|
Исследование в XXI веке ноябрь, 2022 г 905 bozor iqtisodiyoti modellariBog'liq Qiyomov часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
ноябрь
, 2022
г
906
xususiy sektoriga koʻproq eʼtibor beriladi. Iqtisodiyotning ijtimoiy yoʻnalishini bozorning
oʻzi belgilaydi. Har bir iqgisodiyot subʼyekti bozor qoidasiga koʻra ishlab topgan
daromadini oladi, davlat daromadlarning taqsimlanishiga kamdankam aralashadi, lekin
daromadlarni shakllantirishda bozor tamoyillariga rioya etilishini, bozor mexanizmining
belgilangan tartibda faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi. Ijtimoiy bozor xujaligi modeli
Germaniya, Shvesiya va boshqa mamlakatlarda mavjud.
Korporativ iqtisodiyot modeli — korporativ manfaatlar va korporativ hamjihatlikka
asoslangan bozor iqtisodiyoti boʻlib, ilgʻor texnologiya, yetuk ish kuchidan foydalanib
mehnat unumdorligi va aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytiradi. Asosiy
eʼtibor korporativguruhiy manfaatlarga qaratiladi, iqtisodiyot korporatsiyalar orqali
boshqariladi. Korporatsiyalar aksiyador jamiyatlar tarzidagi turli sanoat, savdo, transport,
qurilish sohasidagi birlashmalarga aylanadi, ularning baʼzilari hatto transmilliy
korporatsiyalar darajasigacha oʻsib, xalqaro ahamiyat kasb etadi. Korporatsiyalar ishlab
chiqarishning asosiy sohalarini qamrab oladi, ularning xorijiy shoxobchalari ham koʻpayib
boradi. Xususiy mulkning korporativ shakli ustuvorlik qiladi. Korporativ iqtisodiyot
modelida korporatsiya manfaatlari birinchi oʻringa qoʻyiladi, individual manfaatlarga faqat
korporatsiya doirasida erishiladi va shu doirada i. t., texnikloyiha ishlari ham olib boriladi.
Muammolarning korporatsiya doirasida hal etilishi korporatsiyaga sadoqat, korporativ
vatanparvarlik hissiyotini tarbiyalaydi. Korporatsiya xodimlar uchun yuksak turmush
darajasini kafolatlaydi, xodimlar esa bunga javoban ishlab chiqarish samaradorligining
yuqori boʻlishini taʼminlaydilar. Korporatsiya xodimlarning oila aʼzolarini ham ish bilan
taʼminlashni, qarilikda yaxshi pensiya va bir yoʻla katta summada mukofotlar berishni
zimmasiga oladi. Xodimlar bilan menejerlar oʻrtasida inoqlik boʻladi. Bunday
choratadbirlar ijtimoiy hamjihatlikni taʼminlab, ish tashlash va boshqa noroziliklarga oʻrin
qoldirmaydi. Bozor iqtisodiyotining korporativ modelida iqtisodiyotning korporativ sektori
xalq xoʻjaligining tayanchi hisoblanadi, ammo iqtisodiyotning ikkilamchi va yetakchi
boʻlmagan sohalarida nokorporativ sektor ham saqpanib qoladi. Korporativ modelda ham
kichik biznes mavjud, ammo uning mustaqilligi juda chegaralanadi, u deyarli korporatsiya
izmida boʻladi, uning buyurtmalarini bajaradi. Bozor iqtisodiyoti modellari korporatsiya
doirasiga tortilmaydi. Korporativ iqtisodiyot ustuvor boʻlgan mamlakatlarga Yaponiya
misol boʻla oladi.
|
| |