• ETISHNING ASOSIU XUSUSIYATLARI Suyarov Akram Musayevich Samarqand Davlat Universiteti dotsent, PhD Toshtemirov Aziz Yusupovich
  • Tayanch iboralar
  • Исследование в XXI веке февраль, 2023 г 481 kompyuter grafikasidan foydalanib amaliy mashg’ulotlarni tashkil




    Download 0.73 Mb.
    Pdf ko'rish
    Sana09.04.2024
    Hajmi0.73 Mb.
    #192637
    TuriИсследование
    Bog'liq
    Toshtemirov Aziz Yusupovich (1)
    ШАХСИЙ РЕЖА KITOBCHA, истиқболли режа З.Бозоров, Informatika 7-sinf. 1-Mavzu axborot tushunchasi va bilish haqid, AXBOROT TUSHUNCHASI VA BILISH HAQIDA, 7-sinf, Ta`lim muassasasi menejmenti Reja, Pedagogik mahorat. Mavlonova, Sinfdan tashqari o‘qish uchun mavzular bo‘yicha badiiy asarlar ro‘yxatini tuzish, TUG’ILISH DAVRI INQIROZI, 6277 403 5112000-Жисмоний маданият узбек 2021, “Bir million dasturchi”, 1-mavzu amaliy hemis, 8742dd91-7cd2-429e-adb3-a15c062acb18, 270dc967-8e4e-40e0-8914-aa118f3de539, kerio-control-userguide


    Международный научный журнал № 7 (100), часть 1 
    «Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
    481 
    KOMPYUTER GRAFIKASIDAN FOYDALANIB AMALIY MASHG’ULOTLARNI TASHKIL 
    ETISHNING ASOSIU XUSUSIYATLARI 
    Suyarov Akram Musayevich 
    Samarqand Davlat Universiteti dotsent, PhD 
    Toshtemirov Aziz Yusupovich 
    O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti magistranti 
    Annotatsiya: So‘nggi yillarda mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimining sifati va 
    samaradorligini oshirish, talabalarda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, 
    ta’lim tizimlari hamda ilm-fan sohasi o‘rtasida yaqin hamkorlik va integratsiyani, ta’limning 
    uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Maqolada
    amaliy mashg’ulotlarni samaradorligini oshirishda kompyuter grafikasi vositalaridan 
    foydalanish asoslari yoritilgan. 
    Tayanch iboralar: kompyuter grafikasi, kompyuter grafikasi turlari, amaliy 
    mashg’ulotlarda kompyuter grafikasi vositalaridan foydalanish o‘rni va samaradorligi. 
     
    Ta’lim-tarbiya sohasidagi masalalarning to‘xtovsiz takomillashib borishi va yangi 
    imkoniyatlarning yuzaga kelishi oliy ta’limda ta’lim sifat va samaradorligini oshirish 
    vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o‘qitish usullarini muttasil yangilab 
    turishni taqozo etmoqda. Shu bilan birga, ta’lim tizimining amaldagi holati uni zamon 
    talablari asosida modernizatsiya qilish, yoshlarni yuksak bilim-ma’rifat egalari, jismoniy va 
    ma’naviy sog‘lom insonlar etib tarbiyalash, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur 
    shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha izchil chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etmoqda. 
    Dars jarayonida o‘qituvchi va talaba faoliyatining turfaligi o‘rgatiladigan ma’lumoning 
    xarakteriga qarab belgilanadi. Ma’lumki, ta’lim vositalari ham har qanday jarayonning sifati 
    va natijalarga erishish imkoniyatini oshirishda muhim omildir. Vosita–ma’lum o‘qitish 
    usulini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan yordamchi o‘quv materiallari: 
    asbob, qurol, apparat va boshqa shu kabilardan foydalanishdir. Ta’lim jarayoniga 
    yangiliklarning kirib kelishi innovatsiyani anglatadi. Demak, pedagogik innovatsiyalashuv 
    ta’limning ilmiy bilimlar, metodologiyalarini jamiyat rivojlanishi, ta’limga qo‘yilayotgan 
    ijtimoiy buyurtmaning jahon talablari darajasiga bog‘liq holda moslashuvchanligi deb talqin 
    etish mumkin.Zamonaviy pedagogikada ham, ta’limni shunday ta’lim modellari yaratildiki, 
    ular ta’limga texnologik jarayon sifatida yondashilib, ma’lum sharoitlarda va belgilangan 
    vaqt ichida ko‘zlangan ta’lim maqsadlariga erishishni kafolatlaydi va keng imkoniyatlar 
    yaratadi. 
    Ta’lim tizimida amaliy mashg’ulotlarni bilim zahiralarini yaratish jahon amaliyoti 
    saviyasida tashkil etish, ta’lim oluvchi shaxsda mustaqil fikrlovchi, bilimlarni mustaqil 
    ravishda qidiruvchi, axborotlar to’plovchi va ulardan foydalana oluvchi mutaxassislarning 


