Foydalanish texnologiyasi




Download 362,33 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana14.02.2024
Hajmi362,33 Kb.
#156391
1   2   3   4   5   6   7   8   9
10
th
 - International Conference on Research in Humanities, Applied Sciences and Education
Hosted from Berlin, Germany 
https://conferencea.org Jan. 30
th
 2023 
21 
Bir so‘z bilan aytganda tabiat bilan muloqotda axloq normalariga tayangan holda 
yondashuvni tavsiya etgan. Sharq madaniyatida tabiat qiymati inson qadriyatidan ustun turadi. 
Insonning ichki va tashqi faoliyati tabiatga moslashishni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, o‘z-
o‘zini tarbiyalash, irodasini boshqarish, emotsiyalarga berilmaslik, oqillik va donolikni 
tafakkur etish va o‘zini tutishga qaratilgan. Inson bu erda uning tabiatdan ajratilgan maxsus 
komponenti sifatida qabul qilinmaydi, aksincha uning bir bo‘lagi va rivojlantiruvchi omil 
sifatida singdirilgan. 
Keyingi, 
bosqichda 
qishloq 
xo‘jaligining 
asta-sekinlik 
bilan 
o‘sishi, 
hunarmandchilikning rivojlanishi, oddiy tovar ishlab chiqarishining paydo bo‘lishi bilan 
bog‘liq bo‘lgan holda, sanoat inqilobining ilmiy-texnik taraqqiyoti, texnogen sivilizatsiyaning 
bosqichma-bosqich shakllanishi oqibatida insonning texnikaviy tafakkur kuchi tabiat 
kuchlaridan ustun kelishga olib kelgan holda ushbu taraqqiyot natijasi o‘laroq inson o‘zini -
o‘zi yo‘q qilish jarayoniga ham yo‘l ochdi. 
Mazkur jarayonlarning oldini olish maqsadida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida 
ekologik tafakkurni shakllantirishda O‘rta Osiyo mutafakkirlari merosidan foydalanish va 
amalga oshirishning tashkiliy va ilmiy-uslubiy jihatlarini zamonaviy ta’lim 
texnologiyalariga muvofiq tarzda ishlab chiqishni taqozo etmoqda. 
Dunyoga kelib farzand ko‘rish, imorat qurish, nihol ekib bog‘ yaratish, ota-
bobolarimizdan qolgan nasliy an’ana, ezgu tilak va qutlug‘ insoniy burchdir. Shuni alohida 
shukronalik bilan ta’kidlash lozimki, xalqimiz tarixning mashaqqatli sinovlari osha o‘zining 
ana shu oliyjanob xislat-fazilatli an’analariga zavol еtkazmay saqlab kelmoqda. Ajdod-
avlodlarimiz o‘z nasllarini umumbashariy tuyg‘ular, o‘lmas Sharq falsafasi, milliy 
qadriyatlarimiz ruhida tarbiya qilib kelganlar.
Insonning kuch va qobiliyatlarini tahlil etganda, u uchga bo‘linadi: jismoniy, aqliy va 
axloqiy. Shunga binoan, insonning bu kuch-qobiliyatlarining taraqqiysi, yuksalishini ta’min 
etadigan tarbiya ham uch qismga ajraladi, bular badan tarbiyasi, aql tarbiyasi, axloq 
tarbiyasidir.
Ekologik ta’lim-tarbiyaning mohiyati, g‘oyaviy mazmuni, uning qonuniyatlari, 
samaradorlik shartlari, ekologik ta’lim-tarbiya mezonining falsafiy va madaniy kontekstini 
samaradorlik omillari orqali ishlab chiqish kun tartibidagi masalalardan biri bo‘lib 
qolmoqda[6]. 
Ekologik ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy innovatsion yondashuv tizimi joriy 
etilsa, insoniyat tabiat, atrof-muhit va kosmos bilan ob’ektiv zarur darajadagi aloqadorlikka 
erishish va o‘zaro uyg‘unlikni shakllantirish mumkin. Tabiat bilan uyg‘un yashash, inson 
uning bir bo‘lagi, degan tushuncha va gumanistik g‘oyalarni singdiruvchi ta’limning dasturiy 
tizimi bugungi kunda o‘zini oqlamayotgandek, nazarimizda. Tabiiy resurslar haqidagi 
noto‘g‘ri tushunchalarning paydo bo‘lganligi, tugab - bitmas manba degan yondashuvni 
ustunlik qilishi va tabiiy elementlarning odamga xayolan bo‘ysundirishga bo‘lgan intilishning 



Download 362,33 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 362,33 Kb.
Pdf ko'rish