|
Standartlashtirishning afzallik jihatlari
|
bet | 5/7 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 243 Kb. | | #255897 |
Bog'liq METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASHTIRISH qo\'llanmaStandartlashtirishning afzallik jihatlari. Uni shunday ta'riflash mumkin, standartlashtirish iqtisodiyotni maksimallikka erishishiga qaratilgan. Standartlar jamiyatning turli jabhalarida bir qancha afzalliklar olib kiradi.
Texnologlar uchun standartlar:
Tovarlar va xizmatlarni yanada takomillashtirish uchun ilmiy tadqiqotlar va rivojlantirishning yangi bosqichlarini shakllanishida xizmat qiladi.
Standartlarning o‘ ziga xos xususiyatlari.
Standart asosan uchta xususiyatga ega bo‘ ladi:
Darajaviy : kompaniyada milliy va xalqaro darajalar singari
Ilmiy : oziq-ovqat, tekstil va menejment injiniringi kabi
Aspekt : qadoqlash va yorliqlashtirish, sinovdan o‘ tkazish va analizlash, o‘ ziga xos xususiyatlarini aniqlashtirishga o‘ xshagan.
2. Metrologiya bo‘ yicha asosiy atama va tushunchalar.
Metrologik me'yorlar va qoidalarning xalqaro va tarmoqlararo ahamiyatini hisobga olgan holda o‘ zaro tushunish va harakatlarni kelishishda metrologik atamalarning birliligi va qabul qilingan tushunchalarga aniq rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasining "Metrologiya to‘ g’risida" Qonunida, O‘z O‘DT ning asos bo‘ luvchi hujjatlari O‘z DSt 8.010:2002, O‘z DSt 8.010.2:2003, O‘z DSt 8.010.3:2004, O‘z DSt 8.010.4:2002 da va aloqa va axborotlashtirish sohasida foydalaniladigan “Tst 45.025.2000. Metrologik ta'minot. Atamalar.” tarmoq standartida metrologiya bo‘ yicha quyidagi asosiy atama va tushunchalar keltirilgan:
Metrologiya – O‘lchashlar, ularning birliligini ta'minlash metodlari va vositalari va talab etilgan aniqlikka erishish usullari to‘ g’risidagi fan.
O‘lchashlar birliligi – O‘lchashlarning natijalari qonunlashtirilgan birliklarda ifodalangan va o‘ lchashlarning xatoliklari berilgan ehtimollik bilan ma'lum bo‘ lgan holat.
O‘lchash – maxsus texnik vositalar yordamida fizik kattaliklar qiymatlarini tajriba yo‘ li bilan topish.
O‘lchash vositasi normalashtirilgan metrologik tavsifga ega bo‘ lgan o‘ lchash asbobidir. O‘lchash vositasi, o‘ z navbatida, o‘ lchov, o‘ lchash o‘ zgartirgichlari, o‘ lchov asboblari, o‘ lchash axborot tizimi va o‘ lchash qurilmalari kabi turkumlarga bo‘ linadi.
O‘lchash asbobi (pribor) deb, kuzatuvchi idrok qilishi uchun qulay shakldagi o‘ lchov informasiyasi signalini ishlab chiqishga xizmat qiladigan o‘ lchash vositasiga aytiladi.
O‘lchov deb, berilgan o‘ lchamli fizik kattaliklarni qayta tiklash uchun mo‘ ljallangan o‘ lchash vositasiga aytiladi. O‘lchovlar to‘ plami deb, maxsus tanlangan, faqat alohidagina emas, balki turli birikmalarda turli o‘ lchamli qator bir nomli kattaliklarni qayta o‘ lchash maqsadida qo‘ llaniladigan o‘ lchovlar majmuiga aytiladi1.
Birlik etaloni – Fizik kattalikning o‘ lchamini boshqa o‘ lchash vositasiga berish maqsadida fizik kattalik birligining o‘ lchamini qayta tiklash va saqlash uchun mo‘ ljallangan o‘ lchashlar vositasi.
Davlat etaloni – O‘zbekiston Respublikasi hududida kattalik birligining o‘ lchamini o‘ rnatish uchun milliy idora vakilining qarori bilan boshlang’ich ztalon sifatida tan olingan etalon.
O‘lchash o‘ zgartkichi - o‘ lchashga doir axborotni uzatish, o‘ zgartirish, ishlov berish va saqlash uchun qulay bo‘ lgan, ammo kuzatuvchi bevosita idrok qilishi mumkin bo‘ lmaydigan shakldagi signalni ishlab chiqish uchun xizmat qiladigan o‘ lchash vositasidir.
Namuna o‘ lchash vositalari ishchi o‘ lchash asboblarini tekshirish va ularni o‘ zlari bo‘ yicha darajalashga xizmat qiladi.
Etalonlar deb, fan va texnikaning eng yuksak saviyasida aniqlik bilan ishlangan namunaviy o‘ lchovlarga aytiladi.
O‘lchov birligi o‘ lchash natijasi ko‘ rsatilgan birlikda ifodalangan va o‘ lchash xatoligi berilgan ehtimollikda ma'lum bo‘ lgan o‘ lchash holatidir.
O‘lchash aniqligi – bu o‘ lchash natijalarini va o‘ lchanayotgan kattalik haqiqiy qiymatining mos kelish darajasidir.
O‘lchash xatoligi o‘ lchash natijasining o‘ lchanayotgan kattalikning asl qiymatidan farqlanishidir.
Fizikaviy kattalikning asl qiymati xatoliklardan xoli bo‘ lgan qiymatdir.
O‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymati yo‘ l qo‘ yilgan xatoliklar ta'sirida olingan natijalar qiymatidir.
O‘lchash ob'ekti u yoki bu fizik kattalikdir.
Qonunlashtiruvchi metrologiya – bu metrologiyaning bir qismi bo‘ lib metrologiya bo‘ yicha milliy organ tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatga taalluqli va birliklar, o‘ lchash vositalari, o‘ lchash laboratoriyalariga doir davlat talablariga ega.
Metrologiya xizmati – Davlat idoralari va yuridik shaxslarning metrologik xizmatlari tarmoqlari hamda ularning o‘ lchashlar birliligini ta'minlashga yo‘ naltirilgan faoliyati.
|
| |