10
th
- International Conference on Research in Humanities, Applied Sciences and Education
Hosted from Berlin, Germany
https://conferencea.org Jan. 30
th
2023
17
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA EKOLOGIK TAFAKKURNI
SHAKLLANTIRISHDA O‘RTA OSIYO MUTAFAKKIRLARI MEROSIDAN
FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI
Xo‘shboq Norbo‘tayev Bobonazarovich,
Termiz davlat pedagogika instituti dotsenti, pedagogika fanlari doktori (DSc)
Dilshod Suyunov Abdullayevich
Termiz davlat pedagogika instituti
Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi o’qituvchisi
Annotatsiya
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tafakkurni shakllantirishda O‘rta
Osiyo mutafakkirlari
merosidan foydalanish, bilimlarni o‘zlashtirishning ahamiyati, tabiiy
fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarda ekologik mazmunidagi bilimlarni takomillashtirish,
muammoli
vaziyatlarni yaratish, shuningdek, umumta’lim maktabi o‘quv rejalari va
dasturlariga tabiat-jamiyat o‘rtasidagi aloqalarni uyg‘unlashtirish,atrof -muhitga jiddiy
munosabatlarni fanlararo aloqadorlikda o‘rnatish
masalalari, o‘quvchilarning
ekologik
tafakkuri, ularning dunyoqarashi, hatti-harakati, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik
tafakkurni shakllantirishda O‘rta Osiyo mutafakkirlari merosidan foydalanish jarayoni,
o‘qitishda atrof-muhit muhofazasi, o‘qitish metodlari,
vositalari, boshlang’ich sinf
o’quvchilarida ekologiyaga oid ijobiy munosabatlari va qarashlari va tabiat o’rtasidagi
munosabatlar haqidagi ilmiy manbalarni singdirish jihatlari keltirilgan.
Tayanch so‘
zlar: tabiiy resurs, boshlang’ich sinf, tabiiy fanlar, ekologik muhit, tugaydigan
va tugamaydigan resurs, ta’lim, ehtiyoj, shakl, metod, vosita, ekologik madaniyat,
foydalanish, meros, manba, o’qitish, Tabiat, munosabat, tushuntirish.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tabiiy fanlarga oid bilim, ko‘nikma,
malaka va
kompetensiyalarni egallashi lozim. Ushbu malakalar ekologik tafakkur bilan chambarchas
bog‘liq. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tabiatni bilishlari, ekologik bilim, ekologik tafakkur,
inson faoliyati va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar haqidagi ilmiy manbalar boshlang‘ich sinf
o‘quvchilariga tabiiy o‘quv fanlari negizida beriladi. Shuningdek, inson yashashi uchun havo,
suv, quyosh qanday kerak bo‘lsa, o‘simlik va hayvonlar ham shunday kerakligi, ular
o‘rtasidagi tabiiy bog‘liqliklar ochib berilgan[1].
Boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlar bo‘yicha darslarni tashkil etishda tabiiy muhit
holatining inson ta’sirida o‘zgarishi, jonli va jonsiz komponentlarga
insonning kuchli
antropogen ta’siri tufayli ekologik muammolar vujudga kelayotganligi, sanoat
mahsulotlaridan atmosferaning ifloslanishi ekologik muammolarni vujudga keltirganligi, еr