izlanishgan. Chunki ayrim ishlarni bajarish qiyin yoki butunlay iloji edi.
Eramizdan avvalgi 27-asrda Misr piramidalarini qurishda ulardan keng foydalahilgan. Balandligi qariyb 150 metr boʻlgan piramidalar massasi 2-30 tonnagacha boʻlgan prizmatik toshlardan qad koʻtargan.
Eramizdan avvalgi 22-asrda qadimgi Xitoy va Xindistonda foydalanilgan richagli mexanizmlarni xozirgi qulochli kranlarning dastlabki namunasi deyishimiz mumkin (1-rasm).
Eramizdan avvalgi 7-asrda bloklar paydo boʻldi.
YKT mashinalarini takomillashib borishida rus mexaniklarini ham mexnati katta boʻlgan.11-asrda Nijniy Novgorodda sofiya cherkovini qurishda,1677-yili Kremldagi 130 tonnalik qoʻng`iroqni oʻrnatishda,1769-yili polispastlardan foydalanilgan.
1872-yilga kelib, Rossiyada mashinasozlik nazariyasiga asos solgan olim “Mashinalar xaqida ommaviy leksiyalar” (1859 yil ) va “Koʻtarish mashinalari kursi” (1872 yil) nomli asarlar muallifi professor I.A.Vishnegradskiy sohaga oid birinchi kitobni yozdi.
Oʻzbekistonda yuk koʻtarish-tashish mashinalarini ishlab chiqarish 1950-yillardan keyin boshlandi. 1960-yillarda Andijon mashinasozlik zavodi da universal yuklagichlar. Andijon “Kommunar” zavodida paxtani buntga koʻtarishda ishlatiladigan lentali transportyor (konveyer) lar ishlab chiqarila boshlagan.1980-yilda Samarqand shahrida liftlar ishlab chiqarish zavodi ish boshlagan.
Xozirgi kunda “Andijonmash” OAJ da Angren koʻmir konida koʻmirni shaxtadan omborlarga tashiydigan lentali konveyerlar uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarilmoqda.
Oddiy qoʻl qurollarini rivojlanish tarixi.
Richag. Og`ir jismni yaqin masofaga siljitish va uncha baland boʻlmagan masofaga koʻtarish.
Qoʻl zambar. Uncha og`ir boʻlmagan jismlarni tashiah uchun.
Xavozalar. Tuproq, loy va shunga oʻxshash boshqa yuklarni yuqoriga koʻtarish uchun.
Gildiraklar paydo boʻlgandan soʻng yanada murakkabroq qurollar paydo boʻldi.
Charxpalaklar. Suvni ariqdan yuqoriga koʻtarish ushun.
G`altak koʻtargichlar. Xavozalar orniga yuklarni yuqoriga koʻtarish uchun.
Galtak zambar. Tuproq, g`isht va shunga oʻxshash narsalarni tashish uchun.
Yuqoridagi ish qurollari tajribalar natijasida yildan yilga takomillashib bordi va oddiy qurollar mexanizmlarga va undan mashinalarga aylana borib, xozirgi vaqtdagi konstruktsiyalarga ega boʻlgan mashinalar koʻrinishini oldi.
1.2. Xalq xoʻjaligidagi axamiyati.
Koʻtarish-tashish mashinalarining xalq xoʻjaligi (sanoat, transport, qurilish, qishloq xoʻjaligi) va kundalik turmushdagi axamiyati juda beqiyos. Ularni toʻg`ri tanlash ishlab chiqarishning normal ish faoliyati va yuqori ish unumdorligini ta`minlaydi.
Koʻtarish- tashish mashinalari qoʻl bilan koʻtarib boʻlmaydigan og`ir yoki yirik yuklarni balandlikka koʻtarish, ma`lum bir masofalarga tashish imkonini beradi. Koʻtarish- tashish mashinalarini sanoat, qurulish, transport va boshqa sohalarga tatbiq etish ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashva avtomatlashtirsh imkoniyatini beradi va uni uzluksiz ishlashini ta`minlaydi.
Pirovard natijada ishlab chiqarishning qaysi sohasida boʻlmasin samaradorligi oshadi, bajarilayotgan ishning sifati yaxshilanadi.
Xozirgi vaqtda sanoat, transport, qishloq xoʻjaligi korxonalari va qurulish maydonlarini koʻtarish tashish mashinalarisiz tasavvur qilish qiyin.
YKT mashinalari tasnifi.
Yuk koʻtarish mashinalari yukni vertikal yoʻnalishda yuqoriga koʻtarish va tushirish uchun moʻljallangan. Xozirgi vaqtda foydalanilayotgan koʻtarish-tashish mashinalarining turlari juda kop va xilma-xildir.