    Международный научный журнал № 7 (100), часть 1 
    «Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
    482 
    kasbiy tayyorgarligini orttirish, pedagogik tafakkurini kengaytirish kabi zarur nazariy va 
    amaliy bilim, malaka va ko’nikmalarini talabalarda shakllantirish lozim bo’ladi. 
    Kompyuter grafikasi – bu AKTning alohida bo‘limi bo‘lib, algoritmik fikrlashdan ochiq 
    sharoitlarda, badiiy-ijodiy xarakterdagi muammolarni hal qilishda muhim ahamiyat kasb 
    etadi. Bunda ta’limning maqsadi – ta’limni axborotlashtirishning zamonaviy darajasi 
    bo‘lgan kompyuterdan ta’lim vositasi sifatida foydalanish, turli fanlar bo‘yicha elektron 
    ta’lim resurslarini keng ishlab chiqish, kompyuterni sinovdan o‘tkazish va nazorat qilishga 
    qaratilganligini e’tirof etish joiz. Bu esa ta’limning mazmuni, shakl va usullarining 
    kengayishiga olib keladi. SHu bilan birga, izchil va didaktik jihatdan mos ta’lim muhitini 
    shakllantirish uchun an’anaviy o‘qitishning eng maqbul usullari va yangi ta’lim 
    texnologiyalari o‘rtasida ma’lum muvozanatni saqlash zarurligini ta’kidlash kerak. 
    Hozirgi davrda kompyuter grafikasi qo`llanilmaydigan sohaning o`zi yo`q. Jamiyatning 
    barcha jabhalarida kompyuter grafikasidan foydalaniladi. Ayniqsa, keyingi paytlarda 
    matbaa sohasida rang-barang suratli adabiyotlar, o`quv qo`llanmalar, badiiy asarlarning 
    paydo bo`lishida yuksak bezash texnikasidan foydalanish rivojlandi. Dars jarayonida ham 
    o`quvchi yoshlarni oddiy rang tasvir bilan e`tiborini jalb qilish dolzarb masalalardan biri 
    hisoblanadi. Sababi hozirgi kunda o`quvchi qo`lidagi telefon, kompyuter, planshet kabi 
    texnikalarning dasturiy ta’minoti, dizayni, ilovalari yuksak darajada ishlab chiqilgan. Shu 
    sababli o`quvchilar kompyuter grafikasi tushunchasini yaxshi o`zlashtirishi, kelajakda sifatli 
    tasvirlar yaratilishiga olib keladi.
    Ta’lim tizimida amaliy mashg’ulotlarni tashkil etishda kompyuter grafikasining 
    quyidagi turlaridan foydalaniladi: 
    Ilmiy grafika. Ilmiy izlanishlar va ularning natijalarini tasvirlash uchun ishlatiladi. 
    Tijorat grafikasi. Iqtisodiy ko`rsatkichlar va jarayonlarni yaqqol ko`rsata bilish uchun 
    xizmat qiladi. 
    Konstruktorlik grafikasi. Iqtisodiyot, texnika, qurilish va boshqa sohalarda loyihalash 
    ishlarini osonlashtirish, yaxshilash, jadallashtirish va avtomatlashti-rishni ta`minlaydi. 
    Illyustrativ grafika. Xizmat ko`rsatishning turli sohalarida bezatish ishlarida 
    foydalaniladi. 
    Badiiy grafika. San`at asarlarini yaratishda keng qo`llaniladi. Ilmiy sohada izlanish 
    natijalarini, ko`rsatkichlarini oson va qulay ko`rinishda tasvirlashda grafika foydalaniladi. 
    Ayniqsa, informatika, axborot texnologiyalari, matematika, geometriya, kimyo, biologiya 
    kabi fanlarni o`qitishda turli shakllarni ikki, uch o`lchovli ko`rinishda tasvirlashda, tasvirni 
    o`quvchi ko`z oldida gavdalantirishda, tasavvur hosil qilishda kompyuter grafikasining o`rni 
    beqiyosdir. 
    Ta’lim tizimida amaliy mashg’ulotlarni tashkil etishda kompyuter grafikasining 
    qo’llanilishi natijasida: 
    talabalarning fazoviy tasavvurlarini kengaytiradi; 
    talabalarni ijodiy faollikka undaydi; 
    talabalarni o’z sohalari bo’yicha biron-bir yangilik yaratishga undaydi; 


