Foydalanish texnologiyasi




Download 362,33 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana14.02.2024
Hajmi362,33 Kb.
#156391
1   2   3   4   5   6   7   8   9
10
th
 - International Conference on Research in Humanities, Applied Sciences and Education
Hosted from Berlin, Germany 
https://conferencea.org Jan. 30
th
 2023 
24 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tafakkurni shakllantirishda O‘rta Osiyo 
mutafakkirlari merosidan foydalanishda umumta’lim maktablarida olib borlayotgan dasturiy 
va qo‘shimcha ta’limni tashkil etish yuzasidan mavjud nomuvofiqligini bartaraf etish, bugungi 
kun talablaridan kelib chiqib, bu jarayonni muvofiqlashtirishning optimal variantini ishlab 
chiqish[16]; 
jamiyatda ekologik ta’lim-tarbiyani tashkil etishning ijtimoiy sherikchilik asosida xalq 
ta’limi muassasalari qoshida amaliy yordam va metodik qo‘llab-quvvatlash bilan 
shug‘ullanadigan muvofiqlashtiruvchi hududiy markazni tashkil etish; 
hududiy ekotizimni barqarorlashtirishga xizmat qiladigan ekologik loyihalarini ishlab 
chiqish va amalga oshirish jarayonida iqtidorli o‘quvchilarni jalb etish hamda mavjud tabiiy 
resurslaridan maqsadli foydalanish yuzasidan dasturlarini davlat va jamiyat manfaatidan kelib 
chiqqan holda yoshlar ongi va tafakkuriga mos holda yaratish[15]; 
hududiy ekologik dasturlar doirasida amaliy ekologik tadqiqotlar o‘tkazish uchun 
ta’lim muassasalarining instrumental-analitik, uslubiy, moddiy-texnik bazasini yaratish va 
rivojlantirish masalalarini ishlab chiqish. 
Shunday qilib, O‘rta Osiyo mutafakkirlarining ekologiyaga oid meroslari mazmuni 
bilan tanishish ularning boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlarni o‘qitishda foydalanish 
mumkinligini ko‘rsatdi. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish esa boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchilarining ulardan qay darajada xabardorliklari hamda dars jarayonida ularni qo‘llay 
olishlariga bog‘liqdir[14]. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tafakkurni shakllantirishda O‘rta Osiyo 
mutafakkirlari merosidan foydalanishda, motivasiya va ijodiy faoliyat orqali ularning shaxsiy 
fazilatlarini 
shakllantirish, 
shuningdek, 
tabiat 
hodisalari 
o‘rtasida sabab-oqibat 
munosabatlarini o‘rnatish, tabiatni his qilish qobiliyatini rivojlantirish, ekologik bilimlarni 
shakllantirish, va bunyodkorlik hissini qaror toptirish, atrofdagi narsa va hodisalar 
o‘zgarishlarini tahlil qilish, hamda tabiiy hodisalarni tahlil qilish va oqibatlarini 
umumlashtirishdan iborat [13]. 
Atrof-muhitni rivojlantirish samaradorligini oshirish texnologiyalaridan biri bu 
kognitiv materialni to‘g‘ri tanlay olishi va amaliyotda qo‘llashdir. Ishning ta’lim - tarbiya 
bilan bog‘liqligi hamda ishlab chiqarish sohasidan farqlanuvchi jihatini hisobga olgan holda 
asoslash mumkin. 
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, O‘rta Osiyo mutafakkirlarining ekologiyaga oid 
meroslarini o‘rganish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tabiatni avaylab asrash, 
tabiiy resurslarni kelajak avlodlarga еtkazish zarurligi haqidagi tushunchalar shakllanadi. 



Download 362,33 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 362,33 Kb.
Pdf ko'rish