• Javlon Yo’ldoshev Nukus davlat pedagogika instituti magistranti Sanjar Yo’ldoshev
  • Ananaviy yondashuv.
  • Ixtiyorbek Norov "Science box"




    Download 0,85 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana31.05.2024
    Hajmi0,85 Mb.
    #258641
      1   2
    Bog'liq
    40-47



    40 
    ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA DARS 
    TASHKIL QILISH 
     
    Ixtiyorbek Norov
    “Science box” ilmiy markazi direktori, 
    mustaqil izlanuvchi 
     
    Javlon Yo’ldoshev
    Nukus 
    davlat 
    pedagogika 
    instituti 
    magistranti 
     
    Sanjar Yo’ldoshev
    Nukus davlat pedagogika instituti Turkiy 
    tillar fakulteti talabasi
     
    Annotatsiya:
    An’anaviy ta’lim mamlakatimizning o‘quv yurtlarida keng tarqalgan, 
    uning turli jihatlari pedagogika, metodika fanlarida ishlab chiqilgan, katta tajriba 
    to‘plangan.
    Kalit so’zlar:
    An’anaviy ta’lim, pedagogik texnologiyalar, zamonaviy metodlar, milliy 
    g’oya. 
    Milliy mustaqillik qo‘lga kiritilishi bilan istiqbol yo‘llarimiz, milliy
    g‘oya va mafkuramiz aniq qilib belgilab olindi. Biz o‘z ta‘limi-tarbiyaviy 
    maqsadimiz va vazifalarimiz, uni amalga oshirish dasturlarimizni belgilab 
    oldik. Prezidentimizning ma‘naviy mafkuraviy, barkamol avlodni voyaga 
    etkazish borasida bir qator asarlarida ushbu yo‘nalishdagi davlat siyosati 
    ustivor masala ekanligi bir necha bor ta‘kidlab o‘tiladi. Bobokalonlarimizning
    azaliy orzulari, milliy va umumbashariy qadriyatlari, ma‘naviy yodgorliklar 
    zamonaviy pedagogikaning maqsadi va vazifalarini shakllanishiga asos 
    bo‘lmoqda. Pedagogika fani va amaliyotida turli yondashuvlar qo‘llaniladi. 
    Bulardan biri an’anaviy yondashuv. 
    An'anaviy yondashuv.
    Uning asosiy xususiyati-o‘qituvchi ma‘lum 
    axborotni, gapirib beradi, tushuntiradi, talaba esa bu blimni xotirasida saqlaydi.
    “Bilim” tushunchasi xotirada saqlanadigan axborot ma‘nosida tushuniladi.
    Tulabada bilim bor-yo‘qligi imtihonda shu axborotga doir berilgan savolga
    yoddan bergan javobiga qarab aniqlanadi. Bunda bilim degani asosan esda 
    qoldirishning natijasidir, u ko‘pina yuzaki bo‘lshi ham mumkin. Bunday bilim 
    xotirada uzoq saqlanmaydi. Talaba savol berilganda eslashi ba‘zan eslay 
    olmasligi ham mumkin. 


