ICARHSE  International Conference on Advance Research in Humanities, Applied Sciences and




Download 282.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana25.10.2022
Hajmi282.02 Kb.
#28132
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
59 (1)
Amaliy mashg\'ulot 1, 2 Курс Алгоритмларни лойиҳалаш CAL1316 HEMIS Student axborot, Chizgilar, Ozodbek, 123123123123
ICARHSE 
International Conference on Advance Research in Humanities, Applied Sciences and 
Education
Hosted from New York, USA 
https://conferencea.org May 28
th
 2022
216 
olish imkonini beradi, chunki talabnoma beruvchi bir vaqtning o‘zida PCT ga a’zo 
mamlakatlarda o‘z ixtirosi uchun patent himoyasini olish uchun faqat bitta hujjat topshiradi
Ikkinchidan, PCT tizimi rivojlanayotgan mamlakatlarga patent hujjatlaridan foydalanish 
imkoniyatini beradi va shu bilan ulardagi qimmatli ma’lumotlarga kirish va ulardan 
foydalanishni osonlashtiradi. Patent hujjatlaridan olingan qimmatli ma’lumotlar 
texnologiyalarni tijoratlashtirish va investitsiya qarorlarini qabul qilishda yordam beradi
Uchunchidan, xalqaro talabnomani topshirish PCT protsedurasida nazarda tutilgan barcha 
harakatlarni amalga oshirishda maxsus tashkilotlarni yaratishni talab qilmadi, chunki vakolatli 
xalqaro organlarning barcha funktsiyalari PCT tizimida nazarda tutilgan; 
To‘rtinchidan, PCT tizimi bitta arizani, xalqaro qidiruv va xalqaro nashrni o‘z ichiga olgan 
bo‘lib, a’zo mamlakatlar uchun ixtiyoriy bo‘lgan xalqaro dastlabki ekspertiza o‘tkazish 
imkoniyatini ham beradi. 
Ixtirolarni PCT tizimi asosida xalqaro tartibdan ro‘yxatdan o‘tkazishni yanada 
takomillashtirish uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlarni amalga oshirish lozim: 
Sanoati rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardagi talabnoma beruvchilarning, shu 
jumladan yakka tartibdagi ixtirochilar, kichik va oʻrta korxonalarning turli ehtiyojlarini 
hisobga olgan holda talabnoma beruvchilarning xarajatlarini kamaytirish; 
Ariza beruvchilar va uchinchi shaxslar manfaatlari o‘rtasida zarur muvozanatni saqlash, 
shuningdek, davlatlar manfaatlarini yanada hisobga olish
Rivojlanayotgan mamlakatlarga texnik yordam dasturlarini, ayniqsa, axborot texnologiyalari 
sohasida kengaytirish; 
PCTni iloji boricha yanada Patent huquqlari bo`yicha shartnoma (PLT) qoidalariga 
moslashtirish; 
BIMTning Patent huquqi bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan asosiy talablarni 
uyg‘unlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan PCT islohotini muvofiqlashtirish; 
Shartnoma va Yo‘riqnoma qoidalarini yanada soddalashtirish, tushuntirishlar berish va iloji 
boricha qisqartirish; 
Yuqoridagi takliflar bo‘yicha ishlarni to‘g‘ri va tizimli tarzda yo‘lga qo‘yilishi, o‘ylaymizki 
ixtirolarni PCT tizimi asosida xalqaro tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishni huquqiy jihatdan 
himoyasini ta’minlashga yordam beradi va bugungi globallashuv davrida ko‘plab 
mamlakatlarda, xususan O‘zbekistonda yaratilayotgan ixtirolarni xalqaro doirada ro‘yxatdan 
o‘tkazib, patent egalarining ixtirolarini dunyoning ko‘plab mamlakatlarida tijoratlashtirishga 
imkon yaratilib, natijada ilm-fan va iqtisodiyot rivojlanishiga olib keladi. Shu bilan birga
ixtirolarni xalqaro tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish 
hamda O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishdagi tadqiqot ishlari hamda qonunchilikni 
takomillashtirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish zarur ahamiyat kasb etadi. Mazkur 
yunalishdagin xorijiy tajribani amaliyotga joriy etilishi ixtiro egalarini huquqiy jihatdan 
rag‘batlantirib, ko‘plab zamonaviy ixtirolar yaratilishiga erishish mumkin.

Download 282.02 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 282.02 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ICARHSE  International Conference on Advance Research in Humanities, Applied Sciences and

Download 282.02 Kb.
Pdf ko'rish