• 3.3.Koʻtargichlar.
  • 3.4.Yuklagichlar
  • Nazorat savollari
  • Mashg`ulot uchun xulosa
  • Reja: Kirish. Yuk koʻtarish va tashish mashinalarining rivojlanish tarixi va xalq xoʻjaligidagi axamiyati




    Download 2,1 Mb.
    bet5/5
    Sana22.10.2020
    Hajmi2,1 Mb.
    #12184
    1   2   3   4   5

    Minorali kranlar. Qishloq xoʻjalik va gidrotexnik inshootlar qurishda, turar-joy va sanoat binolarini qurishda, konstruktsiyalar va texnologik jihozlarni montaj qilishda va qurilish montaj ishlarini olib borishda minorali kranlardan keng foydalaniladi.

    Kran minorasining konstruktsiyasi boʻyicha: minorasi aylanadigan (KB-1602, KB-503) va minorasi aylanmaydigan (KB-674, KB-572) turga boʻlinadi.

    Oʻrnatish usuliga qarab, minorli kranlar koʻchma, statsionar va oʻzi yuradigan turlarga boʻlinadi.


    1.9-rasm. Minorasi aylanmaydigan minorali kran.

    Ushbu kran xarakatlantirish mexanizmi 1, peshtoq 2, minora 3, boshqarish kabinasi 4, burish mexanizmi 5, posangi 7 qoʻyiladigan konsol 6 yuk kutarish mexanizmi 8, strelani koʻtaruvchi mexanizmi 9, ogolovka 10, strela polispasti 11, strela 12, yukli aravacha 13, yurish aravachasi 14 va yurish qismi 15 dan tshkil topadi.


    1.10-rasm. Minorasi aylanadigan minorali kran.

    Kran xarakatlantirish mexanizmi, yurish aravachasi 2, yurish ramasi 3, minora 4, boshqarish kabinasi 5, strela 6, ilgak osmasi 7, burish mexanizmi 8, yuk koʻtarish mexanizmi 9, tayanch burilish qurilmasi 10, burilish platformasi 11, strela qulochini oʻzgartirish mexanizmi 12, strela polispasti 13 va posangi 14 kiradi.

    Minorali kranlarda ilgak qulochi ikki usulda oʻzgartiriladi.

    1) aravachani strela ustida щarakatlantirib.

    2) strelani koʻtarib-tushirish bilan.

    Oʻz-oʻzini koʻtaruvchi kranlar koʻp qavatli va baland binolarni qurishda qoʻllaniladi. Yuk koʻtaruvchanligi 3,0…5,0 t gacha, qulochini uzunligi 22 m va undan ham katta boʻladi.

    3.3.Koʻtargichlar.

    Koʻtargichlar yoki liftlar yuklar va odamlarni maxsus kabinalarda vertikal yoʻnalish boʻylab koʻtarish uchun ishlatiladi.

    Ular bir qator belgilari boʻyicha tavsiflanadi.

    a) passajirlar (odamlar) tashiydigan liftlar.

    Passajir liftlar asosan ma`muriy-ijtimoiy va turar-joy binolarida qoʻllaniladi yoki maxsus vazifalarni bajaradi (masalan kasalxonalarda). Passajir tashiydigan liftlar xarakat tezligiga qarab uch guruщga boʻlinadi.

    - sekin yuruvchi – Vq 0,65 m/s;

    - tez yuruvchi – Vq 1 m/s;

    - tezkor – Vq 1,4-5,6 m/s.

    b) Yuk-passajir tashiydigan liftlar. Yuk-passajir tashiydigan liftlar turar joy binolarida va ma`muriy tashkilotlarda ishlatiladi.

    v) Yuk tashuvchi liftlar yuklarni, materiallarni, asbob-uskunalarni tashish uchun ishlatiladi.

    Ular uch guruhga boʻlinadi:

    - yuk-passajir liftlarning qonun qoidalariga javob beradigan kuzatuvchi nazoratida ishlaydigan yuk tashuvchi liftlar;

    - kuzatuvchisiz va tashqi tomondan boshqariladigan yukli liftlar;

    - muxayan texnik vazifa boʻyicha loyihalangan (vokzal, kutubxona, magazin, garaj) maxsus ishlarni bajaruvchi liftlar.

