• Fanning maqsadi.
  • Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim
  • FAN BO’YIChA TA’LIM TEXNOLOGIYaLARINI IShLAB ChIQIShNING KONTsEPTUAL ASOSLARI




    Download 1,41 Mb.
    bet17/113
    Sana09.01.2024
    Hajmi1,41 Mb.
    #132930
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   113
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR (1)

    FAN BO’YIChA TA’LIM TEXNOLOGIYaLARINI IShLAB ChIQIShNING KONTsEPTUAL ASOSLARI

    Bilim olish jarayoni bilan bog’liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar: darsni yuqori ilmiy-pedagogik darajada tashkil etilishi, muammoli mashg’ulotlar o’tkazish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg’or pedagogik texnologiyalardan va multimedia qo’llanmalardan foydalanish, tinglovchilarni mustaqil fikrlashga undaydigan, o’ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo’yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, ijodkorlikka yo’naltirish, erkin muloqotga kirishishga, ilmiy izlanishga jalb qilish va boshqa tadbirlar ta’lim ustuvorligini ta’minlaydi. Ta’lim samaradorligini orttirishda fanlar bo’yicha ta’lim texnologiyasini ishlab chiqishning kontseptsiyasi aniq belgilanish va unga amal qilishi ijobiy natija beradi. Fanni o’qitishning maqsadi va ta’lim berish texnologiyasini loyihalashtirishdagi asosiy kontseptual yondashuvlar quyidagilardan iborat.


    Fanning maqsadi. «Bolalar adabiyoti va folklor» fani janrlarining shakllanish bosqichlari, uning, o’ziga xos xususiyatlari va o’quvchilar ma’naviyatini shakllantirishdagi ahamiyatini o’rganish asnosida talabalarda milliy iftixor tuyg’usini shakllantirish.
    Fanni o’qitishning vazifalari. Mazkur fanni ta’limning zamonaviy talablari darajasida o’rganish, talabalarni «Bolalar adabiyoti va folklor» fanining, o’ziga xos tomonlari bilan tanishtirish va ularning intellektual salohiyati va ma’naviyatini o’stirish.
    Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. O’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshishga e’tibor qaratishni amalga oshiradi. Har bir talabaning shaxs sifatida kasbiy takomillashuvini ta’minlaydi. Ta’limning markaziga bilim oluvchi qo’yiladi.

    Download 1,41 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   113




    Download 1,41 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    FAN BO’YIChA TA’LIM TEXNOLOGIYaLARINI IShLAB ChIQIShNING KONTsEPTUAL ASOSLARI

    Download 1,41 Mb.