Foydalanish texnologiyasi




Download 362,33 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana14.02.2024
Hajmi362,33 Kb.
#156391
1   2   3   4   5   6   7   8   9
10
th
 - International Conference on Research in Humanities, Applied Sciences and Education
Hosted from Berlin, Germany 
https://conferencea.org Jan. 30
th
 2023 
20 
o‘quvchilarida ekologik tafakkurni shakllantirish hozirgi ijtimoiy vaziyatda muhim ahamiyat 
kasb etmoqda[7]. 
Mavjud tadqiqot ishlari bilan tanishish shundan dalolat beradiki, O‘rta Osiyo 
mutafakkirlari o‘z asarlarida yoshlarga ekologik mazmundagi fikrlarni singdirishga katta o‘rin 
bergan. Ular yashagan o‘rta asrda ham tabiat va inson o‘rtasidagi munosabatlar doimiy 
sur’atda kun tartibida bo‘lgan. Mutafakkirlarninig ekologik qarashlarida еr, suv, havo va 
boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalasi o‘z ifodasini topgan bo‘lib, ular 
o‘quvchilarda ekologiyaga oid tushunchalarni shakllantirishda asosiy ko‘rsatkichlardan biri 
sifatida pedagogik imkoniyatlarga ega bo‘lgan. 
O‘rta Osiyo mutafakkirlarining ekologiyaga oid fikrlarini o‘quvchilarga singdirish 
orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida, shuningdek, milliy dunyoqarashning shakllanishiga 
ham erishiladi. Tadqiqotni olib borish jarayonida O‘rta Osiyo mutafakkirlarining boshlang‘ich 
sinf o‘quvchilari tomonidan samarali qabul qilinishi mumkin bo‘lgan ekologiyaga oid 
meroslaridan iborat majmuaning shakllantirilishiga alohida e’tibor qaratiladi. 
Markaziy Osiyo xalqlari orasida o‘zbek xalqining avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan 
ekologik ta’lim-tarbiyasi tahsinga sazovordir. Bu davrlarda ajdodlarimiz farzandlariga oilada 
tug‘ilgandan boshlab tejamkorlik xislatlarini, uvol qilmaslik xususiyatlarini hamda tabiat 
unsurlari bo‘lmish suv, tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosidan faqat samarali foydalanishni 
o‘rgatishar, ongiga singdirishar edi. Ekologik ta’lim-tarbiya mazmunini takomillashtirish, 
uning sifat va samaradorligini oshirishda mazkur jarayonga milliy qadriyatlar g‘oyalari, shu 
jumladan, O‘rta osiyo mutafakkirlarining ekologik meroslarini singdirish muhim ahamiyat 
kasb etadi[2]. 
G‘arb va Sharq mutafakkirlari hamda dunyoqarashidagi tafovutlarning shakllanishi 
kishilik sivilizatsiyasi taraqqiyotiga borib taqaladi va bir-biriga zidligi haqida mulohaza 
yuritish mumkin. G‘arb insonlari ilohiy ijod harakatlarini davom ettirib, o‘zlarini tabiatning 
maxsus ma’naviylashgan qismi sifatida e’tirof etgan holda, atrofdagi olamni o‘zgartirishga va 
uning insonga bo‘ysundirilishiga doimiy harakatda bo‘lib, tabiiy jarayonlarga maksimal 
darajada aralashgan holda ta’sir o‘tkazib kelishga harakat qilingan. Sharqda tabiat va inson 
munosabati ratsional va axloq normalariga bo‘ysundirilgan bo‘lib “Ona tabiat” degan nom 
bilan ulug‘langan va qadriyat sifatida baholangan. 
Xususan, Hindlarning “Mahobxarat”, Xitoyning “Konfutsiy” ta’limoti, Markaziy 
Osiyoning qadimiy manbasi “Avesto”, islom olamining muqqaddas kitobi “Qur’oni 
Karim”da, Imom Buxoriy, at-Termiziy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Abu ibn Sino, 
Mahmud Koshg‘ariy, Yassaviy, Naqshbandiy, Alisher Navoiy va boshqa qator allomalarning 
ilmiy ijodi va asarlarida tabiat insoniyatni eng oliy manbasi sifatida ulug‘lanib, uni qadrlash, 
avaylab-asrash, yashash va tiriklik asosi, sog‘lom turmush va fikr, yashnash va yosharishning 
manbai sifatida e’tirof etishgan. 



Download 362,33 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 362,33 Kb.
Pdf ko'rish