    41 
    An’anaviy o‘qitish usulida ta‘lim maqsadi dastur talabiga binoan aniq 
    ifodalanmaydi, talabaning o‘zlashtirish darajasi, sifati haqida muallim aniq 
    tasavvurga ega bo‘lmaydi. 
    An’anaviy ta’lim mamlakatimizning o‘quv yurtlarida keng tarqalgan, 
    uning turli jihatlari pedagogika, metodika fanlarida ishlab chiqilgan, katta
    tajriba to‘plangan. An‘anaviy ta‘lim usulini takomillashtirish sohasida
    izlanishlar davom etayotir. Lekin uning ob’ektiv imkoniyatlari cheklangan.
    Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlar, tez
    sur‘atlar bilan rivojlanayotgan fan –texnika talablari-ta’lim usuli bilan 
    jamityaning raqobatbardosh, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, barkamol 
    avlodni shakllantirishga bo‘lgan ehtiyoji o‘rtasida nomutanosiblikni vujudga 
    keltirdi. Uni ta‘limda boshqa yangi yondashuvlarni qo‘llash yo‘li bilan hal
    etishh lozim. 
    An’anaviy ta‘lim bir qator salbiy tomonlari mavjud. Ba’zan yosh
    o‘qituvchilar va amaliyotga chiqqan talabalar faoliyatida darsni rejalashtirish 
    sohasida xatolarga yo‘l quyilganligining guvohi bo‘lamiz. Yosh o‘qituvchilar va 
    talabalar faoliyatida yo‘l qo‘yilayotgan xatolarni quyidagi guruhlarga bo‘lish 
    mumkin: 
    1. Maqsadda aniqlikning yo‘qligi. Ya’ni talabalar aslida nima qilishhlari va 
    nimani o‘rganishhlari aniq belgilanmaydi. 
    2. Ta’lim maqsadining talabalari darsning natijasi bilan to‘g‘ri kelmagan 
    hollar bo‘ladi. 
    3. O‘rganishh uchun tavsiya qilingan materiallar darsning maqsadiga to‘g‘ri 
    kelmaydi. 
    4. O‘qituvchi berayotgan yo‘llanmalar talabaning darsda bilimlarni samarali 
    o‘rganishhini ta‘minlamaydi. 
    5. Dars rejasida ko‘rsatilgan talablar dars maqsadini amalga oshirishning 
    samarali vositasi bo‘la olmaydi. 
    Umuman tuzilgan rejalar qayta ko‘rib chiqilishhi va xatolarni bartaraf 
    etishh ustida ishlanishi lozim. 
    Dars rejasi sizni va sizning talablaringizni ma‘lum natijalarga 
    erishishingizga asos bo‘lishi lozim. Darsni shunday rejalashtirish lozimki uni
    boshqacha yo‘l bilan amalga oshirishga o‘rin qolmasin. O‘qituvchi mahorati 
    darsni aniq rejalashtirishda o‘z aksini topadi. Darsni shunday rejalashtirish 


    42 
    lozimki, unda nima qilinishi mo‘ljallanayotganligini aniq o‘z aksini topsin va 
    boshqacha reja tuzish mumkinligiga o‘rin qolmasin.
    An’anaviy o‘qitish asosan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashti­rishga 
    qaratilgan bo‘lib, shaxsning rivojlanishini ko‘zda tutmaydi. 
    An’anaviy o‘qitish asosini, Y.A.Komenskiy tomonidan tuzilgan pedagogika 
    tamoyillari tashkil etadi: 
    - ilmiylik; 
    - tabiatga monandlik (o‘qitish rivojlanish bilan belgilanadi va shakllanmaydi); 
    - uzviylik va tizimlilik; 
    - o‘zlashtiruvchanlik (ma’lumdan noma’lumga, soddadan murakkabga); 
    - mustahkamlash (takrorlash, takrorlash …) 
    - onglilik va faollik; 
    - nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi; 
    - yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olish. 
    An’anaviy o‘qitish quyidagi xususiyatlarga ega: zo‘ravonlik pedagogikasi
    o‘qitishning tushuntiruv-ko‘rgazmali usuli, ommaviy o‘qitish. An’anaviy 
    o‘qitishda avtoritarlik quyidagi shaklda namoyon bo‘ladi: o‘quvchi bu hali to‘la 
    shakllanmagan shaxs, u faqat bajarishi zarur, pedagog esa - bu sardor hakam, 
    yagona tashabbuskor shaxs (3.1.-rasm). 
    Mumtoz an’anaviy «sinf-dars» tizimi - bu bayon etishning ma’ruzaviy usuli 
    va kitob bilan mustaqil ishlashni o‘z ichiga oladi (didaxografiya). 
    Zamonaviy an’anaviy o‘qitish esa, o‘qitishning texnik vositalarini qo‘llab, 
    didaxografiyadan foydalanishdan iborat bo‘ladi. Shaxsga yo‘naltirilgan 
    texnologiyalarda, o‘quvchi shaxsi pedagogik jarayon markaziga qo‘yiladi, uning 
    rivojlanishiga va tabiiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga qulay shart-sharoitlar 
    yaratiladi. 
    Ko‘zlangan maqsadga erishish uchun uzluksiz ta‘lim tizimi tubdan isloh
    qilinmoqda. Ta‘lim jarayoniga tabaqalashtirilgan yondashuv, o‘quvchilarni turli 
    kasb-xunar kollejlari, akademik litseylarda taxsil olishlarini ta‘minlash zamonaviy
    pedagogika fani oldiga yuksak vazifalarni qo‘ymoqda. Masalan, ushbu o‘quv 
    muassasalari uchun davlat ta‘lim standartiga muvofiq keluvchi o‘quv dasturlarini 
    va darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarini yaratishh bugungi kun talablariga javob 
    bermog‘i lozim. Har biri turli variantlarda bo‘lsagina, maqsadga to‘g‘ri xizmat 
    qila oladi. 


