• Kuch transformatorlari va avtotransformatorlarining gabaritlari
  • Gabarit
  • Transformatorning nominal kattaliklari.
  • BOB. TRANSFORMATORIARNING MAGNIT SISTEMALARI VA CHULG‘AMLARI Transformatorlarning magnit o‘tkazgichlari va ularning
  • Uch fazali transformatorlarning magnit o i tkazgichlari.
  • Kuch transformatorlariga qo'yiladigan asosiy talablar




    Download 3,86 Mb.
    bet9/172
    Sana30.11.2023
    Hajmi3,86 Mb.
    #108639
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   172
    Bog'liq
    J. S. Salimov, N. B. Pirmatov

    Kuch transformatorlariga qo'yiladigan asosiy talablar.
    Elektrotexnika sanoatida ishlab chiqarilayotgan kuch transformatorlari ishonchlilik, tejamlilik, chidamlilik va boshqa muhim jihatlari bilan jahon bozorida yuksak raqobatbardosh bo ‘lishi zarur. Shu sababli mazkur transformatorlarga quyidagi asosiy talablar qo ‘yiladi'. a) ishlab chiqarishda va ishlatishda tejamli bo‘lishi; b) ishlatishda ishonchliligi; d) isroflar standartda belgilangan me’yordan oshmashgi; e) parallel ulash shartlarini qanoatlantirishi; I) me'yordan ortiqcha qizib ketmasligi; g) kuchlanishni rostlashga imkon berishi; h) transformatorni ishlatish jarayonida ayrim sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladigan qisqa muddatli o‘ta kuchlanishlarga va kam muddatli qisqa tutashuvdagi ancha katta bo‘lgan toklar ta’siriga bardosh berishi zarur.

    1. 1-jadval

    Kuch transformatorlari va avtotransformatorlarining gabaritlari

    Gabarit
    raqamlari

    Kuch transformatorlari va avtotransformatorlarining standartda belgilangan qatorga mos keluvchi quvvat va kuchlanishlari

    Nominal qnvvati
    (SN), kV-A

    Nominal kuchlanishi (UN). kV

    I

    Sn 100

    UN < 35

    II

    100N< 1000

    UN < 35

    III

    1000 < SN< 6300

    UN < 35

    IV

    SN> 6300

    UN<35

    V

    SN< 32 000

    UN < 110

    VI

    32 000 < SN < 80 000 '

    UN < 330

    VII

    80 000 < SN< 200 000

    UN < 330

    VIII

    SN > 200 000

    UN > 330






    Transformatorning nominal kattaliklari. Transformatorlar standart talablariga mos holda texnik shartlar bo‘yicha tayyorlanadi va elektr cncrgiyani o‘zgartirish bo‘yicha ma’lum vazifalarni bajarish uchun hulgilanadi. Bu sharoitlardagi transformatorning ishi nominal kattaliklar hilan xarakterlanadi va ular elektr jihozlari kataloglarida hamda Irnnsformatorga mahkamlangan pasport taxtachada quyidagilar ko'rsatilgan bo‘ladi:
    Transformatorning to‘la nominal quvvati V A yoki kV A da ko'rsatiladi:

    1. bir fazali ikki chulg‘amli uchun — S1N= U1N I1N ;

    2. uch fazali ikki chulg‘amli uchun — S1N ^ U|NI1N= 3U1NfI1Nf.

    Transformatorlarda FIK juda ham katta boTganligidan ikki cluilg‘amli transformatorda birlamchi (S1N) va ikkilamchi fS2N) chulg‘am nominal quwatlari taxminan bir xil boTadi, ya’ni S1N« S2N.
    Nominal kuchlanish deganda har bitta chulg‘amning liniya kuchlanishi tushuniladi. Ikkilamchi chulg‘amning nominal kuchlanishi uchun U2N= U2(0) qabul qilinadi. Transformatoming nominal toklari deganda quwati Sj= S2= SN va kuchlanishlari (U1N va U2N) bo‘yicha liisoblangan 1- va 2-chulg‘amlaming liniya qiymatlari tushuniladi. Bulardan tashqari: 1) nominal chastota fN; 2) fazalar soni m\ 3) chulg‘amlaming ulanish sxemasi va gumhi; 4) qisqa tutashuv kuchlanishi 5) transformatoming tipi; 6) standart nomeri; 7) sovitish usuli va boshqa ayrim maTumotlar keltiriladi.
    Nazorat savollari:

