Международный
научный
журнал
№
4 (100),
часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
ноябрь
, 2022
г
364
WEB DASTURLASH HAQIDA TUSHUNCHALAR
Boranbaeva Aqbayan
Muhammed Al Xorezmiy nomidagi TATU Nukus filiali, Kompyuter injiniringi fakulteti
4 – kurs talabasi
Web dasturlash brauzeringiz orqali ko’rishingiz va foydalanishingiz mumkin bo’lgan
barcha web dasturlarni tayyorlash jarayonini o’z ichiga oladi. Web dasturlash ham juda
qiziqarli va katta daromad keltiradigan soha hisoblanadi. Malakali dasturchilarga bo’lgan
talab bugungi kunda har doimgidan ham yuqori. Web dasturlash nima ekanligi bilan
qisqacha tanishib chiqdik. Endi hozir siz bilan Frontend haqida qisqacha tanishib chiqamiz
Avvalo “frontend” va “backend” so’zlarining o’zbek tilidagi ma’nolari bilan tanishib
chiqaylik. “Frontend” (front end, front-end) o’zbek tilida “Oldindagi (ustki) tomon” degan
ma’noni anglatadi. Biz bu so’z bilan u yoki bu narsaning tashqi, hammaga ko’rinib
turadigan qismini nazarda tutamiz. Backend (back end, back-end) esa Frontendning aksi
hisoblanib, qaysidir narsaning ichki, yoki orqa tomoni degan ma’noni anglatadi. Bu bilan
biz qaysidir narsaning hammaga ko’rinmaydigan, yashiring, ichki yoki orqa tomonini
nazarda tutgan bo’lamiz.
Frontend - Bu o‘zi nima va yuqoridagi gaplarga buning nima bog‘liqligi bor?» dersiz,
bu savolingizga ushbu maqolada javob topasiz degan umiddamiz.
Frontend - «tashqi interfeys degan ma’noni bildirib, veb texnologiyalarning biridir.
Bu texnologiya yordamida veb sahifalarning insonga ko‘rinib turuvchi, ma’lumot beruvchi
vizual qismi yaratiladi. Frontend texnologiyalarini o‘rgangan inson o‘z ijodkorligi, kretiv
yondoshuvi orqali turli g‘oyalarini veb sahifalar, dasturlar shaklida ro‘yobga chiqarishi
mumkin bo‘ladi.
Bugungi kunda shaxsiy veb sahifaga ega bo‘lish o‘ziga xos elektron vizitka, passport
vazifasini bajaribgina qolmay, balki sayt orqali ko‘plab foydali ishlarni amalga oshirish
mumkin bo‘lib qoldi. Masalan, jurnalist, shoir, yozuvchi o‘z ijodi va izlanishlarinini veb
sahifasi orqali yoritib borishi mumkin. Tadbirkor o‘z sahifasida mahsulot va xizmatlarini
keng targ‘ib qilishi va daromadini oshirishi mumkin.
Международный
научный
журнал
№
4 (100),
|