    3.4.Yuklagichlar ( Yuklash-tushirish mashinalari).

    Yukni changallash, gorizontal va vertical yoʻnalishlar boyicha siljitish, taxlash, transport vositalari ( vagon, avtomobil va boshqa ) ga yuklash va undan tushirish ishlariga moʻljallangan mashinalar – yuklagichlar deyiladi.

    Yuklagichlar xalq xoʻjaligining hamma sohalarining ish maydonlarida, omborlarda, stansiyalarda keng qoʻllaniladi.

    Yuklagichlar yuritmasi boʻyicha ikki turga boʻlinadi;

    1. Elekrtyuklagichlar – elektr toki bilan ishlaydigan.

    2. Avtoyuklagichlar – ichki yonuv dvigateli bilan ishlaydigan.

    Yuklagichlar changalining tuzilishi boʻyicha ikki turga boʻlinadi:

    1. Changakli – donali yuklar uchun;

    2. Kovshli – sochiluvchan uyma yuklar uchun;

    Yuklagichlar changakni harakat olishi boʻyicha ikki xil boʻladi:

    1. Mexanik – sep zanjir bilan;

    2. Gidravlik – suyuqlik bilan;

    Elekrtyuklagichlarning yuk koʻtarish qobiliyati 0,5 – 5,0 tonna, yuk koʻtarish balandligi 2,5 metr.

    Avtoyuklagichlarning yuk koʻtarish qobiliyati 10 tonnagacha, yuk koʻtarish balandligi 4 metrgacha boʻladi.

    Nazorat savollari

    1. KTM larining rivojlanish tarixini tushuntiring.

    2. KTM larining mashinasozlikdagi axamiyatini tushuntiring.

    3. Mamlakatimizda KTM larini ishlab chiqarishning xozirgi holatini izohlang.

    4. Dunyoda KTM larini ishlab chiqaruvchi yetakchi korhonalar haqida ma`lumot bering.

    5. KTM larining vazifasi va tuzilishini tushuntiring.

    6. KTM lari qanday tasniflanadi ?

    7. Domkratlarning vazifalari, turlari va ishlash prinsipini tushuntiring.

    8. Chig`irlarning vazifalari, turlari va ishlash prinsipini tushuntiring.

    9. Tallarning vazifalari, turlari va ishlash prinsipini tushuntiring.

    10. Kranlarning vazifalari va turlarini tushuntiring.

    11. Koʻprik kranlarning tuzilishi, vazifalari va turlarini tushuntiring.

    12. Chorpoya kranlarning tuzilishi, vazifalari va turlarini tushuntiring.

    13. Minorali kranlarning tuzilishi, vazifalari va turlarini tushuntiring.

    14. Koʻtargichlarning tuzilishi, vazifalari va turlarini tushuntiring.

    15. Yuklagichlarning tuzilishi, vazifalari va turlarini tushuntiring.

    Mashg`ulot uchun xulosa

    Yuk koʻtarish transportlari va transport mashinalari va mexanizmlarining halq xoʻjaligidagi oʻrni juda katta, chunki koʻtarish-tashish va tashish ishlariga sarflanadigan harajatlar mahsulot tannarxining 15-20 foizini, ayrim xollarda esa 50 foizga yetishi mumkin.



    Oddiy yuk koʻtarish qurilmalari, strelali va koʻprikli kranlar turlari juda xilma xil va murakkab (1000 yaqin turlari mavjud). Shuning uchun koʻtarish-tashish va tashish mashina va mexanizmlarini konstruktsiyalari va bajaradigan vazifalariga koʻra guruhlarga boʻlib oʻrganiladi.
    Download 2,1 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 2,1 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Kirish. Yuk koʻtarish va tashish mashinalarining rivojlanish tarixi va xalq xoʻjaligidagi axamiyati

    Download 2,1 Mb.