|
J. S. Salimov, N. B. Pirmatov
|
bet | 3/172 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 3,86 Mb. | | #108639 |
Bog'liq J. S. Salimov, N. B. PirmatovMualliflar
KIRISH
K. 1. Elektr mashinalari haqida umumiy ma’lumotlar
Elektr mashina mexanik energiyani elektr energiyaga (elektr generatorlari) yoki elektr energiyani mexanik eneigiyaga (elektr motorlari) aylantira oladigan elektr-mexanik o‘zgartgich (EMO‘)dir. Elektr mashinalarida eneigiyaning elektr-mexanik o'zgartirilishi magnit maydon vositasida amalga oshirilib, elektromagnit induksiya qonuniga asoslangan', shuning uchun ham ularni induktiv elektr mashinalari deyiladi. 0‘zgaruvchan tok kuchlanishini o‘zgartirib beruvchi transformatorlar ham induktiv elektr mashinalarining o‘ziga xos turidir.
Elektr-mashinaviy o ‘zgartgichlar (masalan, o‘zgaruvchan tok chastotasini va fazalar sonini o‘zgartira oladigan) va kam quwatli elektr signaUar vositasida nisbatan katta quwatli obyektlami boshqarishga imkon beruvchi elektr-mashinaviy kuchaytirgichlar ham EMO‘ hisoblanadi.
Sanoat elektronikasining jadal ravishda rivojlanishi tufayli yarim o‘tkazgich (tranzistor, tiristor)li o‘zgartgichlar va kuchaytirgichlar sanoatda keng qo‘llanilmoqda. Natijada elektr-mashinaviy o‘zgartgichlar va kuchaytirgichlami amalda qo‘llash sohalari ancha kamaygan.
Elektr mashinalarining tasnifi. Aylanuvchi qismli elektr mashinalari tokning turiga ko‘ra o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok mashinalariga boiinadi. 0‘zgaruvchan tok elektr mashinalari ishlash prinsipiga bogiiq holda asinxron, sinxron va kollektorli mashinalarga boiinadi (K.l- rasm).
|
| |