Foydalanish texnologiyasi




Download 362,33 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana14.02.2024
Hajmi362,33 Kb.
#156391
1   2   3   4   5   6   7   8   9
10
th
 - International Conference on Research in Humanities, Applied Sciences and Education
Hosted from Berlin, Germany 
https://conferencea.org Jan. 30
th
 2023 
18 
yuzida ekologik tang vaziyatli hududlarning keskin ko‘payishi, global ekologik inqiroz 
havfining real ekanligini o‘quvchilarga tushuntirish lozim[3]. 
O‘quvchilar tushunishlari lozimki, tabiatni muhofaza qilish hozirgi va kelgusi avlodning 
ehtiyojlarini hisobga olgan holda tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni 
saqlashdan iborat. Shu jihatdan o‘quvchilarga ekologiya va ekologik tushunchalar haqida 
ma’lumot beriladi.
Xususan, ekologiya hayot jarayonlarini o‘ziga xos metodlarda tadqiq qiladigan mustaqil 
fan hisoblanadi. Ekologiyaning ijtimoiy hayot bilan bevosita bog‘langan tarmoqlari ham 
rivojlanmoqda. Shu bilan birgalikda turli fanlardan ekologik muammolar jihatlari o‘rganiladi. 
“Ekologiya” tirik organizmlarning (har qanday ko‘rinishdagi, barcha darajada uyg‘unlashgan) 
hayot faoliyati qonuniyatlarini ular hayotida kechadigan tabiiy muhitning inson omili ta’sirida 
yuzaga keladigan holatni o‘rganadigan fandir. 
Shunday ekan, tabiat qonunlarining muvozanatini buzmaslik kerak. Demak, yoshlarga, 
kelajak avlodga bolalikdan tabiatga mehr-muruvvatli bo‘lish tuyg‘ularini singdirib borish 
lozim.
Ekologik ta’lim-tarbiyaning asosiy maqsadi yosh avlodda atrof- muhitga ongli 
munosabatni shakllantirishdan iborat. Ekologik tushunchalar o‘quvchilarni tabiatni asrab-
avaylashga, uni sevishga, unga oqilona munosabatda bo‘lishga, o‘z maktabi, o‘zi yashab 
turgan oilasi, mahallasi, qishloq va shahrini ozoda saqlashga, uni ko‘kalamzorlashtirishga, 
mevali bog‘lar yaratishda o‘z hissalarini qo‘shishga, hayvonot dunyosiga g‘amxo‘rlik 
qilishga, qo‘ying-ki, еr, suv, havoning musaffoligiga erishish misolida atrof-muhitni, butun 
nabotat dunyosini e’zozlashga qaratilgan[10]. 
Bu esa o‘z navbatida o‘quvchilarga ekologik ta’lim-tarbiyani berish bilan birga uning 
ekologik madaniyatini shakllantirishni ham taqozo etadi. Ekologik tushuncha yosh avloddan, 
umuman, insondan tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish bilan birga vaziyatni 
sog‘lomlashtirish, ekologik havfsizlikni ta’minlashni, inson va tabiat o‘rtasidagi uyg‘un 
munosabatlarga oid milliy va umumbashariy tajribalarni o‘rganishni va hayotga tadbiq 
qilishni, tabiatning yanada go‘zallashuvi, gullab-yashnashi uchun hissa qo‘shishini taqozo 
etadi. Bu faoliyat debochasi esa bolalikdan boshlanadi. 
Boshlangich sinflarda tabiiy fanlarni o‘qitishda O‘rta Osiyo mutafakkirlarining 
qarashlaridan foydalanish uzluksiz, izchil va tizimli amalga oshirilsa, boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilari tomonidan ekologik bilimlarni o‘rganishga nisbatan qiziqish yuzaga keladi. 
Mazkur jarayonda O‘rta Osiyo mutafakkirlarining ekologiyaga oid qarashlaridan 
foydalanishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tomonidan ekologik 
bilimlarni O‘rta Osiyo mutafakkirlarining bu boradagi meroslari asosida o‘zlashtirishga 
bo‘lgan qiziqishlarini o‘rganish; 



Download 362,33 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 362,33 Kb.
Pdf ko'rish