|
-MAVZU O’QITUVCHI MEHNATINI ILMIY ASOSDA TASHKIL ETISH
|
bet | 88/126 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 1,4 Mb. | | #142208 |
Bog'liq Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги15-MAVZU O’QITUVCHI MEHNATINI ILMIY ASOSDA TASHKIL ETISH
АСОСИЙ САВОЛЛАР
O’qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etishda pedagogik mahoratning roli
Ob’ektiv shaxsiy xususiyatlarning o’qituvchi mehnatiga
ta’siri
O’qituvchining ma’naviy dunyosi va umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan munosabati
Tayanch tushunchalar:
O’qituvchi mehnati; demokratik huquqiy jamiyat; pedagogik mahorat komponentlari; milliy mafkura; fanlar integratsiyasi; ijtimoiy foydali mehnat; kun tartibi; ob’ektiv shaxsiy xususiyatlar; iqtidor va qobiliyat; pedagogik texnika; bilim va ixtisoslik; o’qituvchining yosh xususiyatlari; o’qituvchining kasbiy turg’unligi; ijodkorlik; mehnatda faollik; umumbashariy qadriyatlar; pedagogik qadriyatlar; yuksak ma’naviyat; intellektual ong; o’qituvchi ijodiy mehnatining asosi.
O’qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etishda pedagogik mahoratning roli
Davlat va jamiyat hayotini modernizatsiyalash jarayonlarining harakatga keltiruvchi kuchi, O’zbekistonning bugungi va istiqboldagi izchil taraqqiyotining bosh omili bo’lgan insonning ma’naviyatini va kasbiy salohiyatini yuksaltirishda o’qituvchilarning tajribasi va mahoratini yanada takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. O’qituvchi bugungi kunda ta’lim va tarbiya berayotgan shogirdlarining kamoloti bilan mamlakatimiz kelajagiga ulkan poydevor qo’yadi. Demak, bugungi kun o’qituvchisi o’z ustida tinimsiz mehnat qiladigan, har tomonlama keng fikrlaydigan, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini samarali qo’llay oladigan ijodkor shaxsga, yoshlarning yuragiga chuqur kirib boradigan yuksak fazilatlar egasiga aylanishini hayotning o’zi taqozo etmoqda. Shu nuqtai nazardan, hozirgi kunda o’qituvchining pedagogik mahoratini yanada oshirish muammosi davr talabidir.
Demokratik huquqiy jamiyat qurish jarayonida o’qituvchining o’rni, vazifalari yosh avlodni tarbiyalash ishiga javobgarligi muhim ahamiyatga ega. Olib borilayotgan islohotlarning ijobiy natijalar berishini etuk va malakali mutaxassislar ta’minlaydi. Ularni voyaga etkazish, ta’lim–tarbiya berish o’qituvchiga yuklatilgan talablarning kun sayin ortib borishi, ularni hal etish vazifasi o’qituvchi mehnatini ilmiy asosda to’g’ri tashkil etilishiga bog’liq.
Hozirgi zamon o’qituvchisi o’z pedagogik mehnati jarayonida qator ta’lim–tarbiyaviy vazifalarni bajaradi. U ta’lim muassasasidagi o’quv jarayonining asosiy tashkilotchisidir. O’qituvchi ta’lim – tarbiya jarayonida hamda darsdan tashqari faoliyatda o’quvchilarning porloq kelajagi uchun javobgar shaxsdir. Ushbu ulkan mas’uliyat ijobiy natijalar berishi uchun o’qituvchi avvalo o’zining pedagogik mahoratiga tayanadi. Pedagogik mahorat shunday bir malakalar yig’indisidirki, uning natijasi o’qituvchi mehnatida va o’quvchilar xulqi, odobi, tarbiyasida, kelajakda etuk mutaxassis kadr bo’lib etishishida o’z aksini topadi. O’qituvchi o’zining qizg’in mehnati jarayonida pedagogik mahoratning quyidagi komponentlarini ma’lum darajada o’zlashtirishi lozim:
yoshlar psixologiyasiga oid bilimlarga ega bo’lishi;
nutq madaniyatining barcha turlari va metodlarini bilishi;
o’qituvchi qobiliyati (empatiya, pertseptiv, didaktik, konstruktiv, kommunikativ, anglash) ning mohiyatini anglashi;
aktyorlik mahorati (mimika, pantomimika, notiqlik san’ati)ni egallashi;
o’z kayfiyatini (hissiy psixik holat) boshqara olishi;
tarbiyalanuvchilar bilan muloqot va muomala madaniyatini o’zlashtirishi;
pedagogik texnika uslublarini o’z o’rnida qo’llay olish san’atiga ega bo’lishi.
