|
Foydalanish texnologiyasi10
th
- International Conference on Research in Humanities, Applied Sciences and Education
Hosted from Berlin, Germany
https://conferencea.org Jan. 30
th
2023
23
Ushbu masala yuzasidan o‘rganilgan ilmiy manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki,
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tafakkurni shakllantirishda O‘rta Osiyo
mutafakkirlari merosidan foydalanishda atrof-muhitga bo‘lgan munosabatning ijobiy
sifatlarini
qaror
toptirish
va
mustahkamlashning
ijtimoiy-pedagogik
asoslarini
o‘rganayotganda, barcha tirik mavjudotlarga nisbatan insonparvarlik yondashuvi tizimini
shakllantirish jarayonining samaradorligi o‘quvchilar tomonidan hayotiy tajribalarini
o‘zlashtirish, dunyoga hissiy munosabati, ijodiy tajriba, tabiat bilan munosabat amaliyoti, bu
munosabat normalarini o‘zlashtirish unda ijtimoiylashuv bilan bir qatorda shaxs sifatida
shakllanishi va individual munosabatni yuz berishiga olib keladi
[8].
Darhaqiqat, ekologiya deganda biz organizmlarning atrof-muhit bilan aloqasi haqidagi
fanni tushunamiz va bu erda biz mavjudlikning barcha shartlarini so‘zning keng ma’nosida
nazarda tutamiz. Ular qisman organik va qisman noorganik tabiatdir.
Ushbu konseptual yondashuv asosida olib borilgan ishlar tahlil shuni ko‘rsatmoqdaki,
o‘quvchilarni qo‘shimcha ekologik ta’lim-tarbiya bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi
muammolarini klassifikatsiyalash mumkin: ilmiy-uslubiy, tashkiliy va boshqaruv, prosessual
va texnologik[17]. Mavjud yondashuvlarni ilmiy-amaliy jihatdan o‘rganish o‘quvchilarda
qo‘shimcha ekologik ta’lim-tarbiya berish jarayonida aniqlangan dolzarb muammolarni
bartaraf etishning quyidagi usullarini ishlab chiqish lozim bo‘ladi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tafakkurni shakllantirishda O‘rta Osiyo
mutafakkirlari merosidan foydalanishda atrof-muhitni muhofaza qilishning barcha xilma-xil
jihatlaridan, ya’ni ekologik to‘garaklar, qo‘shimcha mashg‘ulotlar, maxsus jihozlangan
ma’ruza zallari, innovatsion darslar, atrof-muhitni zmonaviy texnologiyalar orqali loyihalash,
o‘quvchilar jamoatchiligining ekologik monitoringi va nazoratini tashkil etish;
o‘quvchilarga keng qamrovli ekologik ta’lim-trbiya berishning ustuvor yo‘nalishlarini
to‘g‘ri belgilash, har bir tadbirda ilmiy-nazariy va amaliy faoliyat elementlarini uyg‘unligini
ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha tadbirlar
zaif ta’lim komponentilaridan xoli bo‘lgan holda, ishtirokchi o‘quvchilar emotsional holatiga
ijobiy ta’sirini oshirish;
xalq ta’lim muassasalarining dasturiy va uslubiy ta’minoti zamon talablari darajasida
ishlab chiqilmaganligi, dars ishlanmalari va o‘qitish usullarining zamonaviy ta’lim
texnologiyalariga mos kelmasli bilan bog‘liq muammolarni hal qilish hamda DTS va Milliy
o‘quv dasturi talablariga javob beradigan umumiy ta’limning ekologik o‘quv dasturlarini
ishlab chiqish;
o‘quvchilarning atrof-muhit va ekologik tadqiqot faoliyatiga qiziqishini oshirish va bu
boradagi ilmiy-amaliy loyihalarda ishtirokini ta’minlagan holda, ularda amaliy ko‘nikmalarni
shakllantirish va tajribalarni egallash uchun zarur bo‘lgan barcha omillardan maqsadli
foydalanish;
|
| |