|
-asosiy savol bo’yicha dars maqsadi
|
bet | 58/113 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 1,41 Mb. | | #132930 |
Bog'liq portal.guldu.uz-BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR (1)2-asosiy savol bo’yicha dars maqsadi:
Talabalarga buyuk o’zbek shoiri Alisher Navoiyning bolalik yillari haqida hikoya qiluvchi «Alisherning yoshligi» va «Bolalik» qissalari haqida tushuncha hosil qildirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
«Alisherning yoshligi» qissasining yozilishi tarixi haqida so’zlaydi.
2. O’sha davrdagi ijtimoiy, siyosiy va adabiy hayot Oybek tomonidan qanday tasvirlanganligi haqida fikr bildiradi.
2- asosiy savolning bayoni:
Oybek buyuk o’zbek shoiri Alisher Navoiyning bolalik yillari haqida hikoya qiluvchi «Alisherning yoshligi» qissasini yozdi.
Oybek 1928 yildan boshlab Alisher Navoiy ijodini chuqur o’rganishga kirishdi. U dastlab, Navoiy ijodiga doir ko’pgina ilmiy maqolalarni o’qib o’rgandi. «Alisherning yoshligi» qissasida Hirotdagi (taxminan, 1447-1452 yillar) tarixiy voqealar, shahzodalarning Shohruh vafotidan keyingi o’zaro taxt uchun kurashlari va shu davrda o’tgan Alisherning bolalik(4 yoshdan boshlab) yillari haqida hikoya qilinadi. Qissada Alisher obrazining o’sha vaqtdagi tashqi muhit voqealari va ziddiyatlari bilan uzviy aloqada tasvirlanadi.
Oybek qissadagi qahramonlar bilan o’quvchilarni tanishtirishda va Alisher fazilatlarining takomillashishini tasvirlashda G’iyosiddin kichkina uyidagi mehmondorchilik lavhasidan ustalik bilan foydalangan.
Oybek o’sha davrdagi ijtimoiy -siyosiy va adabiy hayot hamda tarixiy shaxslar xarakterini bolalar va o’smirlar yoshi va saviyasiga mos holda qiziqarli qilib tasvirlaydi.
Alisherga xos fazilatlardan yana biri kattalarning fikr-mulohazalarini sinchkovlik bilan tinglash, kim haq, kim nohaqligini bilishga intilishda namoyon bo’lishidadir. Qissada Alisherning san’atga bo’lgan munosabati ham o’ziga xos lavhalarda ishonarli aks etadi.
Alisher xarakterida davrga munosabatning ifoda etilishida qishloqdan keltirilgan etti muhbusning dorga osish voqeasining ta’siri katta bo’ladi. Chorsu maydonidagi odamlarning ko’pchiligi dorga osilayotgan kishilarning holiga achinib ko’z yoshini to’xtata olmay yig’layotganidan Alisherning ham xo’rligi keladi. Bu holni yozuvchi Ko’rasizmi! Alarning xolig’a ahli shahar yig’lashur!... Alisherning ko’z yoshlari tag’in quyila boshlagan edi», deb tasvirlaydi.
Badiiy tildagi va tasvir yaratishdagi adib mahorati qissaning xalqchillik mahoratini ta’minlagan, shu zaylda Oybek «Alisherning yoshligi» qissasi orqali xalqimizning uzoq o’tmishdagi hayoti haqida ham yosh kitobxon ongida haqqoniy taassurotlar hosil qila olgan.
|
| |