117
200 kv. vyorst maydonni egallagan. Shimolda Tunyurluk tog‘lari Urgutdan ajratib tursa,
janubda yetti ming fut balandlikdagi tog‘lar Kitob bekligidan ajratib turgan. Sharqda dovon
yaqinida Xundi va Qandibos daryolari qo‘shilish joyigacha bo‘lgan yerlar beklik hududi Farob
hisoblangan. Bir necha mayda tog‘ daryolari beklik hududini sug‘organ va ular o‘zaro
birlashib, Farobdaryoni hosil qilgan. Bu daryo Shahrisabz hududiga
Bishirsuv nomi bilan
o‘tgan. Daryoning boshlanishi Obi Xundi suvi deb hisoblanadi. U Shum Raxna deb nomlanuvi
Farobdan o‘n vyorst sharqdagi tog‘ qoyasidan boshlangan. Daryo avval shimolga keyin g‘arbga
oqib, burilishdan keyin Kandibos daryosi unga quyilgan. Bu daryoni Xo‘ja Mansur degan nomi
ham bo‘lib, qirg‘oq yaqinidagi mozorga dafn etilgan avliyo nomidan olingan. Shundan so‘ng,
daryo Farobga kirgan va bu yerda Qoratosh nomli suvga mo‘l daryocha unga qo‘shilgan. Farob
hududida yana Uchko‘l, Qorateginsuv daryolari ham unga qo‘shilgan[10. 54].
Shahrisabz viloyatini suv bilan ta’minlaydigan yana bir muhim daryo Farob tomondan
oqib kelgan. Farob olti ming fut balandlikda bo‘lganligi sababli uning yerlari ko‘p qismi lalmi
bo‘lgan. Farob, Shahrisabz, Kitob yerlari suvga mo‘l bo‘lgan va hamisha mo‘l hosil olingan.
1870 yilda Zarafshon vohasida qurg‘oqchilik bo‘lganda Farobliklar bug‘doyni botmonini olti
rublga ko‘targan. Qurg‘oqchilik bo‘lmagan yillarda bug‘doyning botmoni to‘rt rubl bo‘lgan.
Farobda ham Shahrisabz botmoni qo‘llangan va Buxoro botmonidan katta bo‘lgan. Farob
bekligi Sharqda Mog‘iyon bekligi bilan chegaradosh. Beklik shu nomli tog‘ va daryo nomidan
olingan. Shuningdek, G‘arbda Shahrisabz, Janubda Hisor bekliliklari
bilan Sharqda Kshtut
bekligi bilan chegaradosh bo‘lgan. Mog‘iyon bekligi butun shu daryo nomi bilan ataluvchi
vohadan iborat bo‘lgan. Mog‘iyon ikki Mog‘iyon va Shin daryolarining qo‘shilishidan hosil
bo‘lgan. Ularning har ikkalasi ham Hisor tog‘laridan boshlangan. Mog‘iyondaryo boshlanish
joyi esa hazor chashma bo‘lib, yo‘l-yo‘lakay unga so‘l tomondan Hazrat sulton yonida Gurdak
daryosi qo‘shilgan. Hazrat Sulton darasiga yaqinlashgach, yoyilib oqishdan to‘xtab shiddatli
oqib o‘tgan va Shahrisabz hududida Jinni daryo, Oq daryoga aylangan[10. 60]. Quyiroqda
umumiy Qashqadaryo nomi bilan oqqan. Ammo, bu xususida keyinroq to‘xtalib o‘tamiz.
Shahrisabzdan Chiroqchiga tomon boriladigan yo‘l bo‘yida Yakkabog‘daryo yoki
Qizildaryo Shahrisabz vodiysidagi so‘nggi katta suv havzasidan bo‘lib, QIzildaryo o‘rta asr
muarrixlari asarlarida Xurkusht nomi bilan ham tilga olingan. Qizildaryo haqida ma’lumot
berib D.N. Logofet undan chiqarilgan tig‘iz ariqlar ko‘z ilg‘amaz yerlargacha sug‘orishiga oid
fikrlarni keltirgan[4. 543].