    43 
    O‘quv –tarbiya jarayonlarini tashkil etishhda ham an‘anaviy usullardan farqli 
    o‘laroq, yangicha pedagogik yondashuvlarni o‘zlashtirish va ta‘lim jarayonida 
    qo‘llash zamon talabidir. Milliy dasturda bu masalaga alohida e‘tibor berilgan. 
    Ilgaridan loyihalashtirilgan ta’lim – tarbiya jarayonining pedagogik 
    texnologiyasi o’zida metod va usullar tizimini, ta’limning metodik usullarini, 
    o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikda faoliyat ko’rsatish imkoniyatlari va 
    vositalarini, o’quvchilarning ijobiy shaxsiy sifatlarini rivojlantirish maqsadini, 
    yakuniy natijalarga erishishni kafolatlaydi. 
    Yangi pedagogik texnologiyalarni tuzishda an’anaviy ta’lim va tarbiya metod 
    va usullaridan qanday foydalanish mumkin. O’zbekiston Prezidenti Islom 
    Karimovning “Yangi uyni qurmasdan eskisini buzmaylik” iborasi ta’lim tizimiga 
    ham bevosita taalluqlidir. O’quvchilar bilan an’anaviy o’qitish usulida bevosita 
    aloqa, og’zaki so’rov, yozma ishlar olish, insho olish, mustaqil ishlar, rasm chizish, 
    chizmachilik, amaliy ishlarni qog’oz, yog’och, yung, metall, plastmassa 
    materiallaridan tayyorlash, she’r, monologlarni og’zaki bayon etish va boshqalarni
    albatta, ta’lim texnologiyasi metod va usullari bilan qo’shib foydalanamiz. Chunki 
    har qanday interfaol usulini olib qarasak, (“Munozara”, “Klaster”, “Ajurli arra” 
    yoki “Kichik guruhlar”da ishlash), hammasi an’anaviy ta’lim metod va usullarini 
    qo’llashni talab etadi. Bu fikrimizning isbotini o’quv qo’llanmaning uchinchi 
    qismida guvoh bo’lasiz. 
    Hozirgacha o’qituvchi – pedagoglarimiz tomonidan foydalanib kelingan va 
    hozir ham darsda foydalanishga aksariyat o’qituvchilar qo’llayotgan an’anaviy 
    metod va usullar haqida qisman to’xtalamiz: 
    O’quv jarayonining sifati ko’p omillarga bog’liq bo’lib, ular orasida 
    o’qitishning usul va metodlari hal qiluvchi ahamiyatga ega. Metod va usullar 
    o’quvchilar tomonidan bilimlarni ongli va chuqur o’zlashtirishiga, ularda 
    mustaqillik va ijodiy faollikning rivojlanishiga yordam beradi. O’qitish metod va 
    usullarini tanlashda o’qitiladigan fanning xarakteri, bolalar va talabalarning yoshlik 
    xususiyatlari, tayyorgarlik darajasi va boshqalar hisobga olinadi. 
    Ta’lim metodlari va usullarini tanlash o’qituvchi tomonidan darsda hal 
    qilinishi mo’ljallangan masalaga bog’liq bo’ladi. Ya’ni yangi materialni bayon 
    etishda bir xil metod va usul qo’llanilsa, uni mustahkamlashda boshqa xil usul, 
    mavzuni umumlashtirishda yana boshqa xil metodlar qo’llaniladi. Darsning turli 
    bosqichlarida puxta o’ylangan va samarali usullar va metodlarni tanlash juda 
    muhimdir. 