    Международный научный журнал № 7 (100), часть 1 
    «Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
    483 
    talabalarni estetik jihatdan tarbiyalashga yaqindan yordam beradi; -kurs ishlari va 
    diplom ishlarining chizmalarini bajarishda yaqindan yordam beradi. 
    Ta’lim tizimida amaliy mashg’ulotlarni tashkil etishda kompyuter grafikasining 
    qo’llanilishi: 
    dars jarayonida kompyuter texnologiyalaridan foydalanib dars o’tishga; 
    dars jarayonida o’ziga kerak bo’lgan, dars ishlanmalar, elektron uslubiy ko’rsatmalar 
    va ko’rgazmali materiallar tayyorlashga; 
    dars jarayonini estetik jihatdan yuqori bo’lishiga; 
    darsga talabalarni qiziqishlarini oshirishga va davomatni yuqori bo’lishiga yordam 
    beradi. 
    Kompyuter grafikasini qo’llanilishi pedagoglarni darsga tayyorgarlik ko’rish va dars 
    o’tish jarayonida qo’l keladi. Amaliy mashg’ulotlarda geometrik elementlar, geometrik 
    shakllar va geometrik jismlarning tayyor buyruqlar paketidan foydalanib osonlik bilan 
    chizilishi o’qituvchi vaqtini kamroq sarflanishiga va ko’proq uslubiy ko’rsatmalar yaratishiga 
    imkoniyat beradi. Talabalarning faolligi va mustaqil fikrlash muammolari amaliy 
    mashg’ulotning didaktik ildizlaridan biridir. Agar amaliy mashg’ulotda talabalar faol 
    bo’lmasalar va kompyuter grafikasi elementlarini tasavvurlay olmasalar o’qituvchi faoliyati 
    mazmunga ega bo’lmaydi. O’qitish usullarini rivojlantirish, birinchi navbatda o’quvchilarni 
    mustaqil fikrlashga va faol bo’lishlariga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Talabalarning erkin 
    fikrlashga va kompyuter grafikasi tasavvurlarini shakllantirishga kompyuter texnologiyalari 
    samarali yordam bera oladi. 
    Kompyuter texnologiyalaridan foydalanish talabalarni fanni jadal ravishda 
    o’zlashtirishlari uchun xizmat qilsa, kompyuter grafikasini qo’llash talabalarning olgan 
    bilimlarini kompyuter yordamida amaliy ishlarini mustaqil bajarishga imkon beradi. 
    Xulosa qilib aytish mumkinki, amaliy mashg’ulotlarda kompyuter grafikasining 
    qo’llanilishi, talabalarning bilish qobiliyatlarini, yangilikka bo’lgan motivatsiyalarini 
    kuchaytiradi va ularning fazoviy tasavvur va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi. 
     
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
     
    1. Rixsiboev T., Kompyuter grafikasi, “O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi adabiyot 
    jamg’rmasi nashriyoti”, Toshkent, 2006 yil. 
    2. T.G'afforova va boshqalar “Ta'limning ilg'or texnologiyalari” . Qarshi , “Nasaf”, 
    2003 y. 
    3. Azimqulov C. (2021). Ta’lim jarayonini innovatsion pedagogik texnologiya asosida 
    tashkil qilishda qo’llaniladigan o‘qitish usul va texnologiyalari. O‘zMU xabarlari, 54-56. 

    Download 0.73 Mb.




    Download 0.73 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Исследование в XXI веке февраль, 2023 г 481 kompyuter grafikasidan foydalanib amaliy mashg’ulotlarni tashkil

    Download 0.73 Mb.
    Pdf ko'rish