• Muhokama uchun savollar
  • Ызбекистон республикаси олий ва




    Download 1,41 Mb.
    bet53/113
    Sana09.01.2024
    Hajmi1,41 Mb.
    #132930
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   113
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR (1)

    2-asosiy savolning bayoni:
    G’afur G’ulom «Shum bola», «Tirilgan murda«, «Yodgor» asarlari bilan bolalar adabiyoti nasriy janri yuksalishiga o’zining munosib ulushini qo’shdi. Uning «Tirilgan murda» asarida jamiyatda dog’ bo’lib tushadigan dangasalik bilan mehnat o’rtasidagi kurash asosida mehnatning tarbiyalanuvchi qudrati tasvir etiladi. Asar prolog va epilogdan tashqari, 6 fasldan iborat bo’lib, ularda Mulla Mamajonning 1925 yildan to 1933 yilgacha o’tgan davrda boshidan kechirganlari yozilgan. Asarda G’afur G’ulom o’z qahramoniga «so’z« berib uning o’ziga xos xarakterini yaratadi. Adibning «Tirilgan murda» asari ikki qismdan iborat. Ikkinchi qismda uning jamoa xo’jaligiga kirishi va qayta tarbiyalanishi, farovon hayotga erishi tasvirilanadi. Mamajon yalqovlikdan, qoloqlikdan qutilib, ilg’or ongli mehnatkashga aylanadi. Uning qayta tarbiyalanishiga jamoa va erkin mehnat katta rol o’ynaganligi haqqoniy ravishda tasvirlab berilgan. Yozuvchi bu obraz orqali mehnatsevarlik g’oyalarini ilgari suradi.
    G’afur G’ulomning «Shum bola» qissasida o’zbek xalqining o’tmishdagi og’ir hayoti, xususan, o’smirlarning qarovsizligi, ularning bir parcha non deb darbadar kezishlari qattiq kulgi ostiga olinadi. G’afur G’ulom «Shum bola» qissasida syujet yaratishda hayot haqiqatiga tayanadi va syujet ipiga qahramonning qiziq sarguzashtlarini, kechmish-kechirmishlarini ustalik bilan chizadi. Voqea «Shum bola» tilidan yoqimli, zavqli tarzda hikoya qilinadi. Yozuvchi asarda tasvirlangan voqealarga komik tus bergan. «Shum bola» qissasi ustida muallif ko’p ishlagan. Qissasining tarbiyaviy-estetik ahamiyati katta. Keyinchalik bu qissa asosida maxsus film hamda «Zamonali va Omonali» (H.G’ulom) nomli muzikali komediya yaratilgani ham bejiz emas.
    Muhokama uchun savollar:

    1. Yozuvchi Mamajon obrazi orqali qanday g’oyani ilgari suradi? Asarninng tuzilishi qanday?

    2. «Shum bola» asaridagi asar boshidagi bola bilan qissa nihoyasidagi o’smir o’rtasida farq bormi? Fikringizni izohlang.


    Download 1,41 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   113




    Download 1,41 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ызбекистон республикаси олий ва

    Download 1,41 Mb.