    44 
    Shunday qilib, o’qitish metodi o’qituvchi va o’quvchilar nazariy hamda 
    amaliy bilish faoliyatining ta’limiy vazifalarini bajarishga qaratilgan yo’lidir. 
    An’anaviy o’qitish metodlarini bilish manba’lari bo’yicha quyidagi uch 
    guruhga bo’linadi: 
    Og’zaki metodlar (bilimlarni so’z bilan bayon qilish, suhbat, darslik 
    ma’lumotnoma va ilmiy adabiyotlar bilan ishlash). 
    Ko’rsatmali metodlar (rasmlar, namoyishlar, kuzatishlar). 
    Amaliy metodlar (mashqlar, labaratoriyadagi, maktab tajriba yer 
    uchastkasidagi amaliy ishlar). 
    Har bir o’qitish metodining o’z vazifasi bor. O’qitish metodlarining 
    rag’batlantiruvchi (motivlashgan), ta’limiy, tarbiyaviy va kamol toptiruvchi 
    umumpedagogik vazifalarni bajaradi. 
    Biz o’qitish metodlarini sanash orqali o’qitish metodlaridan I. Yangi 
    bilimlar berish metodi haqida to’xtalmoqdamiz. Bu metod o’z vazifasiga ko’ra 
    tushuntirish, hikoya, maktab ma’ruzasi kabi metodlar yig’indisidir. Quyida shu 
    metodlarning har birini alohida ko’rib chiqamiz. 
    Tushuntirish ayrim tushunchalar, voqealar, harakat prinsiplarini og’zaki talqin 
    etishdir. Bu metodni qo’llash uchun avvalo o’qituvchi yangi materialni o’tishda 
    o’qitadigan o’quv predmetining ilmiy mazmunini chuqur bilishi, dars uchun zarur 
    materialni tanlay olishi va tushuntirishning samaradorligini belgilashi kerak. 
    Darsni qiziqarli, mazmunli bo’lishini, o’quvchi va talabalarning psixologik yosh 
    xususiyatlarini yaxshi bilishi, tushuntirishda diqqatini jalb eta olishi, 
    o’qituvchining nutqi yorqin, tushunarli bo’lishi zarur. 
    Og’zaki bayon qilish metodining keyingi usuli bu hikoyadir. Hikoya – xabar 
    shaklidagi yangi materialni yoritish usuli bo’lib, undan hamma sinflarda 
    foydalansa bo’ladi. Hikoya metodini qo’llashda uning g’oyaviy yo’nalishini 
    ta’minlash, yetarli miqdordagi yorqin va ishonarli misollar, dalillar, to’g’ri, 
    tekshirilgan ma’lumotlar berish, asosiy fikr va muhim jihatlar bayon qilinishi, 
    hikoya tushunarli, sodda tilda aytilishi, o’quv materiali yorqin ifodalanishi kerak. 
    Maktab ma’ruzalaridan asosan yuqori sinflarda foydalaniladi. Chunki ular 
    hikoyaga nisbatan uzoqroq davom etadi. Ma’ruza – bilimni so’z bilan ifodalash 
    uslublaridan biri sifatida beriladigan bilimlarni og’zaki bayon qilishni ko’zda tutib, 
    o’z 
    hajmining 
    kattaligi, 
    mantiqan 
    qurilishi, 
    obrazli 
    isbotlash 
    va 
    umumlashtirishning murakkabligi bilan hikoyadan ajralib turadi. 


