Spanish international scientific online conference
PROSPECTS AND MAIN TRANDS IN MODERN SCIENCE
150
JAMIYATDA FUQAROLIK JAMIYAT INSTUTLARNI RIVOJLANTIRISH VA
SHAKLLANISH BOSQICHLARI
Tolibova Sevinch Orifjon qizi
O’zbekiston milliy universiteti ,,Ijtimoiy fanlar’’ fakultetining, ,,Yurisprudensiya: Biznes huquqi”
yo’nalish 1-kurs talabasi
Annotatsiya:
Fuqarolik jamiyat instutlari so’nggi yillarda jamiyat va davlat hayotining barcha
sohalarida demokratik o’zgarishlarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik
jamiyati boshqa institutlarining roli va ahamiyatini, oshirish bo’yicha sezilarli chora-tadbirlar ko’rildi.
NNT faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan 200 dan ortiq normativ-
huquqiy hujjatlar qabul qilinib, ularni har tomonlama qo’llab- quvvatlash uchun zarur
institutsional baza yaratildi.Ayni vaqtda 20 ga yaqin qonun , O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining hujjatlari Hukumatning qarorlari soha rivojiga xizmat qilmoqda.
Xususan, davlatimiz rahbarining joriy yil 4 martdagi, 2021-2025 yillarda fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida’’gi farmoni va ushbu hujjat
asosida tasdiqlangan ,,yo’l xaritasida’’gi jamoatchilik nazorati, davla]t boshqaruvi va
ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki
darajasini oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki darajasini oshirish
masalasi ustuvor vazifa etib belgilangan.
,,Fuqarolik institutlari’’ tadbirkorlik sub’ektlari tamoyili asosida uning bevosita
tashabbusi bilan qator ijtimoiy ahamiyatli loyihalar ishlab chiqilib , amalga tadbiq
etilyapti
26
.
Kalit so’zlar. Fuqarolik jamiyati konsepsiyasi, yo’l xaritasi, nodavlat notijorat
tashkilotlar, konstitutsiyaning 69-72-moddalari, fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari,
fuqarolik jamiyatining omillari.
Fuqarolik jamiyati – konstitutsiyaviy huquq nazariyasida huquq va demokratiyaga
asoslangan ijtimoiy hayotning zarur oqilona usuli; insonga uning iqtisodiy, siyosiy va
madaniy hayoti shakllarini erkin tanlash kafolatlanadiga qonun ustuvorligi va inson
huquqlari hamda erkinliklari qaror topadigan, ko’p partiyaviylik , siyosiy institutlar ,
mafkura va fikrlarning xilma-xilligi ta’minlanadigan hamda o’zini o’zi boshqarish
organlarining mavqei baland bo’lgan ijtimoiy tuzum.
O’zbekiston Respublikasing 2023-yil 1- mayda kuchga kirgan Yangi Konstitutsiyasi ga
ilk bor ,,Fuqarolik jamiyati instutlari’’deb nomlangan bob kiritildi. Ushbu bobdagi 69-
moddada fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan, jamoat birlashmalari va boshqa
nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o’zni o’zi boshqarish organlari, ommaviy
axborot vositalari fuqarolik jamiyatining asosini tashkil etish belgilandi. Shuningdek, 72-
moddada davlat nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga
rioya etilishini ta’minlashi, ularga jamiyat hayotida ishtirok etish uchun teng huquqiy
26
Parliament.gov.uz
|