    1. Transformatoming ahamiyati nimadan iborat?

    2. Transformatorlar qanday belgilariga binoan tasniflanadi?

    3. Kuch transformatorlariga qanday asosiy talablar qo ‘yiladi?

    1. BOB. TRANSFORMATORIARNING MAGNIT
      SISTEMALARI VA CHULG‘AMLARI


      1. Transformatorlarning magnit o‘tkazgichlari va ularning

    konstruksiyasi
    Magnit o ‘tkazgich transformatorning muhim tarkibiy qismi bo ‘iib, u chulg‘amlararo magnit bog‘lanishni kuchaytirishdan tashqari, chulg‘amlari va yordamchi qismlarini o‘rnatish hamda mahkamlash uchun konstruktiv asosdir.
    0‘zgaruvchan tokda (f = 50 Hz) uyurma toklar tufayli hosil bo‘ladigan energiya isroflarini kamaytirish maqsadida transfor- matorlarning magnit o‘tkazgichlari 0,35 va 0,30 mm qalinliklardagi sovuq holatda jo‘valangan anizotropli (magnit xossalari yaxshilangan, masalan, 3404+3406 markali) elektrotexnik po‘lat plastinalari maxsus lok va oksid pardalari bilan qoplangan holda izolatsiya qilinib yig‘iladi. Bunday po‘latni qo‘llash magnit o‘tkazgichdagi induksiyani 1,6+1,65 T gacha oshirishga (issiq holatda jo‘valangan poMatda esa magnit induksiyani 1,4+ -1,45 T dan oshirib bo‘lmas edi) imkon yaratib, transformatorning aktiv (magnit va elektr o‘tkazuvchi) materiallari massasini hamda energiya isroflarini keskin kamaytirishga imkon berdi.
    Magnit sistemaning chulg‘am joylashtirilgan qismini «steijen», ularni ulab, berk magnit zanjir hosil qiladigan qismini «yarmo» deyiladi.
    Uch fazali transformatorlarning magnit oitkazgichlari.
    Uch fazali tok va kuchlanishlarni magnit o‘tkazgichi umumiy bo'lgan bitta uch sterjenli uch fazali transformator vositasida o‘zgartiriladi. Agar uchta bir fazali transformatorni 2.1,a-rasmda ko‘rsatilgandek joylashtirilsa, unda magnit o‘tkazgichning o‘zaklarini konstruktiv jihatdan bitta umumiy o‘zakka almashtirish mumkin. Uch fazali sistemada sinusoidal magnit oqimlar oniy qiymatlarining yig‘indisi nolga teng bo‘lganligidan umumiy o‘zakda magnit oqimi bo‘lmaydi, shuning uchun bu o‘zakka zarurat ham qolmaydi.
    Mazkur konstruksiyani soddalashtirish uchun uchta steijenni bitta tekislikka joylashtirib, ustki va ostki yarmolar bilan ulansa, uch fazali uchta sterjenli yassi shaklli magnit o‘tkazgich hosil bo‘ladi (2.1,d-rasm).
    Barcha o‘zak va yarmolarning bo‘ylama o‘qlari bitta tekislikda joylashgan bo‘lsa, transformator magnit o'tkazgichini yassi shaklli (2.1,d-rasm), agar har xil tekisliklarda joylashgan bo‘lsa — fazaviy


    2.1-rasm. Magnit sistemasi umumiy bo'lgan uch fazali transformator konstruksiyasining hosil qilinishiga oid chizmalar: a — uchta bir xi! bir fazali transformatorlaming joyiashtirilishi (bunda Um. olz — umumiy o'zak); b — uch fazali simmetrik transformatoming fazoviy konstruksiyasi; d — fazoviy konstruksiyani o ‘zgartirib hosil qilingan yassi shakldagi magnit o 'tkazgichli uch fazali transformator.



    sliaklli deyiladi (2.1 ,b va 2.3-rasmlar). 0‘zaklarning yarmolar bilan birikishiga ko‘ra magnit sistemalar sterjenli, zirh-sterjenli va zirhli tnrlarga bo‘linadi.
    Amaliyot uchun muhim ma jumot. Bitta uch fazali transformatorni
    tayyorlash va ishlatish uchun o‘rnatish, xuddi shuuday ishlarni uch
    fazali transformator quwatiga teng keladigan uchta bir fazali kuch
    transformatorlari uchun ketadigan xarajatning kam bo'Iganligi va uch
    fazali transformatorning massasi uchta bir fazali transformatoriar
    massasining yig‘indisidan 30+35 foiz kamligi hamda uch fazali
    transformator ishda va unga xizmat ko‘rsatishda iqtisodiy jihatdan.
    samarali bo'lganligi sababli yassi shakldagi magnit o‘tkazgichli uch
    fazali «steijenli» kuch transformatorlari amalda keng qo'ltamladu
    ' *
    .
    Magnit sistemasi uchta faza uchun umumiy bo‘lgan kuch transformatorlari massasining yoki tashqi oMchamlarining haddan tashqari kattaligi tufayli temiryo‘lda tashish va ishlatish uchun o‘rnatishda texnik imkoniyatlar chegaralangan bo‘lgani uchun energetika sistemasida guruhlangcin transformator ham ishlatiladi (2.2- rasm).