    45 
    Ma’ruza davomida beriladigan bilimni og’zaki bayon qilish, uzoq vaqt 
    davomida o’quvchi – talabalarning diqqatini tutib turish hamda ularning fikrlashini 
    faollashtirish, dalillash, isbotlash, tasniflash, ta’riflar berish, tizimga keltirish, 
    umumlashtirish kabi pedagogik usullardan foydalaniladi. Ma’ruzalarga asosan 
    talaba va kollej, akademik litsey o’quvchilari jalb qilinadi. Umumta’lim 
    maktablarining yuqori sinf o’quvchilarini oliy o’quv yurtiga o’qishga tayyorlash 
    maqsadida ayrim fanlardan ma’ruzalar tashkil qilinadi. Ma’ruza rejasini aniq 
    o’ylab, uni texnologiyalashtirish zarur. Reja bandlarining barchasida, ularning har 
    birining maqsad, yakun va xulosalarini izchil bayon qilishda mantiqiy uyg’unlik 
    bo’lmog’i kerak. Ma’ruza shunday sur’atda o’qiladiki, talaba, o’quvchi 
    ma’ruzaning muhim joylarini yozaolsinlar. Shuning uchun ham o’qituvchi 
    ma’ruzaning yozib olinadigan joylarini aniq ajratishi, zarur bo’lsa yozib olishlarini 
    yengillashtirish uchun takrorlashi lozim. Ma’ruza zerikarli bo’lmasligi uchun 
    talabalarning fikrini faollashtirish maqsadida ma’ruza davomida muammoli 
    vaziyatlarni shakllantirish yaxshi pedagogik samara beradi. 
    Suhbat ta’limning keng tarqalgan usuli bo’lib, darsning istalgan bosqichida 
    qo’llanishi mumkin. Suhbatning bir necha xili mavjud bo’lib, ular yangi bilimlar 
    berishda, bilimlarni mustahkamlashda, olingan bilimlarni tekshirishda, o’tilgan 
    materialni takrorlashda qo’llanilishi mumkin. 
    Suhbat uslubi atroflicha o’ylangan savollar yordamida o’qituvchi bilan 
    talabalar orasidagi suhbatni ko’zda tutib, u o’quvchi yoki talabaning fikrlash 
    tizimini, yangi tushunchalar va qonuniyatlarni o’zlashtirishga olib keladi. 
    Suhbat uslubini qo’llaganda savollarni qo’yish (yo’naltiruvchi, qo’shimcha, 
    asosiy va h.k.z) talabalarning javob va mulohazalarini muhokama qilish, suhbatdan 
    chiqqan xulosalarni muhokama qilib, javoblarni tuzatish usullaridan foydalaniladi. 
    O’qituvchi mavzuni muhokama qilish uchun imkon beruvchi yordamchi, 
    yo’naltiruvchi savollardan foydalanishi mumkin. Shunday suhbatlar tashkil qilish 
    mumkinki, talabalar ilgari o’zlashtirgan bilimlarini eslaydilar, ularni tartibga 
    soladilar, umumlashtiradilar, xulosa chiqaradilar. Bunday suhbatlar asosan 
    tushuntirish xarakteriga ega bo’lib, oldin o’zlashtirgan bilimlarga suyanadi. 
    Talabalar xotirasini faollashtirishni nazarda tutadi. 
    Suhbat uslubiga tarkibiy qism bo’lib kiruvchi usullardan foydalanishda 
    o’qituvchining pedagogik nazokati yetakchi o’rin egallaydi. 
    Ayniqsa, yangi bilimlar berishda evristik suhbatdan foydalanish talabalarni 
    og’zaki savollar orqali mavzuni muhokama qilish uchun qo’llaniladi. Bunday 


