• Adabiyotlar sharhi
  • Issn – 2181-4201 ta’lim




    Download 1,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet104/109
    Sana28.06.2024
    Hajmi1,51 Mb.
    #266161
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109
    Bog'liq
    talim transformatsiyasi

     
    Kirish
    . Shahrisabz va unga tutash yerlar Buxoro amirligiga tarixning barcha davrlarida 
    ham bo‘ynsunavermagan. Shu sababli Rossiya imperiyasi tomonidan Buxoro amirligi yarim 
    qaram davlatga aylantirilgunga qadar Shahrisabz vodiysida dehqonchilik qilish, yerlarning 
    ummuiy miqdori, suv bilan ta’minlaydigan manbalar, ularning qancha maydonni suv bilan 
    ta’minlay olishiga oid ma’lumotlar to‘liq saqlanmagan. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab 
    Shahrisabz atroflarini tabiiy, gidrologik, geologik o‘rganishlar boshlangan. Shu jumladan suv 
    bilan ta’minlanish darajasi ham har tomonlama o‘rganilib, tahlil qilinganligini ko‘rish mumkin. 
    Adabiyotlar sharhi
    . Mavzuni mazmunan yoritishda xronologik chegara nuqtai-
    nazaridan kelib chiqib, asosan shu davr uchun muhim manba bo‘lgan “Turkestanskiy sbornik” 
    (“Turkiston to‘plami”) materiallaridan foydalanishga harakat qildik. Jumladan, ushbu 
    to‘plamdagi 549 todagi V.V. Bartoldning “Turkiston o‘lkasini sug‘orilish tarixiga oid” 
    izlanishlarini, I.Bekchurinning “Shahrisabz o‘lkasi Jo‘rabek va Bobobek ma’lumotlari asosida” 
    maqolasi, N.P. Petravskagoning “Mahalliy irrigatsiya va suvni taqsimlanishga oid” maqolasi va 
    boshqalarni keltirib o‘tish maqsadga muvofiq. Rossiya imperiyasi hukumronligi davrida 
    Buxoro amirligi xo‘jalik va iqtisodiy jihatdan o‘rgangan D.N. Logofetning “Buxoro xonligi 
    Rossiya hukumronligi ostida”, “Buxoroning tog‘ va tekistliklarida”, “Huquqsiz mamlakat. 
    Buxoro xonligi va uning hozirgi holati” kabi manbaviy ahamiyatga ega adabiyotlaridagi 
    ma’lumotlarni va sobiq sovet hokimiyati yillarida ilmiy izlanishlar olib borgan 
    A.Madjlisovning “XIX asrning oxiri – XX asr boshlarida Sharqiy Buxoroda agrar 


    116
    munosabatlar” asari va T.G. Tuxtametovning “XX asr boshlarida Rossiya va Buxoro amirligi” 
    kabi asarlar, ilmiy izlanishlar natijalaridan foydalanildi.

    Download 1,51 Mb.
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109




    Download 1,51 Mb.
    Pdf ko'rish