Ular bajaradigan vazifasi, xizmat koʻrsatadigan maydonining konfiguratsiyasiga koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi:
1. Yukni uncha katta boʻlmagan balandlikka koʻtarish, pastga tushirish uchun ishlatiladigan domkratlar.
2. Yukni koʻtarish tushirish va toʻg`ri yoʻnalish boʻyicha surish uchun ishlatiladigan chig`irlar (lebedkalar).
3. Yuk va passajirlarni vertikal yoʻnalish boʻyicha balandlikka koʻtarish uchun ishlatiladigan koʻtargichlar va liftlar.
4. Xizmat koʻrsatadigan maydon konfiguratsiyasiga kran osti yoʻlining uzunligi va yoʻnalishga щamda ilgakning qulochiga bog`liq boʻlgan minorali kranlar.
5. Yukni oʻz aylana doirasida yoki shu aylananing bir qismida surishni ta`minlaydigan qoʻzg`almas strelali kranlar.
6. Toʻg`ri toʻrtburchak maydonlarga xizmat koʻrsatadigan koʻprik kranlar.
7. Turli konfiguratsiyali maydonlarga xizmat koʻrsatadigan oʻziyurar kranlar.
Shuningdek koʻtarish- tashish mashinalarini yuritmasi, xarakatni uzatish va tuzilishi boʻyicha klassifikatsiya qilish mumkin.
KTM lari yuritmasi boʻyicha dastaki va mashinali turlarga boʻlinadi.
Dastaki mashinalar qoʻl kuchi bilan, mashina yuritmalilari esa elektr va ichki yoʻnuv dvigateli kuchi xisobiga ishlaydi. Xarakatlar motor va qoʻldan ish bajaruvchi qicmga mexanik, gidravlik, pnevmatik va elektromagnit usullar bilan uzatiladi.
KTM lari tuzilishi boʻyicha oddiy va murakkab mashinalarga boʻlinadi.Oddiy mashinalarga domkrat, labedka, tal va bitta relsda yuruvchi aravalar, murakkab mashinalarga esa yuklagich, koʻtargich va kranlar kiradi.
3.YKT turlari va vazifalari.
3.1. Oddiy yuk koʻtarish qurilmalari.
Domkratlar. Yukni uncha katta boʻlmagan balandlikka (1-metrgacha) koʻtarish va pastga tushirish uchun moʻljallangan mexanizmlar domkratlar deyiladi. Ular odatda ta`mirlash va montaj ishlarida ishlatiladi. Domkratlarning yuritmasi dastaki yoki mashinali boʻlishi mumkin. Xarakatni uzatish boʻyicha mexanik (vintli, rijag-reykali, tishli reykaki), gidravlik va pnevmatik turlarga boʻlinadi. Konstruktiv tuzilishiga koʻra domkratlar vintli, reykali va gidravlik boʻladi. Vintli domkrat umumiy koʻrinishi 1.1-rasmda keltirilgan.
1.1-rasm. Vintli domkrat.
1 – gorizontal vint; 2 – vint dastagi; 3 – vertikal vint; 4 – gayka;
5 – kallak; 6 – dastak; 7 – korpus; 8 – treshyotka; 9 – kulachok;10 – treshyotka.
Vintli domkratlarning yuk koʻtaruvchanligi 20,0 tonnagacha va koʻtarish balandligi 0,5 m gacha boʻladi. Vintli domkratlarda rezbaning oʻz-oʻzidan tormozlanish xususiyati щisobiga koʻtarilgan yuk kerakli balandlikda ushlab turiladi. Oʻz-oʻzidan toʻxtash vint chizig`ining koʻtarilish burchagi ishqalanish burchagi dan kichik boʻlganda yuzaga keladi. Vintli domkratlarning foydali ish koeffitsienti 0,3…0,4 dan oshmaydi.
Vintli domkratlar korpus, toʻgri burchak rezbali vint, qoʻzg`lmas gayka koʻtaruvchi golovka va dastakdan iborat. Dastakni oʻng yoki chapga aylantirib yukni koʻtarish yoki tushirish mumkin.
Trashetka vintli domkratlarda xrapoboy gildirakvintga shponka orqali biriktirilgan. Ikki tishli cobachka dastakka maxkamlangan boʻlib uning tishlari xrapovikni paziga u yoki bu tomondan tushiriladi.
Reykali domkratlar. Ish organi tishli reyka boʻlib richag yoki dastak yordamida tishli uzatmalar sistemasi orqali yukni yuqoriga yoki pastga siljituvchi mexanizm reykali domkrat deyiladi.
1.2-rasm. Reykali domkrat.
Reykali domkratlar 0,5…10,0 t gacha yukni 0,6 m gacha koʻtara oladi. Reykali domkrat korpus 8, tishli reyka 7, tishli uzatma 6, buriluvchan tayanchli kallak 5, sobachka 4, xrapovik 3, dastak 2 va barmoq 1 lardan iborat. YUkni koʻtarish korpusda joylashgan tishli uzatma bilan щarakatga keltiradigan tishli reyka orqali bajariladi.
Dastakka ishchi tomonidan qoʻyilgan kuch quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi.
(1.1)
Bu yerda Q – yuk massasi; -reyka bilan ilashuvchi shesternyaning boʻluvchi aylanasining radiusi; - dastak yelkasi; U- uzatishlar soni; η- uzatmaning foydali ish koeffitsiyenti.
|