Elektr mashinalarining asosiy nominal ish rejimlari




Download 3,86 Mb.
bet162/172
Sana30.11.2023
Hajmi3,86 Mb.
#108639
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   172
Bog'liq
J. S. Salimov, N. B. Pirmatov

Elektr mashinalarining asosiy nominal ish rejimlari. EM larining ish rejimlari ekspluatatsiya sharoitida har turli bo‘ladi, ya’ni davomli, qisqa muddatli, takrorlanuvchi qisqa muddatli va normal ish davri salt ishlash bilan almashinib turadigan ish rejimlariga bo‘linadi.
EM taxminan to‘la yuklama bilan uzoq vaqt mobaynida (masalan, elektr stansiyalarda elektr generatorlari, nasos qurilmalarida elektr motorlari va boshqalar) va nisbatan qisqa muddatda (ba’zi bir yuk ko‘tarish kran motorlari) ishlashi mumkin. Zamonaviy avtomatlashtirilgan sanoat va boshqa qurilmalarda EM lari ko‘pchilik hollarda davriy rejimda ishlaydi. Umuman, EM lari o‘zgaruvchan yuklama bilan ishlaydi.
EM ning o‘zgarmas nominal yuklamadagi ishi sovitish muhiti temperaturasi o‘zgarmaganda mashina qismlari temperaturasining oshishi kamida barqarorlashgan qiymatlariga erishgan vaqtga qadar davom qilsa, bunday rejimni EM ning davomli nominal ish rejimi deyiladi (bu rejimning standart bo‘yicha shartli belgilanishi 57).
0‘zgarmas nominal yuklamaning davrlari, sovitish muhitining temperaturasi o‘zgarmasboiganda EM ning ishdanto‘xtatilish davrlari (pauzalari) bilan almashinib turadigan ish rejimiga qisqa muddatli (S2j nominal ish rejimi deyiladi. Bu rejimda yuklama davrida EM qismlari temperaturasining oshishi barqarorlashgan qiymatgacha yetadigan vaqtdan ancha kam, EM ni to‘xtatish davrlari esa davomli bo‘lib, bunda u amaliy ravishda atrof muhit temperaturasigacha sovishga ulguradi. Bunday EM lar 15, 30, 60 va 90 min. bo‘lgan davomli ish davriga tayyorlanadi.
EM temperaturasining qisqa muddatli rejimdagi oshishi xkrmax bo'lgandagi qisqa muddatli rejimning ruxsat berilgan davomiyligi tkrni quyidagi formuladan aniqlash mumkin:
*kr=Uo [l-exp(-tkr/T)] . (34.27)
Demak, qisqa muddatli rejimda x..f ning qiymatini davomli ish rejimdagi EMga nisbatan 1/ [1— exp(— tkr/T)] marta oshirish mumkin
ekan. Quwat isroflarilR’ ning ruxsat berilgan qiymatlarini ham shuncha marta oshirsa bo‘ladi. Shuning uchun qisqa muddatli rejimga hisoblangan quwatdagi EM larning gabarit o‘lchamlari va massasi davomli ish rejimga hisoblangan EMlarnikiga nisbatan ancha kichik bo‘ladi. Tushuntirishga boshqacha vondashileanda. EM larining berilgan gabaritlarida materiallarning sarflanishida qisqa muddatli ish rejimidagi EM larining quwati ish rejimi davomli bo‘lgan EM larnikiga nisbatan katta bo'ladi.
0‘zgarmas nominal yuklamaning qisqa muddatli davrlari, sovitish muhiti temperaturasi o‘zgarmaganda, EM ishdan to‘xtatilishi (pauza)ning qisqa muddatli davrlari bilan almashinib turadigan ish rejimiga takrorlanuvchi qisqa muddatli (S3) ish rejimi deyiladi. EMsining umumiy ish vaqtini tw= tish+t davomiylikda davriy takrorlanadigan sikllarga bo‘lib o‘rganiladi. Bu rejimda EM ning normal ish davrlari va pauza davrlari kichik bo‘lib, yuklama bilan ishlagan davrida EM temperaturasining oshishi barqarorlashgan qiymatigacha yetmaydi, pauza davrlarida esa EM sining temperaturasi atrof muhitnikigacha sovishga ulgurmaydi.
Standartga binoan EM sining bu rejimda ishlash siklidagi vaqt 10 minutdan oshmasligi kerak. Takrorlanuvchi qisqa muddatli ish rejimi mashina ishining davomiyligi bilan xarakterlanadi (uning standartda belgilanishi PV — “prodoljitelnost vklyucheniya” ruscha so‘zlarning 1-harflari).
PV* = (W tp) • 100 = [t,h/ (t,h + t)] • 100. (34.28)
PV ning standart qiymatlari 15, 25, 40 va 60 % lardan iborat.

Download 3,86 Mb.
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   172




Download 3,86 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr mashinalarining asosiy nominal ish rejimlari

Download 3,86 Mb.