    2.2-rasm. Bir fazali transformatorlaming uch fazali guruhi yoki guruhlangan transformator.



    0‘zaklarni yarmo/ar bilan birlashish usuliga ko‘ra magnit o‘tkazgichlar tutashgan va taxlangan turlarga bo‘linadi.
    Tutashgan magnit o ‘tkazgichda o‘zaklar va yarmolar alohida-alohida yig‘ilib, so‘ngra o‘zaro bir butun qilib tutashtiriladi.
    Taxlangan magnit o‘tkazgichda o‘zak va yarmo plastinalarini yig'ishda tutashgan magnit o'tkazgichiga nisbatan nomagnit havo oraliqlarining ancha kamligi natijasida salt ishlash tokining keskin kamayishi uning afzalligidir.
    Amalda fazaviy shaklli magnit sistemalari ham qo'llanilmoqda (2.3- rasm). Bunday magnit sistemaning yarmosidagi magnit oqim Fya= Fo.J
    ^3 bo‘lganligidan uning ko'ndalang kesim yuzasini o‘zaknikiga
    nisbatan^/3 marta kamaytirish mumkinligi tejamli hisoblanadi.
    Chulg‘amni o‘rash texnologik jarayonining murakkabligidan bu magnit sistemani qo‘llash quvvati 630 kV A gacha bo'lgan kuch transformatorlari bilan cheklangandir.



    2.3-rasm. Transformator (TM— 250/6) ning fazaviy shaklli magnit o'tkazgichi: 1 — sterjen, 2 va 6 - izolatsiyalovchi qistirmalar; 3Uch fazali platrstina; 4 — yarmo; 5 — prujina; 7 — shpilka; 8 — izolat- siyalovchi trubka; 9 — siquvchi kamar; 10asos tayanch.

      1. Transformatorlarning chulg‘amlari va ularning konstruksiyasi

    Chulg‘amlar transformatoming muhim tarkibiy qismi bo ‘lib, ular elektr cnergiyani o‘zgartirish uchun zarur bo‘lgan magnit maydonni vujudga keltirishni hamda transformatorni amalda ishlatish uchun muhim bo‘lgan EYK lar hosil qilishni ta’minlaydi.
    Chulg‘amlarni tayyorlashdagi sarflanadigan materiallar narxi va ularni o‘rash uchun to‘lanadigan ish haqi transformator narxining taxminan 50 foizini tashkil etadi. Transformatorning xizmat muddati uning og‘ir sharoitlarda ishlaydigan chulg‘amlarining xizmat muddati bilan aniqlanadi.
    O ‘zakda joylashishiga ko ‘ra chulg‘amlar konsentrik va almashinuvchi lurlarga bo‘linadi. Almashinuvchi chulg‘amlarda YK va PK g‘altaklar o‘zak balandligi bo‘yicha navbatma-navbat o‘zaro almashingan bo'ladi.
    Almashinuvchi chulg‘amlar asosan maxsus transformatorlar uchun qo'llaniladi. Umumiy maqsadli kuch transformatorlarida va maxsus transformatorlarning ayrimlarida, odatda, konsentrik chulg‘amlar qo'llaniladi. Bunda o‘zak yaqiniga PK chulg‘am, uning tashqarisiga esa YK chulg‘am joylashtiriladi. Konstruksiyasi va o‘rash usuliga ko‘ra konscntrik chulg'amlar silindrik, g'altakli va vintsimon turlarga bo‘linadi.






    1. rasm. Kuch transfomatorining: a —vintsimon chulg‘amida simlaming o ‘rin almashinish (transpozitsiya) sxemasi; bbiryo ‘lli vintsimon chulg ‘am: (1 — o‘ramlar; 2 — tenglashtiruvchi segmentlar; 3 — ustki tayanch halqasi; 4 — vertikal sovitish kanallari; 5 — izolatsion silindr; 6 — parallel simlar; 7

    • qistima); d — ko‘p qatlamli silindrik chulg‘am: (8 — vertikal reykalar; 9

    • chulg'am uchlari; 10 — izolatsion silindr); e35 kV kuchlanish uchun uzluksiz g ‘altakli chulg ‘am: (11 — izolatsion silindr; 12 — vertikal reykalar; 13 — chulg'amning kuchaytirilgan izolatsiyali g‘altaklari; 14 — qistima; 15

    • simlaming o ‘rnini almashtirish uchun o ‘tishlar).