    46 
    suhbat davomida savollar qisqa va aniq bo’lishi, talabaning fikrini uyg’otishi, 
    o’ylashga, tahlil qilishga, taqqoslashga majbur etishi, yangi hodisalarni ongli 
    ravishda tushunishga undashi kerak. 
    II. Ta’limning ko’rgazmali metodini shartli ravishda ikki guruhga bo’lish 
    mumkin: 
    ko’rgazmali usul; 
    namoyish etish usuli. 
    Ko’rgazmali usul talabalarga namoyish etiladigan qo’llanmalar – xarita, 
    plakat, doskadagi chizma va rasmlar, buyuk mutafakkirlarning surati va 
    boshqalarni ko’zda tutadi. Namoyish qilish uslubiga odatda, tajriba asboblari, 
    tajribalarning o’zi, shuningdek, diafilm, kinofilm ko’rsatishlarni ham kiritish 
    mumkin. Bu uslubni qo’llashda quyidagi usullardan foydalaniladi. Namoyish 
    etishni qo’llashda ko’rinishni to’liq ta’minlash, ko’rilgan voqea va hodisalarni , 
    natijalarni muhokama qilish zarur. Keyingi yillarda pedagogika amaliyotida 
    ko’rgazmali usul bir qator yangi vositalar bilan boyidi. Darsda o’quv 
    kinofilmlarini qo’llash ta’lim amaliyotida odatdagi hodisa bo’lib qoldi. Asosiy 
    o’quv kinofilmlarining ro’yxati, har bir fanning o’quv dasturiga kiritilgan. 
    Umumta’lim maktabi, kasb – hunar kolleji va litsey, hatto oliy o’quv yurtlari 
    uchun hamma fanlarga taalluqli bo’lgan ko’plab kinofilmlar yaratildi.(Namoyish 
    qilish uslubiga misol tariqasida biz tomonimizdan tayyorlangan “Tabiatshunoslik 
    darslarida ovozli o’quv kinofilmlaridan va diafilmlaridan foydalanish” o’quv 
    qo’llanmasini ko’rsatish mumkin. Toshkent, “O’qituvchi”, 1979 yil. Boshlang’ich 
    sinf o’qituvchilari uchun o’quv qo’llanma). Ta’limning ko’rgazmali uslublaridan 
    foydalanishning o’ziga xos xususiyati shundaki, ular so’z bilan ifodalash uslubi 
    bilan u yoki bu darajada uygunlashib ketadi. 
    III. O’qitishning amaliy metodlariga mashqlar, labaratoriya ishlari, maktab 
    tajriba uchastkasidagi ishlar kiradi. 
    Mashqlar deganda talaba va o’quvchilar bilimini mustahkamlash hamda 
    amaliy faoliyatda ularni qo’llanish malakalarini hosil qilish uchun topshiriqlarni 
    ko’p marta bajarishi tushuniladi. Har bir mashqni bajarish xarakteriga ko’ra 
    og’zaki, yozma, grafik va o’quv – mehnat mashqlariga ajratish mumkin. 
    Amaliy ko’nikma va malakalarni tarkib toptirishga mo’ljallangan o’quv 
    mashqlarini o’tkazishdan oldin ular mashq o’tkazilishi lozim bo’lgan mavzu 
    haqida to’liq bilimga ega bo’lishlari kerak. O’qitishning amaliy metodlarining 
    yana bir muhim turi – labaratoriya ishlaridir. Labaratoriya ishi deb, shunday 


    47 
    mashg’ulot turiga aytiladiki, bunda o’quvchi, talaba o’qituvchi rahbarligida yoki 
    mustaqil ravishda maxsus asbob – uskunalarda turli tajribalar, kuzatishlar va 
    o’lchashlar o’tkazadilar. Bunday mashg’ulotlar tabiiyot, umumtexnikaviy fanlarni 
    va maxsus texnologiyani o’rganishda qo’llaniladi. Labaratoriya ishlari maxsus 
    jihozlangan kabinetlarda, labaratoriyalarda, zarur asbob – uskunalarga ega bo’lgan 
    sharoitda o’tkazilishi mumkin. 
    Labaratoriya ishlarini bajarish vaqtida talabalar o’rganilayotgan obyektni 
    kuzatadilar, ularni miqdoriy va sifat xarakteristikalarini aniqlaydilar. Labaratoriya 
    ishlari nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun xizmat qiladi. 
    Albatta, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bizning fanimizga endigina kirib 
    kelmoqda. Aslida esa ta‘limga texnologik yondashuv masalasi rivojlangan 
    demokratik xorijiy davlatlard bundan 30-yillar muqaddam paydo bo‘lgan va ular 
    bu sohada katta yutuqlarni qo‘lga kiritgan. 
    Bugungi kunda biz pedagogika sohasidagi ilg‘or texnologiyalarni kengroq va 
    chuqurroq o‘zlashtirishimiz, ularni o‘z mintaqamizga mos holda qayta ishlab 
    chiqishimiz kerak bo‘ladi. Pedagogik texnologiya tushunchasiga hozirgi kunda
    turlicha ta‘riflar berilmoqda. Muhimi shuki, pedagogik texnologiya ko‘zlagan 
    maqsadga kafolatlangan natija sifatida erishishni ifodalovchi jarayondir. 

    Download 0,85 Mb.
      1   2




    Download 0,85 Mb.
    Pdf ko'rish