J. S. Salimov, N. B. Pirmatov




Download 3,86 Mb.
bet2/172
Sana30.11.2023
Hajmi3,86 Mb.
#108639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   172
Bog'liq
J. S. Salimov, N. B. Pirmatov

ISBN 978-9943-391-19-2
-
p‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2011.
SO‘ZBOSHI
Kelajakning negizi bo‘lgan yuksak malakali kadrlar tayyorlash uchun xalqaro standart talablari asosida ishlab chiqarilgan elektr mashinalariga oid yetarli darajada ma'lumotlarni qamrab olgan darslik va o‘quv qo'llanmalar yaratish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Elektr mashinalari va transformatorlari sanoatning turli ishlab chiqarish korxonalarida, energetikada, transportda (aviatsiya, temiryo‘l, avtomobil, metro, tramvay, trolleybus), qishloq va suv xo‘jaligida, qurilishda va boshqa sohalarda keng qo‘llaniladi.
Darslik texnika oliy o‘quv yurtlarining «Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari» yo'nalishi talabalari uchun «Elektr mashinalari» fanining dasturi asosida yozilib, uning mazmuni: Iransformatorlar, asinxron mashinalar, sinxron mashinalar va o‘zgarmas lok mashinalari ketma-ketligida bayon qilingan. Ularning tuzilishi, ishlash prinsipi, asosiy xossalari va xarakteristikalari amaliyot nuqtayi nazaridan yondashilgan holda bayon etilgan. Yangi turdagi elektr mashinalariga oid umumiy ma’lumotlar ham kitobning tegishli bo'limlarida o‘z aksini topgan. Ishlash prinsipi elektromagnit induksiya hodisasiga asoslanganligi hamda ulardagi elektromagnit jarayonlar ko‘p jihatdan elektr mashinalarinikiga o‘xshashligi sababli transformatorlar ham «Elektr mashinalari» kursida o‘rganiladi.
Mualliflar darslikni batafsil taqrizdan o‘tkazgan: «0‘zbekenergo» kompaniyasi «0‘zenergosozlash» UK «Elektr uskunalarini sozlash va ekspluatatsiya qilish» sexining boshlig‘i, dots., t.f.n.\X.A. Mushegyansgcj ITYMI ning «Elektr transporti» kafedrasi xodimlari va uning kafedra mudiri, dots., t.f.n. U.T. Berdiyevga, o‘zining maslahatlari bilan darslikning sifatini yaxshilashga yordam qilgan Xalqaro Elektrotexnika Akademiyasining haqiqiy a'zosi, TDTUning «Elektr stansiyalari, elektr tarmoqlari va tizimlari» kafedrasi professori, t.f.d. Q.R. Allayevga va A.R. Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, TDTUning «Elektr lexnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari» kafedrasi mudiri, prol', t.f.d., O.O. Hoshimovga o‘zlarining chuqur minnatdorchiligini bildiradilar.

Download 3,86 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   172




Download 3,86 Mb.