|
Ызбекистон республикаси олий ва
|
bet | 61/113 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 1,41 Mb. | | #132930 |
Bog'liq portal.guldu.uz-BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR (1)Mavzuga oid muammolar:
Uyg’un she’rlarida manzara tasviri qanday vazifalarni bajaradi?
Shoir she’rlaridan birida bolalarga qarata atalgan ko’p she’rlari «g’oyat quvonardim bo’lolsa she’rim, qadrdon do’stingiz va ulfatingiz» deb orzu qilgan edi. Uning bolalarga atalgan ko’p she’rlari mahorat bilan yozilgan. Sizningcha, Uyg’un she’rlarida qanday mavzularni bolalarga xos va mos tilda tasvirlaydi?
1-savol bo’yicha darsning maqsadi:
Shoir bolalarga bag’ishlab yozgan barcha she’rlarida mavzuni o’ziga xos jihatdan aks ettirishga harakat qilgani va she’rlarining o’qimishliligi haqida talabalarga tushuncha hosil qildirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
Uyg’unning kichkintoylarga bag’ishlab yaratgan she’riy to’plamlari haqida so’zlaydi.
Uyg’un bolalar adabiyotida vatanparvarlik to’g’risida ko’plab she’rlar yozgan shoir sifatida e’zozlanganligi to’g’risida fikr bildiradi.
Serquyosh O’zbekistonning bir-biridan ajoyib fasllarining o’ziga xos fazilatlari, xosiyati, jozibasi shoirning bir qator asarlarida zo’r hayajon bilan kuylanganligi haqida ma’lumot beradi.
1-asosiy savolning bayoni:
Hozirgi zamon o’zbek bolalar adabiyotining taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan qalam sohiblaridan biri Uyg’undir. Uning kichkintoylarga bag’ishlab yaratgan «Qorbobo», «Hadya», «Bahor va men», «Ikki ona» va boshqa she’riy to’plamlari bolalar adabiyotida etakchi o’rinda turadi. Shoir bolalarga bag’ishlab yozgan barcha she’rlarida mavzuni o’ziga xos jihatdan aks ettirishga harakat qiladi. Shoirlarimiz tomonidan kuylangan ona-Vatan mavzuini o’ziga xos tarzda ifoda etadi. Shu jihatdan uning «Ikki ona» she’ri xarakterlidir.
Uyg’un bolalar adabiyotida vatanparvarlik to’g’risida ko’plab she’rlar yozgan shoir sifatida e’zozlanadi. Masalan, «Mening akam», «Chegarachi», «Sadoqat soqchilari» kabi asarlari bunga misol bo’la oladi. Bu she’rlarda chegara soqchilarining o’z postlarida sergak turib, uni qo’riqlayotganini va jangchilarning Vatan oldidagi qahramonliklarini tasvirlash orqali bolalarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalaydi. Shoirning «Qizaloqning o’limi», «O’g’irlangan husn», «Inson» kabi bir qator she’rlarida mudhish urush dahshatlari va yosh go’daklar taqdiri yozilgan.
«Qizaloqning o’limi»da ana shunday mudhish va fojiali ko’rinishlardan biri quyidagicha tasvirlanadi.
Kerak bu manzara naqadar mudhish,
Tilka-tilka bo’lingan yurak burdasi:
Jonsiz onasining qonli ko’ksida
Yotar chaqaloqning kichik murdasi.
Paxtaday yuzlari… jajji qo’llari…
|
| |