Международный научный журнал № 14(100), часть 1
«Новости образования: исследование в XXI веке»
Октября , 2023
543
MARKETINGNING ASOSIY TAMOYILLARI VA FUNKSIYALARI
Pardayev Ezozbek Odil o’g’li
Samarqand Davlat universiteti Kattaqo’rg’on filiali o’quvchisi
O’qituvchi:
Xaitov Oxunjon Nomoz o’g’li
Samarqand Davlat universiteti Kattaqo’rg’on filiali o’qituvchisi
E-mail: pardayevezozbek0@gmail.com
Annotatsiya:
Marketing, bir kompaniyaning mahsulotlarini yoki xizmatlarini sotish,
xaridorlarni jalb qilish va ularga qiziqtirishni o'rganish bilan bog'liq bo'lgan jarayonlarni o'z
ichiga oladi. Bu jarayonlar orqali kompaniya o'zining xizmatlarini sotishga harakat qiladi,
xaridorlarni jalb qiladi va ularga qiziqtirishni oshiradi. Marketing, bir kompaniyaning
mahsulotlarini yoki xizmatlarini sotish, xaridorlarni jalb qilish va ularga qiziqtirishni
o'rganish bilan bog'liq bo'lgan jarayonlarni o'z ichiga oladi. Bu jarayonlar orqali kompaniya
o'zining xizmatlarini sotishga harakat qiladi, xaridorlarni jalb qiladi va ularga qiziqtirishni
oshiradi.
Kalit so’zlar:
marketing, assortiment, tovar, korxona.
Marketing konsepsiyasini mazmuni marketing funksiyalarini amalga oshirish orqali hal
etiladi. Marketing funksiyalari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
• marketing tadqiqotlari;
• mahsulot assortimenti ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish;
• sotish va taqsimot funksiyasi;
•
tovarni siljitish;
• narxni tashkil etish funksiyasi;
• marketing-menejment funksiyasi.
Tahliliy funksiyada tashqi muhit omillari, bozor, uning elementlari va holati,
iste’molchilar, bozorni tuzilishi, tovar va tovarni tuzilishi, shuningdek firmaning ichki muhiti
tahlil qilinadi. Bunda firma rahbariyati tomonidan nazorat qilinadigan omillar- texnologik
jarayon, moliyaviy ahvoli, tashkiliy tuzilish, bozorni tanlash va boshqalar hisobga olinadi.
Tashqi muhit omillariga iste’molchilar, raqobat hukumat, iqtisodiyot, texnologiya, mustaqil
ommaviy axborot vositalari kabi nazorat qilinmaydigan omillar kiradi.
Mahsulot yaratish funksiyasi- orqali marketing faoliyatida
yangi mahsulotlarni
yaratish, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlab chiqarish sohasiga tovar
raqobatdoshligi va sifatni boshqarish, shuningdek tovar siyosatini ishlab chiqish masalalari
hal etiladi.
Sotish funksiyasi- orqali tovarni taqsimlash va sotish siyosatini ishlab chiqish, savdo-
taqsimot tarmog‘i orqali sotuvni tashkil etish, yuk tashishni va omborga joylashtirishni
tashkil etish, tovar aylanmasini aniqlash, taqsimot tizimini fizik oqimlarini nazorat qilish va
sotishni tahlil etish o‘rganiladi.
Международный научный журнал № 14(100), часть 1
«Новости образования: исследование в XXI веке» Октября , 2023
544
Tovarni siljitish funksiyasi- natijasida sotishni rag‘batlantirish va reklama siyosatini
ishlab chiqish; sotishni rag‘batlantirishni samarali vositalarini asoslash;
tovarni siljitish
to‘g‘risida multimedia texnologiyalarini asoslash; ichki firma reklamasini tashkil etish; sotuv
ishlarini rag‘batlantirish; pablik rileyshnzni tashkil qilish va boshqalar to‘liq o‘rganiladi.
Marketing funksiyalari firmani boshqa funksiyalari, ya’ni ishlab chiqarish, kadrlar,
moddiy texnika ta’minoti, moliyaviy, buxgalteriya hisobi funksiyalari bilan birga amalga
oshiriladi.