Shahrisabzni suv bilan ta’minlaydigan Tamshush daryochasi yetib borish qiyin bo‘lgan
Hisor tog‘laridan bosh olgan. G‘arbga shiddat bilan oqib borgan
va Shahrisabz yerlarini
sug‘orishga xizmat qilgan[8. 157]. Shuningdek, Tamshush daryosidan g‘arbga qarab olti vyorst
to‘g‘ri yurilsa, Urtshor daryochasiga chiqilgan. U Ommag‘on, Chopux va uning atroflarini
sug‘organ. Malchug daryochasi asosan Musabozor qishlog‘ini sug‘organ. Qizilsuv daryosi
Ommag‘on yaqinida Hisor tog‘ cho‘qqilari bilan o‘rab olingan. Ommag‘ondan uch vyorst
uzoqlikdagi qoyadan Shahrisabz va Qizilsuv daryosining go‘zal manzarasi ko‘zga tashlanib
turgan. Qizilsuv daryosi suvlari Mlati, Yangi, Xitoy, Kamar va Shahrisabzning boshqa
qishloqlarini yashil bog‘-rog‘larga cho‘ktirib yuborgan[8. 158-159]. Shuningdek, Hisor tog‘i
muzligidan boshlangan Xo‘ja-Aacha-Burun daryochasi Toshqo‘rg‘on qishlog‘idan
boshlab
Qizilsuv nomini olgan[8. 161]. Qizilsuv daryosi sug‘oradigan shahrisabzs qishloqlarini
nomlarini yuqorida keltirib o‘tdik.
Shahrisabzdan oqib o‘tgan Tanxoz, Jinni, Oq daryolar quyiroqda Qashqadaryo nomni
olgan bo‘lib, nafaqat Shahrisabz, balki deyarli butun Qashqadaryo hududlarini sug‘orishda
katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Bu daryo va uning irmoqlari Shahrisabz, Kitob, Yakkabog‘,
Chiroqchi, G‘uzor, Qarshi hududlarida 600.000 desyatinadan ortiqroq yerni sug‘orishi
xususidagi fikr-mulohazalarni D.N. Logofet keltirib o‘tganligini ko‘ramiz[3. 78]. Taniqli olim,
akademiv V.V. Bartold izlanishlarida, Qashqadaryo XIX asr oxiri – XX asr boshlarida ham
Qarshi shahriga juda kam suv olib kelgan. Bartold Qashqadaryoni Qorako‘lgacha oqib
borganiga oid ma’lumotlarni manbalarda topa olmaganligini yozib qoldirgan[1. 63a]. Demak,
118
XIX asr ikkinchi yarmida hozirgi Qarshi atroflari suv bilan bog‘liq
muammolarga duch kela
boshlagan.
Shahrisabz va unga tutash yerlarning suvga mo‘lligi, ma’lum bir miqdorda la’lmi
yerlarining bo‘lishi vodiyni serdaromad va turli oziq-ovqat mahsulotlarining mo‘l bo‘lishiga
sabab bo‘lgan. Shahrisabz va Kitob beklarining ham daromadlari shunga yarasha hisoblangan.
Beklarning daromadlari xiroj, tanop va zakot soliqlaridan to‘plangan. Katta ariqlarga yaqin
yerlardan xiroj bug‘doy va tariq hosilidan ¼ qismi, sholidan 1/3 qism olingan bo‘lsa, tog‘oldi
hududlari katta ariqlardan uzoqroq va lalmi yerlardan xiroj miqdori bug‘doy va tariqdan 1/5
qism olingan. Ammo, sholi miqdori o‘zgarmagan. Shahrisabz begi yiliga o‘n bir ming botmon
(Shahrisabz botmoni Buxoro botmonidan ikki barobar ko‘p ya’ni 16 pudni tashkil qilgan),
Kitob begi o‘n ming botmon daromad olgan. Zakot faqat chorvadan olingan bo‘lib, har 100
bosh chorvadan 12,5 Buxoro tangasi miqdorini tashkil qilgan[2. 87]. Suvning mo’lligi bekliklar
daromadi o’z aksini topgan.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, Buxoro amirligining Shahrisabz, Kitob bekliklari va
unga tutash hududlar o‘zining suvga mo‘lligi, tabiatining yumshoq,
iliqligi ortidan gullab-
yashnagan vodiyga aylangan. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan dehqonchilik va chorvachilikka ega
bo‘lgan hudud bo‘lib, tog‘-kon va og‘ir sanoatning rivojlanishi uchun ham qulay shart-
sharoitlarga ega bo‘lgan. Ammo, amirlik tartiblari mavjud bo‘lgan davrda irrigatsiya
inshootlarini qurish va yanada sug‘orma dehqonchilik ishlarini yanada kengroq rivojlantirish
ishlariga yetarli e’tibor qaratilmagan. Shu sababli Buxoro amirligi hududlari ijtimoiy-iqtisodiy
jihatdan bir-biri bilan mustahkam aloqa o‘rnata olmagan deb xulosa qilish mumkin.