• Koʻprik kranlar .
  • Chorpoya kranlar .
  • Reja: Kirish. Yuk koʻtarish va tashish mashinalarining rivojlanish tarixi va xalq xoʻjaligidagi axamiyati




    Download 2,1 Mb.
    bet4/5
    Sana22.10.2020
    Hajmi2,1 Mb.
    #12184
    1   2   3   4   5

    Aravalar (telejkalar). Aravalar - koʻchma koʻtarish mashinalarining tashish jarayonini amalga oshiruvchi mexahizmidir.

    3.2.Kranlar.

    Kranlar koʻtarish, tushirish, yuklash va tashisg jarayonlarini amalga oshiruvchi mashinadir. Ulardan ishlab chiqarishning hamma sohalarida, ombor xoʻjaligi va qurulish maydonlarida keng foydalaniladi.

    Koʻprik kranlar. Koʻprik kranlar eng koʻp tarqalgan kran boʻlib, yuklarni koʻtarish va bir joydan ikkinchi joyga koʻchirish uchun ishlatiladi. Bunday kranlar sexlarga va ochiq estakadalarga oʻrnatiladi. Ular yuritma turiga koʻra dastakli va elektrik boʻladi. Dastaki yuritmali kranlar bir yoki ikki koʻprikli boʻlishi mumkin. Bir koʻprikli kranlarda yuk koʻtarish mexanizmi vazifasini dastaki tal bajaradi. Ikki koʻprikli kranlarda koʻtarish mexanizmi vazifasini koʻpriklarga oʻrnatilgan rels boʻyicha xarakat qiluvchi yukli aravacha bajaradi. Koʻprikli kranning asosiy ish organi ilgak hisoblanadi. Ilgaklar bir shoxli yoki ikki shoxli boʻlishi mumkin. Bundan tashqari yuk osish organi sifatida greyferlar, magnitlar ishlatilish mumkin.

    Maxsus qurilmali kranlar ilgakli kranlardan farqlanib maxsus kranlar deyiladi. Ilgakli kranlar esa umumiy ishlarga moʻljallangan kranlar deyiladi.

    1.6-rasmda umumiy ishlarga moʻljallangan bir koʻprikli elektr kran koʻrsatilgan.



    1.6-rasm. Bir koʻprikli kran.

    Payvand konstruksiyali koʻprik 1 ikki chetki balka 6 ustiga oʻrnatilgan boʻladi. Pastki qismida dastaki tal 7 osilib u balka boʻylab xarakat qiladi. Kranni xarakatlantirish poldan xarakatlantirish mexanizmi 2 ning transmission val 3 ga qattiq mahkamlangan tishli g`ildirak 4 orqali bajariladi. Transmission valning chetki qismiga shesternya oʻrnatilgan boʻlib, xarakatni tishli g`ildirak orqali yuruvchi g`ildirak 5 ga uzatadi.

    Dastaki yuritmali kranlar GOST boʻyicha yuk koʻtaruvchanligi 8,0 t gacha; proleti 4,5 dan 16,5 m gacha, koʻtarish balandligi 3 dan 9 m gacha, talning koʻtarish tezligi 0,2 dan 0,6 m/min gacha va xarakat tezligi esa 8 m/min gacha boʻladi.

    Umumiy ishlarga moʻljallangan elektr yuritmali ikki koʻprikli kran 1.7-rasmda keltirilgan.

    1.7-rasm. Ikki koʻprikli kran.

    Bu kranning xarakat mexanizmi koʻprikdan, koʻtarish va siljitish mexanizmi kran aravachasi 2, mexanizmlarni elektr energiya bilan ta`minlaydigan qurilma, chetki balka 6 va kranchi kabinasi 11 dan iborat boʻladi. Kran koʻprigining yon tomonlari qutisimon chetki balka 6 yordamida biriktirilgan yaxlit kesimli ikkita asosiy balka 1 dan iborat. Asosiy balkalar boʻylab aravacha 2 yuradigan rels 10 lar yotqizilgan. Har qaysi asosiy balka yon balkaning qismlaridan tayyorlanadi.

    Koʻprik kranlar texnik xarakteristikasi.

    1.1 jadval



    Koʻrsatkichlar

    Miqdor

    Birlik

    1

    Yuk koʻtarish quvvati

    500 gacha

    tonna

    2

    Koʻprik kengligi

    60 gacha

    metr

    3

    Yuk koʻtarish balandligi

    Oddiy kranlarda

    50 gacha

    metr

    Maxsus kranlarda

    600 gacha

    metr

    4

    Koʻprik tezligi

    0,5-2.5

    m/s.

    5

    Arava tezligi

    0,1-1.0

    m/s.

    6

    Yuk koʻtarish tezligi

    1,0

    m/s.


    Chorpoya kranlar. Chorpoya kranlar metro qurilishida, omborlarda, elektr stantsiyalarida va sanoat inshootlarida ishlatiladi. Chorpoya kranlar umumiy va montaj ishlariga moʻljallangan boʻladi. Umumiy ishlarga moʻljallangan kranlar oʻzining uncha katta boʻlmagan yuk koʻtaruvchanligi (50,0 t) va oralig`i kattaligi (4 m gacha) bilan xarakterlanadi.

    1.8-rasmda. Umumiy ishlarga moʻljallangan chorpoya kran keltirilgan.


    Chorpoya kran kprik 2, unga birlashtirilgan toʻrt oyoqli ikkita tayanch yuradigan turtta aravacha va yuk aravacha 3 dan iborat.

    Kran koʻprigi payvand konstruktsiyali panjara bilan oʻrab qoʻyilgan fermadan iborat. Fermalar tayanchlarga oʻrnatilgan. Ular tayanchlarga uzel 4 bilan qattiq biriktirilgan. Har qaysi tayanch panjarali payvand konstruktsiyali ikkita oyoq 8 dan iborat boʻlib, oyoqlar pastda va yuqorida yaxlit kesimli balka 9 lar yordamida birlashtirilgan.

    Download 2,1 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 2,1 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Kirish. Yuk koʻtarish va tashish mashinalarining rivojlanish tarixi va xalq xoʻjaligidagi axamiyati

    Download 2,1 Mb.