|
Ызбекистон республикаси олий ва
|
bet | 52/113 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 1,41 Mb. | | #132930 |
Bog'liq portal.guldu.uz-BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR (1) 1-asosiy savolning bayoni:
Otashnafas kuychi G’afur G’ulom hozirgi zamon o’zek bolalar adabiyotining yuksalishida muhim o’rin egallaydi. 1923 yildan adabiyot maydoniga qadam qo’ygan G’afur G’ulom o’z ijodini bolalarga atab she’r yozishdan boshladi. U butun ijodi davomida yosh avlodni unutmadi va unga munosib adabiy meros qoldirdi. Shoirning «Mukofot» (1940),«She’rlar» (1946), «Tongotar qo’shig’i» (1949), «Bari seniki» (1953), «Bir g’uncha ochilguncha» (1955) she’riy to’plamlari; o’rta va katta yoshdagi bolalar uchun «Shum bola», «Tirilgan murda»(1934), «Yodgor» (1935) kabi ajoyib asarlari bolalar adabiyotida munosib o’rin tutadi.
G’afur G’ulom «Yasha, deyman o’g’lim!» she’rida fan va texnikani egallashni havas qilgan, qalbi qahramonlik ruhi bilan to’lib toshgan, cheksiz osmonga uchib, yulduzdan-yulduzga o’tishni orzu qilgan zamonamizning ilg’or yosh qahramoni o’g’il misolida tarannum etadi. Shoir bolalardagi qahramonlikka bo’lgan zo’r havasni sezgirlik bilan ilg’ab olib, uni mohirlik bilan ifodalab bergan.
«Ahmad yomon bola emas-ku, ammo …» she’rida Ahmad obrazi orqali «Sog’lom tanda-sog’ aql» maqolidagi mazmunni o’ziga xos obrazli tarzda yoritadi. Shoir «Nortojining kurak tishi» she’rida ham bolalarni Nortoji obrazi orqali tozalikka rioya qilishga undaydi. Shoir obrazli tasvir orqali Nortoji xarakteriga xos bo’lgan erinchoqlik va yalqovlikni, tozalikka rioya qilmasligini o’ziga xos yo’sinda fosh etadi.
Muhokama uchun savollar:
XX asr va G’afur G’ulom mavzusi xususida fikr yuriting.
G’afur G’ulom bolalar va yoshlarni kattalarga, ayniqsa, ota-onaga mehr – muhabbatli qilib tarbiyalash mavzusida qanday she’rlar yaratdi.
2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
G’afur G’ulom bolalar adabiyoti nasrining yuksalishiga ham o’zining munosib ulushini qo’shganligi haqida ma’lumot berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
G’afur G’ulomning nasrdagi mahorati haqida so’zlaydi.
«Tirilgan murda»da jamiyatda dog’ bo’lgan dangasalik illati qattiq kulgi ostiga olinganligi haqida so’z yuritadi.
«Shum bola» qissasi poetikasida xalq og’zaki ijodi an’analari ruhi va avtobiografik janr unsurlari birikib ketganligi haqida fikr bildiradi.
|
| |