|
Organik birikmalarning kislotaliligi va asosliligi. Kislota-asos reaksiyalari. Brensted-Louri va Lyuis nazariyalari
|
bet | 15/18 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 2,48 Mb. | | #119011 |
Bog'liq 1-Ma`ruza КиришOrganik birikmalarning kislotaliligi va asosliligi. Kislota-asos reaksiyalari. Brensted-Louri va Lyuis nazariyalari - Organik birikmalarning kislotaliligi va asosliligi. Kislota-asos reaksiyalari. Brensted-Louri va Lyuis nazariyalari
- Anorganik kimyoda bo’lgani kabi organik kimyoda ham kislota va asos tushunchalari mavjuddir. Organik moddalarning kislotali yoki asoslilik xossalari to’g’tisida ikkita nazariya mavjud:
- 1. Brensted– Louri nazariyasi;
- 2. Lyuis nazariyasi.
- Brensted-Louri nazariyasi bo’yicha kislotalar deb proton beruvchi asoslar deb, proton biriktirib oluvchi moddalarga aytiladi, ya’ni: kislota proton + asos.
- yoki , bu yerda-protonlangan asos ( kislota).
- Kuchli kislotaga kuchsiz asos mos keladi va aksincha kuchsiz kislotaga kuchli asos mos keladi. Masalan, sirka va xlorsirka kislotalar solishtirganda xlorsirka kislota sirka kislotaga nisbatan 100 barobar kuchli ekani aniqlanadi.
Lyuis nazariyasiga muofiq kislotalar elektronga taxchil bo’lgan, asoslar elektronga boy bo’lgan, bo’linmagan elektron juftli, qo’sh bog’li yoki aromatik yadrosi bo’lgan moddalardir. - Lyuis nazariyasiga muofiq kislotalar elektronga taxchil bo’lgan, asoslar elektronga boy bo’lgan, bo’linmagan elektron juftli, qo’sh bog’li yoki aromatik yadrosi bo’lgan moddalardir.
- Masalan, Lyuis kislotalari: .
- Lyuis asoslari
- Amfoter xossaga ega bo’lgan suv kuchi asoslarga nisbatan (masaln, Ammiakka ) kislotali, kuchli kislotalar ( masalan, sulfat kislota ) ga nisbatan asosli xossa namoyon qiladi:
- Qattiq va yumshoq kislota asos nazariyasi
- Ma’lum bo’lishicha, pKa qiymat kislota va asoslarning kimyoviy xossalarini to’liq ifodalay olmaydi. Masalan, metall kationlarini (kislotalarni) ularning metallmas anionlariga (asoslarga) moyilligiga qarab ikki sinfga ajratish mumkin:
- A – sinf: Al3+ > Mg2+ > Na+ …. Kationlar metallmaslarga nisbatan quyidagi qatorda moyillik namoyon qiladi: F > O > N > Cl > Br > J > S.
- B – sinf: Ag+ > Cd2+ > Au3+ > Sn4+ …. Kationlar esa metallmaslarga yuqoridagi qatorga teskari moyillik ko’rsatadi: S > J > Br > Cl > N > O > F.
|
| |