|
Transformatorlarning tasnifi, ularga qo‘yiladigan asosiy talablar, gabaritlari va nominal kattaliklari
|
bet | 8/172 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 3,86 Mb. | | #108639 |
Bog'liq J. S. Salimov, N. B. PirmatovTransformatorlarning tasnifi, ularga qo‘yiladigan asosiy talablar, gabaritlari va nominal kattaliklari
Transformatorlarning tasnifi. Bajaradigan vazifasiga ko‘ra Iransformatorlar quyidagi turlarga bo‘linadi: 1) kuch transformatorlarf
maxsus transformatorlar. Kuch transformatorlari o‘z navbatida: umumiy maqsadli va sohaviy turlarga bo'linadi.
Elektr energiyani uzatish, qabul qilish hamda ishlatishga moMjallangan elektr tarmoqlari va uskunalarida elektr energiyani o‘zgartirish (kuchlanishni oshirish yoki kamaytirish) vazifasini bajaradigan transformatomi kuch transformatori deyiladi. Bu toifaga: quwati 6,3 kV A va undan katta bo'lgan uch fazali transformatorlar hamda quwati 5 kV A va undan katta bo‘lgan birfazali transformatorlar kiradi.
Normal sharoitda ishlayotgan elektr tarmog‘iga ulash uchun, yoxud maxsus ish sharoiti, yuklamaning xarakteri yoki ish rejimi bilan farq qilmaydigan energiya iste’molchilarini bevosita ta’minlashga tayyorlangan transformatorlarni umumiy maqsadli kuch transformatorlari deyiladi. Transformatorlar fazalar soniga ko‘ra: bir, uch va ko‘p fazali (sohaviy); chulg‘amlar soniga ko‘ra — ikki, uch va ko‘p chulg'amli turlarga bo‘linadi.
Agar transformatoming har fazasida uchta [yuqori kuchlanishli (YK), o‘rta kuchlanishli (0‘K) va past kuchlanishli (PK)] elektr jihatdan ulanmagan chulg'amlari bo‘lsa, bunday holda uch chulg'amli transformator deyiladi.
Agar transformatorda UIN < U2N bo‘lsa oshiruvchi, U1N > U2N bo‘lganida esa — pasaytiruvchi transformator deyiladi.
Elektr energiyani transformatorning qaysi chulg‘amiga berilishiga qarab transformatorni oshimvchi yoki pasaytimvchi sifatida foydalanish mumkinligi uning qaytarlik xossasidir.
13
Nominal quwati va kuchlanishlariga bogiiq ravishda kuch transformatorlari va avtotransformatorlarining gabaritlarga ajratilishi 1.1 -jadvalda ko‘ rsatilgan.
|
| |