|
Исследование в XXI веке ноябрь, 2022 г 364 web dasturlash haqida tushunchalarBog'liq Boranbaeva Aqbayan часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
ноябрь
, 2022
г
365
Umumiy qilib aytadigan bo‘lsak Frontend texnologiyalarini o‘rganish - internet
xazinasining kalitini qo‘lga kiritish demakdir, bu xazinadan xohlagan narsangizni olishingiz,
foydalnishingiz, boshqarishingiz mumkin.
Qanday texnologiyalar o‘rganiladi? Nimadan boshlash kerak?
Frontend dasturlash sohasi bir necha til va texnologiyalarni o‘z ichiga oladi. Uning
asoslari HTML, CSS va JavaScriptdir. Vaqt davomida saytlarning ko‘rinishi va ishlashiga
bo‘lgan sifat talabi o‘sishi tufayli shu texnologiyalar asosida bir qancha freymvork va
kutubxonalar tuzib chiqilgan. Ulardan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biri sayt tuzishga
ketadigan vaqtni qisqartirishdir. CSS asosida Less, Less oldindan ishlov beruvchi
(preprotsessor), foydalanuvchi interfeysini tuzishda yordam beruvchi Bootstrap,
Materialize, Foundation, Bulma va Tailwind freymvorklari tuzilgan bo‘lsa, JavaScript
asosida hozirgi kunda trendda bo‘lgan Angular, Vue freymvorklari, jQuery va React
kutubxonalari tuzib chiqilgan. Malakali frontend dasturchilarga dunyoning ko‘plab
davlatlarida talab bor. Ularning bilimi va tajribasiga qarab turlicha ish haqi to‘lanadi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda malakali frontend dasturchilar oyiga o‘rtacha 300$ dan
1000$ gacha o‘rtacha daromad topishlari mumkin. Quyida frontend dasturlash sohasiga
kiruvchi til va texnologiyalar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tamiz.
Asosan o'raganish kerak bo'lgan manbalar bo'lar(Frontend uchun)
Front-End quyidagi texnologiyalar o'rganiladi (mana shu ketma ketlikda):
Html5
Css3
JavaScript (Es6)
Bootstrap
jQuery yoki Js framework Vue.js, React.js, Angular
Sass
HTML va CSS
HTML va CSS veb sahifalar asosini tashkil qiladi. HTML saytda aynan nimalar
joylashishi kerakligiga mas’ul bo‘lsa (matn, rasm, video), CSSda ularning qaysi tartibda
joylashuvi va qanday ko‘rinishda bo‘lishi yozib chiqiladi. Sayt foydalanuvchilarga
ko‘rinadigan elementlar HTML va CSSda tuzilgani uchun bu ikkisisiz sayt tuzib bo‘lmaydi.
Shuning uchun ham frontend sohasini o‘rganish aynan shu texnologiyalardan boshlanadi.
Bularda bor imkoniyatlarga qo‘shimchalar va yangiliklar qo‘shilib, HTML5 va CSS3
standardlari ishlab chiqilgan.
JavaScript va jQuery
Международный
научный
журнал
№
4 (100),
|
| |