|
Induksion ta’sir va uning o’ziga xos xususiyatlari
|
bet | 12/18 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 2,48 Mb. | | #119011 |
Bog'liq 1-Ma`ruza Кириш Induksion ta’sir va uning o’ziga xos xususiyatlari. - Induksion ta’sir va uning o’ziga xos xususiyatlari.
- Organik birikmada uglerod atomi (yoki boshqa atom) elektromanfiyligi undan farq qiladigan atom bilan birikkan bo’lsa, kimyoviy bog’ning elektronlari u yoki bu atom tomon siljiydi. Buning natijasida atomlar qisman qutublanadi, bu esa o’z navbatida qo’shni bog’ elektronlarining siljishiga va atomlarning qutublanishiga sabab bo’ladi. Ta’sirning oddiy ( σ- bog’lar ) bog’larning ketma – ket qutublanishi orqali uzatilishi induksion ta’sir deb ataladi. Induksion ta’sir harfi bilan belgilanadi va o’z yo’nalishiga ko’ra mubat (+J) va manfiy (-J) bo’lishi mumkin. Masalan:
Mezomer ta`sir. Mezomer (yoki rezonans) ta’sir deb ta’sirning konyugirlangan π – sistemalardagi elektronlarning π – π tutashi yoki π – sistema elektronlarining o’rinbosar tarkibidagi atomning bo’linmagan elektron jufti bilan tutashishi orqali uzatilishiga aytiladi. X guruhining mezomer ta’siri bu guruhning sp2 – yoki sp – gibridlangan elektronli uglerod atomi bilan birikkan vaqtdagina kuzatiladi. X – guruh yo bo’linmagan elektron jufti bo’lgan atom, yo sp2 – yoki sp – gibridlangan elektronli uglerod (yoki boshqa atom) bo’lishi kerak. Masalan:Аniq misol sifatida akrolein molekulasini olaylik- . Bu molekuladagi elektromanfiyligi katta bo’lgan kislorodda manfiy mezomer ta’sir borligi sababli (- M) qisman manfiyzaryad hosil qiladi. Bu ta’sirni tasirni egilgan strelkalar bilan ko’rsatiladi: Agar ta’sir ko’rsatuvchi guruh elektronlarni tortsa manfiy (- M), o’zidan itarsa musbat “+M” mezomer ta’sirga ega bo’ladi. - Mezomer ta`sir. Mezomer (yoki rezonans) ta’sir deb ta’sirning konyugirlangan π – sistemalardagi elektronlarning π – π tutashi yoki π – sistema elektronlarining o’rinbosar tarkibidagi atomning bo’linmagan elektron jufti bilan tutashishi orqali uzatilishiga aytiladi. X guruhining mezomer ta’siri bu guruhning sp2 – yoki sp – gibridlangan elektronli uglerod atomi bilan birikkan vaqtdagina kuzatiladi. X – guruh yo bo’linmagan elektron jufti bo’lgan atom, yo sp2 – yoki sp – gibridlangan elektronli uglerod (yoki boshqa atom) bo’lishi kerak. Masalan:Аniq misol sifatida akrolein molekulasini olaylik- . Bu molekuladagi elektromanfiyligi katta bo’lgan kislorodda manfiy mezomer ta’sir borligi sababli (- M) qisman manfiyzaryad hosil qiladi. Bu ta’sirni tasirni egilgan strelkalar bilan ko’rsatiladi: Agar ta’sir ko’rsatuvchi guruh elektronlarni tortsa manfiy (- M), o’zidan itarsa musbat “+M” mezomer ta’sirga ega bo’ladi.
|
| |