|
Foydalanish texnologiyasi10
th
- International Conference on Research in Humanities, Applied Sciences and Education
Hosted from Berlin, Germany
https://conferencea.org Jan. 30
th
2023
22
hali ham barham topmaganligi ekologik muvozanatni buzishga, ekotizimlarni yo‘q qilishga
asos bo‘lib qolmoqda. Biror kishining ekologik ongni shakllantirish uchun, insonning
qarashlari va g‘oyalarini butunlay qayta qurish zarur, chunki u o‘zlashtirgan ekologik
me’yorlar bir vaqtning o‘zida uning tabiatga nisbatan xatti-harakatlarining me’yorlariga
aylanadi[11].
Albatta bu jarayon boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tafakkurni shakllantirishda
O‘rta Osiyo mutafakkirlari merosidan foydalanishga turtki beradi. Ushbu ong bilimlarni
mantiqiy qayta ishlash asosida o‘sadi, bilimlarning e’tiqodga aylanishi uchun zamin bo‘lib
xizmat qiladi. Biroq ekologik ta’lim-tarbiya darajasining o‘sishi o‘z-o‘zidan yuqori ekologik
ongni keltirib chiqarmaydi, chunki olingan bilimlardan kelib chiqadigan impulslarni shaxsiy
salbiy fazilatlar: passivlik, befarqlik, mas’uliyatsizlik, zaiflik keltirishi mumkin.
Ta’kidlash joizki, o‘quvchilarning atrof-muhit va tabiat bilan o‘zaro munosabatlarini,
psixologik jihatlarini o‘rganib, ekologik muammolarni hal qilish, yangi texnologiyalarni
ishlab chiqish bilan bog‘liq masalalarni emas, balki o‘quvchilarning xulq-atvorini
o‘zgartirishga e’tibor qaratish lozimdir. Ta’bir joiz bo‘lsa aytish mumkinki, ekologik inqiroz
insonning yangi haqiqatga yomon moslashishi natijasidir.
Ammo o‘quvchi yoshlarning bu masaladagi qarashlarini o‘zgartirishdan oldin, uni
ijtimoiy-psixologik faktorlarini ilmiy-amaliy jihatdan o‘rganish zarur. Bu muammoni echish
ekopsixologiya va ekologik ong masalasiga jiddiy e’tibor qaratishimizni taqozo etadi. Atrof-
muhitda mas’uliyatli harakat qilish istagi va qobiliyati o‘qituvchilardan o‘quvchi shaxsini
shakllanishiga, uning ehtiyojlari va motivlariga e’tibor berishni talab qiladi. O‘z navbatida
o‘quvchi shaxsini shakllantirish yangicha dunyoqarash, mustahkam e’tiqod, zamonaviy
ideallar, qiziqishlar, moyillik hamda milliy qadriyatga vorislik hissini yuzaga keltirish va
mustahkamlash asosida amalga oshadi. Bu jarayonlar har ikki tomondan ham barcha faoliyat
turini ongga bo‘ysundirilganligini taqozo etadi.
O‘quvchilarda ekotizim ob’ektlari bilan hissiy munosabatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sodir
bo‘lishi ya’ni, ularning idrokida aks etishini ichki sezgi orqali namoyon bo‘lish tizimini
vujudga keltirish lozim. Bu boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tafakkurni
shakllantirishda O‘rta Osiyo mutafakkirlari merosidan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan
bilimlarni o‘zlashtirish, idrok etish va o‘zini o‘zi boshqarish funksiyasini belgilab beradi:
tajribani o‘zlashtirish funksiyasi, jamiyat manfaati uchun, umuman insoniyatga tegishli
bo‘lgan barcha narsaning har bir kishi unga berilgan imkoniyat deb qarashi;
idrok etish funksiyasi, dunyoni ongli aks ettirish, tashqi ma’lumotlar oqimini
individualligini mos ravishda tartibga solish, unga nisbatan munosabatlar tizimini ishlab
chiqish;
o‘z-o‘zini boshqarish funksiyasi, shaxsni jamiyatdagi katta va kichik guruhlar va atrof-
muhit bilan umumiy birlik tizimi asosida bog‘lash istagi hamda tashqi dunyo bilan o‘zaro
aloqa o‘rnatish qobiliyatini qaror toptirish[18].
|
| |