|
J. S. Salimov, N. B. Pirmatov
|
bet | 6/172 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 3,86 Mb. | | #108639 |
Bog'liq J. S. Salimov, N. B. PirmatovBundan: o‘tkazgichga kiruvchi elektr quwatning asosiy qismi mexanik quvvat (Fem v) ga aylanadi, juda ham kam qismi esa o‘tkazgichdagi elektr isroflari (I2 r)ni qoplashga sarflanar ekan. Shunday qilib, magnit maydonga joylashgan tokli o‘tkazgichni eng oddiy elektr motori deb qarash mumkin.
Elektr mashina ishlashining zaruriy sharti o‘tkazgichlar va magnit maydonning mavjud bo'lishidir. Bunda elektr mashina generator sifatida ham, motor sifatida ham ishlashi mumkin. Elektr mashinaning bu xususiyati ularning qaytarligi deb ataladi (buni rus olimi E. Lens 1833-y. kashf qilgan).
I BO‘LIM.
TRAN SFORMATORLAR
Mazkur bo‘limda transformatorlarning bajaradigan vazifalari va qo'llanish sohalari; ularga qo'yiladigan talablar; magnit sistemasi va chulg'amlarining tuzilishi; tfansformatorning nazariyasi; barqaror simmetrik va nosimmetrik rejimlarida hamda o'tish rejimlarida bo‘ladigan jarayonlar; transformatorlar chulg‘amlari ulanishining guruhlari va parallel ishlashi; rejim va elektr parametrlarini tajriba yo'li bilan aniqlash; ekspluatatsion xarakteristikalari; avtotransformatorlar va uch chulg‘amli transformatorlaming o‘ziga xos xususiyatlari bayon etilgan.
T.l-rasm. Quvvati 250000 kV• A, kuchlanishi 330 kV, TDC—250000/ 330 tipli kuchlanishni oshirib beruvchi uch fazali ikki chulg‘amli transformator
BOB. TRANSFORMATORLARGA OID UMUMIY
MA’LUMOTLAR
Transformatorlarning elektroenergetikada tutgan o‘rni
Elektr stansiyalaridan iste’molchilarga elektr energiyani uzatishdagi encigiya isroflari liniya simlaridan o‘tadigan tok kuchiga bogfliq bo'ladi. Elektr stansiyalaridagi sinxron generatorlar kuchlanishining kattaliklari (U < 24 kV) uzoq masofadajoylashgan iste'molchilarga elektr energiyani
|
| |