|
J. S. Salimov, N. B. Pirmatov
|
bet | 17/172 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 3,86 Mb. | | #108639 |
Bog'liq J. S. Salimov, N. B. PirmatovTransformatorning ishlashi nimaga asoslangan?
Uch fazali transformatorlar salt ishlash rejimining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
Salt ishlash tajribasidan qanday parametrlari aniqlanadi?
BOB. SIMMETRIK YUKLAMA ULANGAN
TRANSFORMATORDAGI ELEKTROMAGNIT
JARAYONLAR
Lens qoidasi, yuklama ulangan transformatorning muvozanat
tenglamalari
Agar transformatoming ikkilamchi chulg‘amiga yuklama (Z^) ulansa (3.1-rasmda kalit «K» ulangan hol), EYK E2 ta’sirida shu chulg‘amdan I2 tok o‘tib, MYK I2w2 ni vujudga keltiradi. Bu MYK asosiy magnit oqimga aks ta’sir qilishdan tashqari kuch chiziqlari nomagnit yo‘llar orqali faqat shu chulg‘am o‘ramlari bilan ilashadigan tarqoq magnit oqim Os2 ni ham hosil qiladi. Ikkilamchi chulg‘am MYK I2w2 ning asosiy magnit oqimga ko‘rsatadigan ta 'sirini Lens qoidasi yordamida tushuntirish mumkin.
Lens qoidasining ta’rifi: «0‘zgarayotgan magnit oqim ilashgan berk o ‘tkazuvchi kontur (zanjir)da shundayyo ‘nalishdagi EYK hosil bo ‘ladiki, uning vujudga keltirgan toki va u bilan bog'liq bojgan mexanik kuchlar magnit oqimning o‘zgarishiga aks ta'sir qiiadh.
Demak, agar ikkilamchi chulg'amga aktiv-induktiv yuklama ulansa, undan o‘tayotgan tokning reaktiv tashkil etuvchisi I2r vujudga keltirgan MYK I2rw2 transformatorning birlamchi chulg‘am MYK I0w, ga teskari yo'nalgan bo‘lib, asosiy magnit oqim O ni kamaytirishga, aktiv-sig‘imiy yuklamada esa I0w( ga mos yo‘nalgan bo‘lib, asosiy magnit oqimni oshirishga intiladi.
Aktiv-induktiv yuklamada natijaviy oqimning kamayishi birlamchi chulg‘amda EYK E, ning kamayishiga olib keladi. Natijada, elektr tarmog‘ining kuchlanishi U,= U1N= const boiganligidan U^—E,=AE tufayli hosil boigan birlamchi chulg‘amdagi tokning qiymati I0 dan I, gacha, ya’ni yuklama tokining magnitsizlovchi ta’siri toia kompensatsiya boigunga qadar oshishiga sababchi boiadi va natijada transformatordagi magnit oqim o‘zining dastlabki qiymatiga taxminan tenglashadi.
Shunday qilib, ikkilamchi chulg'amiga yuklama ulangan
tranformatorda magnit oqim 0 toia tok qonuniga binoan birlamchi
va ikkilamchi chulg‘am MYK larining birgalikdagi ta’siri tufayli yaratilib,
ularning ta’sir etuvchi qiymatlarining geometrik yigindisi salt ishlashdagi
birlamchi chulg‘am MYK I^w^ ga taxminan teng boiadi:
I w + Iw « 1 w ■Mwl -2 2 -0 1 *
|
| |