|
Izolyatorlarni ishlatish
|
bet | 1/2 | Sana | 24.03.2024 | Hajmi | 58.06 Kb. | | #176161 |
Bog'liq zamonaviy menejment, Polimerli kompozit materiallari fizikasi.Umarov.A.V, 2-labaratoriya iwi Jumaqulov BObur, 3-mustaqil ishi , Good Vibes Good Life How Self Love Is the Key to Unlocking Your, @uzbgmat, #MA\'RUZA 11-12. Aхborot texnologiyalari va rivojlanish bosqichlari (1), 2-mavzu, Абдуллаев Н. Патофизиология, 21-Tursunov Zuhriddin, Sement, beton korroziyasi va undan saqlanish usullari, discussion essay, GULNOZABBX, Разметка, certificate antiplagit
Izolyatorlarni ishlatish.
Izolyatorlarning ishonchli ishlashi ularning elektr va mexanik mustahkamligi bilan aniqlanadi. Ular o‘zgaruvchan atmosfera sharoitlarida izolyasion xossalarini yo‘qotmasligi va ishchi zarbiy yuklamalar, elektrodinamik kuchlar, o‘tkazgichlarning tortish kuchi ta’sirlarini ko‘tara olishi shart. Elektr jihatidan tayanch-sterjenli izolyatorlar etarlicha ishonchli va ishlatishda elektr sinovlarga tortilmaydi.
35-220 kV kuchlanishli ajratkich va bo‘lgichlarning tayanch-sterjen izolyatorlarining mexanik mustahkamligi egilishga tekshiriladi. 35-110 kV kuchlanishli izolyatorlarni sinash apparat bitta qutbning ikkita izolyatorlarini yarim pichoqlarni 1800 ga burib qo‘ygan holatda bir-biriga tomon tortish orqali amalga oshiriladi. Chunki ulanish paytida eguvchi kuch shinalash tomoniga yo‘naladi. 4.9 - rasmda ajratkichning bitta qutbi izolyatorlarini mexanik sinash sxemasi ko‘rsatilgan. YUklama tortuvchi qurilmaning dastasi 1 ni burash orqali hosil qilinadi. Turli tipdagi izolyatorlar uchun yuklamaning qiymati 3- jadvalda keltirilgan bo‘lib, bu yuklamalar 15 s. davomida tutib turilishi shart.
3- jadval
Tayanch-sterjen izolyatorlarini sinashdagi yuklamalar
Izolyator
|
Sindiruvchi minimal yuklama, N
|
Sinashda eguvchi kuch, N
|
Izolyator
|
Sindiruvchi minimal yuklama, N
|
Sinashda eguvchi kuch, N
|
ST-35
ONS-35-500
KO-35S
ST-110
UST-110
|
5000
5000
10000
4000
4000
|
3000
3000
6000
2400
2400
|
ONS-110-300
AKO-110-500
KO-400
ONS110-2000
|
4000
6000
10000
20000
|
2400
3600
6000
12000
|
4.9- rasm.Ajratkich (bo‘lgich) qutbining tayanch-sterjenli izolyatorlarini mexanik sinash
sxemasi: tortuvchi qurilma; 2- dinamometr; 3- xomutlar.
Tayanch-shtirli izolyatorlarining kolonkalari mexanik mustahkamlikka tekshirilmaydi.
Ko‘p elementli tayanch-shtirli izolyatorlar sozligini nazorat qilishning asosiy usuli bo‘lib ishchi kuchlanishni alohida elementlarga taqsimlanishini o‘lchash hisoblanadi. Soz izolyasiyaning har bir elementiga ishchi kuchlanishning aniq qiymati mos kelishi ma’lum. Agar izolyasiyaning shikastlanishi yoki teshilishi natijasida uning qarshiligi kamaysa, u holda bu kolonkaning elementlari orasida kuchlanishning boshqacha taqsimlanishini keltirib chiqaradi. Aynan ushbu faktor shikastlangan elementni aniqlash imkonini beradi. Har xil tipdagi shtirli izolyatorlar uchun brakka chiqarish me’yori 4- jadvalda keltirilgan.
4- jadval
|
| |