    Katta quwatli transformatorlarda parallel simlarning soni bir necha o‘nlargacha yetishi mumkin. Shu sababli bunday transformatorlarning PK chulg‘ami uchun bir necha to‘g‘riburchak kesimli simlardan parallel bajarilgan ko‘p yo‘lli vintsimon chulg‘amlar qo‘llaniladi. Vintsimon chulg‘amda (2.4,6-rasm) parallel simlar konsentrik ravishda chulg‘am o‘qidan har xil uzoqlikda joylashganligi tufayli o'zakka yaqinroq joylashgan simlarga nisbatan undan uzoqda joylashganlari uzunroq bo‘ladi. Bu farq shu simlar aktiv va induktiv qarshiliklarining tengsizligini vujudga keltiradi va ularda toklar bir tekis taqsimlanmaydi.




    Vinsimon chulg‘amlarda parallel simlardagi tokning bir tekis laqsinilanishi uchun bir o‘ramni hosil qiluvchi simlarni ma’lum sxemada o'rin almashtirib (transpozitsiya qilib) joylash talab qilinadi (2.4,a- rasm). Bunda har bitta sim bitta o‘ram chegarasida mumkin bo‘lgan hamrna holatlarni navbatma-navbat egallashi lozim bo‘ladi.
    Quwati SN < 630 kV A va kuchlanishi UN< 35 kV gacha bo'lgan Iransformatorlarda PK chulg‘am uchun dumaloq kesimli simdan yasalgan ko‘p qatlamli silindrik chulg‘amlar qo‘llaniladi (2.4,d-rasm).
    Uzluksiz g‘altakli chulg'amda bitta g‘altakdan ikkinchisiga simni uzmasdan o‘tiladi (2.4,e-rasm). Bunday chulg‘amning afzalliklariga tayanch yuzasining kattaligi sababli qisqa tutashuvda vujudga keladigan bo‘ylama kuchlarga nisbatan katta chidamlilik va sovitish yuzasining kattaligi kiradi. Shu afzalliklari tufayli uzluksiz chulg‘am keng ko‘lamda qo'llaniladi.
    Transformator chulg‘amlarining uchlari bak qopqog'ida o‘matilgan maxsus chinni izolatorlar ichidan o‘tgan kesim yuzasi nisbatan katta bo'lgan o‘tkazgichlarga ulanib tashqariga chiqariladi.

    1. rasm. Quvvati 320 kV'A bo‘lgan quruq kuch transformatorining qoplamasiz ko‘rinishi: [1 — vertikal tortish shpilkasi; 2 —yuqori kuchlanishli chulg‘am; 3chulg'amlami presslash uchun chinni taglik; 4 — presslovchi po'lat halqa; 5 — YK ulagichlarning tayanch izolatorlari; 6 — YK ulagichlar; 7 -- PK ulagichlami mahkamlash uchun chinni taglik; 8YK klemma (

    Moy bilan sovitiladigan («moyli») va havo bilan tabiiy ravishda sovililadigan («quruq») transformatorlarning chulg‘amlari A (105 °C) qizishga chidamlilik klassidagi kabel qog‘ozi tasmasi bilan izolatsiyalangan PB markali mis va APB markali aluminiy o‘rov simlaridan hamda mis va aluminiy tasmasidan yoki o‘lchami chulg‘am hnlandligiga teng boTgan folgadan tayyorlanadi. Quruq
    transformatorlarda (2.5-rasm) «V» va «F» klasslariga kiruvchi izolatsiyali o‘rov simlarini ham keng qo‘llaydilar.
    Chulg‘amlarning yo‘l qo‘yiladigan (me’yoriy) temperaturasi transformator moyining temperaturasi (105 °C) bilan, ya'ni «A» klassidagi izolatsiya bilan belgilanganligi sababli, bundan katta temperaturaga mo‘ljallab tayyorlangan izolatsion material moyli transformatorlarda qo‘llanilmaydi.
    Zamonaviy transformatorsozlikda kuchlanish klasslari 110-;-1200 kV bo‘lgan so‘nggi yillarda ishlab chiqilgan transformatorlarda YK chulg‘am uchun to‘qima chu\g‘amlar keng qo‘llanila boshlandi.
    To‘qima chulg‘amda qo'shni o‘ramlar orasidagi kuchlanishlar farqi uzluksiz chulg‘amnikiga nisbatan n/2 marta katta. Bunda qo‘shni g‘altaklar orasidagi kuchlanish pasayadi, bu holda ekranlovchi o‘ramlar va ayrim g‘altaklarni qo‘shimcha izolatsiya qilish talab qilinmaydi.


    Download 3,86 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   172




    Download 3,86 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kuch transformatorlariga qo'yiladigan asosiy talablar

    Download 3,86 Mb.