Marketingning funksiyalari xo‘jalik yurituvchi subyektlarning boshqa funksiyalaridan
farqi
shundan iboratki, marketing funksiyalari xo‘jalik yurituvchi subyektlar, uning
iste’molchilari, mijozlari o‘rtasida ayirboshlash jarayonini amalga oshirish va tashkil etishga
qaratilgandir. Shuning uchun ham marketing funksiyalari doimo o‘zgarib boradigan ehtiyoj
hamda talabni shakllanishi, yaratilishi va rivojlanishiga ta’sir etadi.
Korxona faoliyatini boshqarish tizimi sifatida, marketingni asosiy qoidalari bo‘lib,
uning marketing faoliyatini samarali amalga oshirishning asosida muayyan tamoyillar
yotadi.
Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-mavjud va potensial iste’molchilar ehtiyojini aniq bilgan
holda tovar yoki xizmatga
bo‘lgan talabini qondirishga yo‘naltirish;
-barcha zvenolar faoliyatini xo‘jalik mexanizmini yagona tizimiga birlashtirib, ularni
oxirgi amaliy natijalari erishishga yo‘naltirishni ta’minlash;
-korxonaning ishlab chiqarish hamda tijorat faoliyatini uzoq muddatli natijadorligini
ta’minlash;
-iste’molchilarni o‘zgarib turuvchi talablariga faol moslashish maqsadida, korxona
xulq-atvori strategiyasi
hamda taktikasini birlashtirib, bir vaqtning o‘zida, ularning
ehtiyojlarini shakllantirish va rag‘batlantirishga ta’sir o‘tkazish.
Ijtimoiy ahamiyati nuqtai nazaridan to‘rtta marketingni muqobil maqsadlarga
ajratiladi.
1. Iste’mol darajasini oshirish;
2. Iste’molchilarni qondirilishini maksimallashtirish;
3. Iste’mol tanlovini maksimallashtirish;
4. Turmush tarzini (sifatini) oshirish.
Iste’mol darajasini oshirish ishlab chiqaruvchilar foydasini o‘sishga olib keladi, ishlab
chiqarishni va xizmatlar sohasini rivojlantirishga, shuningdek ishsizlikni
kamayishiga olib
keladi.
Marketingning asosiy tamoyillari:
1. Iste’molchiga yo‘naltirilganlik.
2. Kelgusiga yo‘naltirilganlik. Ishlab chiqaruvchi marketing faoliyatini qisqa muddatli
natijalariga emas, balki uzoq muddatli natijalariga mo‘ljalni olgan bo‘lishi kerak.
3. Oxirgi amaliy natijalarga erishishga yo‘naltirilganlik.
Международный научный журнал № 14(100), часть 1
«Новости образования: исследование в XXI веке» Октября , 2023
545
Marketing faoliyati natijasi bozor ulushi, sotish hajmi, foydaning o‘sishi bilan
belgilanadi. Marketing tamoyillari marketing asosini va uning
mohiyatini ochib beruvchi
holat, talabdir.
Marketingni mohiyati – tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish albatta
iste’molchiga, talab ishlab chiqarish imkoniyatlarini doimo bozor talabiga mo‘ljallashdan
iborat.
Xulosa qilib aytganda, marketingning mohiyati va maqsadlaridan quyidagicha asosiy
tamoyillari kelib chiqadi:
•iste’molchilarga yo‘naltirilgan tamoyil, ya’ni iste’molchi shohdir;
•istiqbolga yo‘naltirilgan tamoyil, ya’ni subyekt faoliyati istiqbolga yo‘naltirilgan
bo‘lishi zarur;
•pirovard ko‘rsatkichga erishishga yo‘naltirilgan tamoyil, ya’ni bozor ulushini, foydani
oshishi va hokazolar.
ADABIYOTLAR RO’YHATI:
1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi- yangi tahrir 01.05.2023
2. O’zbekiston Respublikasi “Raqobat to’g’risida”gi qonuni. O’zbekiston Respublikasi
qonun hujjatlari to’plami, 2012-yil, 1-son.
3. Ikramov M.A., Abduxalilova L.T. Marketing tadqiqotlarida statistik tahlil. O‘quv
qo‘llanma. – T.: “Iqtisodiyot”, 2017 y. 345 b.
4. . Nazarova F., Karimova R.N. Xalqaro marketing. -T.: TDIU, 2010. -262b.
5.
https://lex.uz