|
Ызбекистон республикаси олий ва
|
bet | 66/113 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 1,41 Mb. | | #132930 |
Bog'liq portal.guldu.uz-BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR (1)Muhokama uchun savollar:
Shoirning «Hulkarning she’ri» asari kimga bag’ishlangan va asar qanday mohiyatga ega?
Hamid Olimjon davr hayoti va intilishlarini qanday she’rga soladi? (eslab ko’ring).
«Vatan» she’rining g’oyaviy yuksakligi nimada? Fikringizni izohlang.
2-savol bo’yicha darsning maqsadi:
«Oygul bilan Baxtiyor» dostoni, dostonda mehnatkashlarning ozodlik uchun qahramonlarcha olib borgan kurashi, ularning engilmas irodasi haqida tasavvur hosil qildirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
Asardagi xalq kurashi va qo’zg’oloni to’g’risida fikr bildiradi.
Oygul timsoli haqida so’zlaydi.
Dostonning tarbiyaviy ahamiyatini izohlaydi.
2-asosiy savolning bayoni:
Shoir bolaligidanoq xalq og’zaki ijodi namunalaridan bahramand bo’ldi. Ertaklar olamiga uni buvisi olib kirdi. Darhaqiqat, xalq og’zaki ijodining eng nodir asarlari, ulardagi xalq donishmandligining ajoyib fazilatlari shoirni o’ziga tortgan, zavqini oshirgan, adabiyotga havas uyg’otgan, badiiyat olamiga kirishga katta ta’sir etgan. Hamid Olimjon xalq og’zaki ijodi asarlari ta’sirida «Oygul bilan Baxtiyor» (1937), «Semurug’ yoki Parizod va Bunyod» (1939) kabi ajoyib dostonlarini yaratgan.
Xalq og’zaki ijodi bo’lmish «Malikai Husnobod» ertagi asosida yaratilgan «Oygul bilan Baxtiyor»da shoir vatanni sevish, zulmga qarshi g’azab-nafrat bilan kurashni targ’ib qiladi. Botirlik, maqsadga erishish yo’lida sabotli bo’lishga yosh kitobxonni da’vat etadi. Maqsadni ifodalash uchun shoir dostonda yaxshilik bilan yomonlikni, adolat bilan zulmni, go’zallik bilan xudbinlik dunyosini qarama-qarshi qo’yadi. Bu g’oyalar bir tomondan Oygul, Darxon, Tarlon obrazlari, ikkinchi tomondan, Jambil va Jurjon xonlari obrazlari orqali yoritiladi.
Shoir xalqning engilmasligini o’tga solsa kuymaydi, qilich solsa o’tmaydi, miltiq o’qi teshmaydi, suvga solsa cho’kmaydi kabi xalqchil iboralarda bolalarga tushunarli va qiziqarli tarzda ifodalaydi. Buni Oygulning sandiq bilan suvda oqqanda, Jayhun baliq yutganda ham tirik qolishi voqealarida ko’rish mumkin.
|
| |