|
Foydalanish texnologiyasi10
th
- International Conference on Research in Humanities, Applied Sciences and Education
Hosted from Berlin, Germany
https://conferencea.org Jan. 30
th
2023
19
O‘rta Osiyo mutafakkirlarining ekologik mazmundagi hikoya, o‘git, nasihat, hamda
ilmiy xulosalari bilan tanishish asosida ularning boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga tabiiy
bilimlarni berish borasidagi imkoniyatlarini aniqlash;
boshlang‘ich sinflarda “Tabiiy fanlar” o‘quv dasturi, darsliklar va o‘quv rejalarini
o‘rganish jarayonida uning mazmun mohiyatiga ko‘ra O‘rta Osiyo mutafakkirlarining
ekologik qarashlari bilan o‘quvchilarni tanishtirish uchun maqbul mavzularni belgilash;
tabiiy fanlarni o‘qitishda O‘rta Osiyo mutafakkirlarining ekologiyaga oid g‘oyalaridan
uzluksiz, izchil va tizimli foydalanishga erishish;
tabiiy fanlarni o‘qitishda O‘rta Osiyo mutafakkirlarning ekologiyaga oid meroslaridan
foydalanishga qaratilgan didaktik jarayonni samarali shakl, metod va vositalar asosida tashkil
etish loyihalarni ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish[9].
Boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlarni o‘qitishda O‘rta Osiyo mutafakkirlarining
ekologiyaga oid meroslaridan foydalanish boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari faoliyatida muhim
o‘rin tutadi. Shu sababli tadqiqot ishini olib borish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari
tomonidan tabiiy fanlarni o‘qitishda O‘rta Osiyo mutafakkirlarining ekologiyaga oid
meroslaridan foydalanish darajasini aniqlovchi mezonlar ishlab chiqildi:
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari O‘rta Osiyo mutafakkirlarining ekologiyaga oid
meroslari majmui to‘g‘risida еtarli ma’lumotlarga egaliklari;
ularning tabiiy fanlar bo‘yicha tegishli mavzularni belgilash asosida o‘quv materiallari
mazmuniga O‘rta Osiyo mutafakkirlarining ekologiyaga oid meroslarini singdira olishlari;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari O‘rta Osiyo mutafakkirlarining ekologiyaga oid
meroslariga oid bilimlardan xabardorliklari [4].
Boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlarni o‘qitishda o‘rganilayotgan mavzu mazmuniga
muvofiq holda O‘rta Osiyo mutafakkirlari meroslaridan foydalanish o‘quvchilarda ekologik
tushunchalarni tizimli va to‘laqonli tarkib toptiradi. Umumta’lim maktablarida o‘quvchilarga
ekologik ta’lim- tarbiya berish jarayoni umumiy holda, maktabda o‘qitiladigan barcha o‘quv
fanlarining ekologiyaga oid mazmuni imkoniyatlariga bog‘liq mavzular mohiyatiga tayangan
holda, ikki yo‘nalishda olib borilishi maqsadga muvofiq[12].
Ekologik muammolarning tavsifiga ko‘ra boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlarni
o‘qitishda ekologiyani o‘qitishning o‘quv jarayonidagi tuzilishiga mos mantiqiy tabaqalanish
bosqichlarini ifodalash mumkin. Yuqorida ekologik muammolarning insoniyat ijtimoiy-
tarixiy taraqqiyoti mahsuli ekanligi va muammolarni bartaraf qilishga oid o‘quvchilarning
ekologik tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish (ekologik ta’lim-tarbiya) bilan bog‘liq
ekologik bilimlarni berish bosqichlarining pedagogik jihatdan asoslangan taxminiy tuzilishi,
mazmuni va ketma-ketligi keltirildi[5].
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini O‘rta Osiyo mutafakkirlarining ekologiyaga oid
meroslari bilan tanishtirishning pedagogik shart- sharoitlari muammosi ilmiy-pedagogik
adabiyotlarda, umumiy holda qisman o‘z ifodasini topgan, chunki boshlang‘ich sinf
|
| |