|
J. S. Salimov, N. B. Pirmatov
|
bet | 7/172 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 3,86 Mb. | | #108639 |
Bog'liq J. S. Salimov, N. B. Pirmatov/. 1-rasm. Kuchlanish klassi 35 kVquvvati 1000+6300 kVA konstruk-
siyasiga mos keladigan pasaytiruvchi kuch transformatori:
1 - bak; 2 - moy uchun ventil; 3 - zaminlash uchun qistirma; 4 - ter- mosifonli filtr; 5 - radiator; 6 - kuchlanishni rostlash qayta ulagichi; 7 - kengaytirgich; 8 - moy ko ‘rsatkich; 9 ~ havo quritgich; 10 - chiqaruvchi (saqbvchi) truba; 11 - gaz rele; 12 - YK chulg‘am uchun o‘tish izolatori; 13 - qayta ulagich dastagi; 14 - PKchulg‘amga oid o‘tish izolatori; 15 - transformatorni ko ‘tarish uchun ilgich; 16 — PK chulg‘amni o‘tish izolatori bilan bog ‘lovchi o‘tkazgich; 17 — magnit o'tkazgich; 18 — YK chulg‘amni o'tish izolatori bilan bog‘lovchi o‘tkazgich; 19 - yuqorgi va pastki yarmo balkalari; 20 - YKchulg‘am rostlash tarmog‘iningsimlari; 21 - YKchulg‘am; 22 — aravacha g‘ildiragi.
tejamli uzatish uchun ancha kamlik qiladi. Elektr energiyaning ma’lum
quwati (S= ^/3 U I)ni iste’molchiga uzatishda transformator yordamida
kuchlanish U qanchaga oshirilsa, tok kuchi I shuncha marta kamayadi. Bunda: l) liniya uchun ko‘ndalang kesim yuzasi nisbatan kichik bo'lgan sim tanlanib, elektr uzatish liniyasini qurishdajangli metallar tejaladi;
liniyadagi quwat isroflari (P'=3I2 R,) kamayishi tufayli iste'molchilarga yetkazib beriladigan aktiv quwat oshadi.
Ayrim issiqlik elektr stansiya (IES)larida o‘rnatilgan kuch transformatorlari uzatilayotgan elektr energiyaning kuchlanishini 20 kV dan 500 kV ga, ya’ni 25 marta oshirib beradi. Natijada, liniya simlaridagi energiya isroflari transformatorsiz uzatilganiga nisbatan 252 = 625 marta kamayadi, ya’ni katta iqtisodiy samaraga erishiladi.
Har qaysi elektr stansiyasida kuchlanishni oshiruvchi katta quwatli transformatorlar o‘rnatilgan bo‘ladi (T.l-rasm). Elektr uzatish liniyasi uzoq masofali va uzatilayotgan quwat qancha katta bo‘lsa, texnik- iqtisodiy jihatdan asoslangan kuchlanish shuncha yuqori boTadi. Masalan, 103 MW quwatni 1000 km masofaga uzatish uchun deyarli 500 kV kuchlanish zarur bo'ladi.
0‘zgaruvchan tok iste’molchilarining ko‘pchiligi 220, 380 va 660 V kuchlanishlarda, nasos stansiyalarda 0‘rnatilgan suv nasoslarini yuritadigan sinxron elektr motorlari 10 kV; metallurgiyada qo‘lla- niladigan katta quwatli faza rotorli asinxron elektr motorlari 6 kV, shu sohada ishlatiladigan yirik sinxron elektr motorlari esa 6 va 10 kV kuchlanishlarda; elektrlashtirilgan temiryo‘1 transportida qo‘llaniladigan elektr motorlari 3,3 kV kuchlanishda ishlaydi. Shuning uchun elektr uzatish liniyasining yuqori kuchlanishi markaziy va mintaqaviy podstansiyalarda hamda elektr energiya iste’molchilariga yaqin joyda o‘rnatilgan kuch transformatorlari orqali ular uchun zarur boTgan kuchlanish qiymatiga qadar pasaytiriladi. Shu xususda 1.1-rasmda, kuchlanish klassi 35 kV, quvvati esa 1000+ 6300 kV A konstruksiyasiga mos keladigan pasaytiruvchi kuch transformatori ko‘rsatilgan.
Elektr stansiyasidan iste’moldhilarga elektr energiyani uzatish jarayoni besh-olti bosqichda, asosan ikki chulg‘amli katta quwatli transformatorlar vositasida amalga oshiriladi. Shuning uchun kuch transformatorlarining soni hamda ulaming quwati elektr energiyani uzatish masofasiga qarab elektr stansiyalaridagi elektr generatorlarining soni va o‘matilgan quwatiga nisbatan taxminan olti marta ko‘p boTadi.
0‘zbekiston Respublikasida kuch transformatorlari hamda maxsus transformatorlarning ayrimlari asosan Toshkent viloyatida faoliyat ko'rsatayotgan Chirchiq transformatorsozlik zavodida, «ELUS» (Elektr uskunalari) va «Osiyoelektroenergiya» ilmiy-ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarilmoqda. Toshkent shahrida kuch transformatorlarini ta'mirlaydigan korxonalardan «Energota’mir» ixtisoslashtirilgan ta'mirlash-ishlab chiqarish va «Rotor» ta’mirlash korxonalari ham faoliyat ko‘rsatmoqda.
|
| |