|
Исследование в XXI веке ноябрь, 2022 г 364 web dasturlash haqida tushunchalarBog'liq Boranbaeva Aqbayan часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
ноябрь
, 2022
г
366
JavaScript ham yuqorida aytib o‘tilgan texnologiyalar kabi frontend dasturlashning
ajralmas qismidir. JavaScript brauzerlarda ishlovchi dasturlash tili bo‘lib, u yordamida veb
sahifaga interfaollik imkoniyatini berish mumkin bo‘ladi. Misol uchun biron tugma
bosilganda yoki foydalanuvchi saytning biror qismiga kelganda yangi oyna ochilishi yoki
biron xabar ko‘rinishi. Birmuncha vaqt oldin sayt elementlariga interfaollik qo‘shishda
JavaScriptning o‘zidan foydalanish dasturchi uchun nisbatan qiyin bo‘lgan, ba’zi vazifalarni
bajarishning imkoni bo‘lmagan. O‘sha vaqtda jQuery kutubxonasi tuzilgan bo‘lib, u
yordamida dasturchi JavaScript tilida mavjud bo‘lmagan imkoniyatlardan qulay yo‘l bilan
foydalana olgan. Hozirgi kunda JavaScriptda jQuery kutubxonasi kiritgan yangiliklar tatbiq
qilingan bo‘lsada, dasturchilar jQueryni ishlatishni tashlab qo‘yishgani yo‘q. Statistika
ma’lumotlariga ko‘ra JavaScript 2017 yilning eng ommalashgan dasturlash tili deb tan
olindi.
JavaScript haqida
JavaScript nima? - Bu savolga har xil javob berish mumkin. Bu dasturlash tili,
to‘g‘rirog‘i veb dasturlash tili, undan ham to‘g‘rirog‘i klient tomonda ishlaydigan
dasturlash tili, ya’ni bu veb dasturlash tili ishlashi uchun hech qanday server kerak emas,
oddiy brauzerda ishlayveradi.
JavaScript veb dasturlash tilini qachon o‘rgangan ma’qul? - Bu dasturlash tilini
HTML, CSS kabilarni o‘rganib olgandan keyin boshlagan yaxshi. Shunda o‘rganish ham
oson bo‘ladi. Ko‘pchilik darhol PHP veb dasturlash tilini o‘rganishni boshlab yuborishadi,
keyin qiynalib qolishadi, mani fikrimcha dasturlash tilidan dastlab Javascript’ni o‘rgangan
yaxshi va yengil.
JavaScript dasturlash tilining rivoji va kelajakdagi o'rni qanday? - Hozirgi kunda
ushbu dasturlash tili dasturchilar orasida alohida xurmatga egadir. Jumladan ushbu dastur
yordamida web-sayt yaratish, telefonlar uchun dasturlar yaratish va boshqa muhim va
katta dasturlash yaratiish mumkin.
JavaScript dasturlash tili orqali qancha daromad topsa bo'ladi? - Hozirgi kunda
dasturchilik kasbiga bo'lgan extiyoj va e'tibor kun sayin ortib bormoqda. Daromadiga
kelsak, O'zbekistonda 1000$ dan 6000$ gacha. Chet elda 8000$ dan 500000$ gacha oylik
topishadi.
Less va Sass
Less va Sass oldindan ishlov beruvchi freymvorklari CSS asosida yaratilgan bo‘lib,
dasturchilar uchun CSS bilan ishlashda anchagina qulayliklar va qo‘shimcha imkoniyatlarni
yaratib beradi. Uning yordamida sayt tuzishga ketadigan vaqtni tejab, nisbatan kamroq
kod yozish mumkin bo‘ladi. Hatto, bu ikkisi yordamida sayt stillarini yozishga dasturlash
tillari kabi yondashish mumkin.
Bootstrap, Materialize, Foundation va boshqa CSS freymvorklar
Bu freymvorklar dasturchiga deyarli tayyor ko‘rinishdagi sayt elementlarini taklif
qiladi. Ular yordamida odatda ko‘p ishlatiladigan elementlarni bir necha daqiqalar ichida
tuzish mumkin. Ularning har biri o‘ziga xos stildagi elementlarga ega. Material va yassi
Международный
научный
журнал
№
4 (100),
|
| |