Ushbu pedagogik mahorat komponentlari mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, ijtimoiy–iqtisodiy talablar mohiyatidan kelib chiqishi kerak. Milliy mafkura, umummilliy dastur talablari, urf–odat va an’analar pedagogik mahorat asosida tashkil etiladigan o’qituvchi mehnatning asosiy mohiyatida o’z aksini topishi kerak.
O’qituvchi mehnatining muvaffaqiyati va samarasi uni ilmiy jihatdan puxta tashkil etishga, mehnatni oqilona uyushtirishga ta’sir etadigan shart – sharoitlarga va mehnatni amalga oshirish yo’llarini to’g’ri belgilashga bog’liq. O’qituvchi mehnati doimo ijodkorlik bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun mehnatni amalga oshiruvchi o’qituvchi avvalo o’z mehnatini rejalashtirishda, o’zi puxta egallagan pedagogik mahoratiga va o’z ilmiga tayanishi lozim. Hozirgi axborot kommunikatsion texnologiyalarning taraqqiyoti davrida o’qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil qilish fan va texnika yutuqlarini o’qituvchi tomonidan qay darajada o’zlashtirishiga ham bog’liq.
Shu bilan birga o’qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil qilish uchun fanlar integratsiyasini, pedagogika va psixologiya fanlarining eng so’nggi yutuqlarini muntazam o’zlashtirib borish shart. Ushbu bilimlar axborot kommunikatsion texnologiyalari, matbuot, ilmiy jurnallar, ilmiy adabiyotlar asosida o’zlashtiriladi.
O’qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etishda vaqtdan unumli foydalanish, o’zining keng imkoniyatlarini hamisha hisobga olish, o’quv va tarbiya jarayonida har bir daqiqadan unumli foydalanish, vaqtni bekorga o’tkazishga yo’l qo’ymaslik muvaffaqiyat garovidir. O’qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etishda avvalo:
- o’z ijodiy imkoniyatlariga ishonishi;
- ta’lim muassasasida olib boriladigan ta’lim – tarbiya jarayonini
to’liq tasavvur eta olishi;
- har bir tarbiyalanuvchining ruhiy holatini puxta bilishi;
- o’z mehnati mexanizmini, qonunlarini, cheklangan imkoniyatlarini
yaxshi anglashi;
- ta’lim-tarbiya jarayonida axborot kommunikatsion texnologiyalaridan
unumli foydalanishni bilishi shart.
O’qituvchi mehnatini ilmiy jihatdan to’g’ri tashkil etish bir maqsadga yo’naltirilgan ijtimoiy–foydali mehnat bo’lib, u yuqorida ta’kidlab o’tilganlardan tashqari, aql va diqqatni, jismoniy kuchni, shijoat va g’ayratni talab etadi.
O’qituvchi mehnatini ilmiy jihatdan to’g’ri tashkil etishning quyidagi vositalarga e’tibor berish lozim:
1. Mehnat faoliyatini to’g’ri rejalashtirish.
2. Belgilangan vazifalarni tashkil etish va amalga oshirish.
3. O’z mehnatini muntazam boshqarish va nazorat qilish.
4. O’z – o’zini nazorat qilishi (refleksiya).
O’qituvchining mehnati ilmiy jihatdan to’g’ri tashkil etilishi ularni mustaqil, erkin faoliyat ko’rsatishiga, o’z fikr–mulohazalarini aniq va mukammal bildirishiga, har tamonlama shakllangan komil insonni tarbiyalashga, o’z kasbini puxta o’zlashtiradigan etuk mutaxassis tayyorlashga zamin yaratadi.
O’qituvchi mehnati ilmiy jihatdan to’g’ri tashkil etilishida o’quvchilar bilan olib borilayotgan faoliyatning quyidagi yo’nalishlariga e’tibor berish lozim:
- o’qituvchi va o’quvchining ikki tomonlama bir-biriga ta’siri
natijalari;
- o’qituvchining o’quvchilar jamoasi bilan ishlay olish qobiliyati;
- sinf jamoasi faollari bilan olib boriladigan pedagogik
faoliyatning ijobiy natijalari.
O’qituvchi mehnatining ta’lim-tarbiyaviy mohiyati ijobiy natijalar berishi uchun, o’qituvchi sinf jamoasi bilan o’tkazilayotgan har qanday tadbirni belgilangan vaqtda amalga oshirishi, mahnat va dam olish uchun ajratilgan vaqtdan unumli foydalana olishi, o’z mehnati faoliyatida sog’ligiga, ruhiy holatiga e’tibor berishi lozim.
Ayniqsa yosh o’kituvchilar mehnatini ilmiy asosda to’g’ri tashkil etishda quyidagi boshlang’ich yo’nalishlar muhim ahamiyatga ega:
|
| |