|
‘zgarmas tok mashinalarini sovitish
|
bet | 165/172 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 3,86 Mb. | | #108639 |
Bog'liq J. S. Salimov, N. B. Pirmatov0‘zgarmas tok mashinalarini sovitish. Bular odatda aksial ventilatsiya sistemasiga ega (34.6-rasm). EM siga havo podshipnik qalqonidagi pardali panjara orqali kirib kollektorni sovitgandan keyin ikkita oqimga bo‘linadi: ulardan bittasi induktor qutblari orqali, ikkinchisi — kollektor kanallari va yakor chulg‘amining pazdan tashqari qismlari orqali o‘tib, yakorning aksial kanallariga kiradi. Ventilatorga kirish oldida ikkala oqim birlashadi va keyin mashinadan tashqariga chiqariladi.
34.6-rasm. Ventilatsiyaning aksial sistemasida IP23 himoyalanish darajali 0‘TM da sovitish muhitining harakatlanish sxemasi.
Turbogeneratorlar va gidrogeneratorlarning sovitish
sistemalari
Turbogeneratorlarning sovitish sistemalari. Katta quvvatli turbogeneratorlarda ventilatsiyaning aksial (34.7-rasm) va radial sxemalari (34.10-rasm) yoki ularning aralashgan (radial-aksial) sxemasi (34.8-rasm) keng ishlatiladi.
Quwati 30 MW gacha bo‘lgan turbogeneratorlarda tashqaridan (sirtidan) havo yordamida sovitiladi. Quwati P > 60 MW bo‘lgan turbogeneratorlarda chulg‘am ichi kavak o‘tkazgichlarining ichidan
34.7-rasm. TGV-300 tipli quvvati 300 MW bo'lgan
iurbogeneratoming aksial sistemali ventilatsiya sxemasi.
vodorodni, distillangan (ya’ni tuzdan tozalangan) suvni va transformator moyini o‘tkazib sovitiladi. Bulardan yaxshi sovitish qobiliyatiga egalari transformator moyi va distillangan suv hisoblanadi. Masalan, sovitish muhitlarining bir xil tezligida, havoga nisbatan vodorod 7,1 marta, transformator moyi 16,5 marta, suv esa 125 martako‘p issiqlikni sovitish muhitiga uzatish qobiliyatiga ega.
34.8-rasm. TVV-200-2 tipli
quvvati 200 MW bo'lgan turbogeneratorning, qizigan gazni bir oqimli so ‘rib olib gorizontal joylashgan gaz sovitgichga jo ‘naltiruvchi radial- aksial ventilatsiya sistemaci.
rasmda quwati 300 MW, ventilatsiyaning aksial sistemasiga ega bo‘lgan turbogeneratorning konstruktiv sxemasi ko‘rsatilgan. Bu sistemada havo bosimini hosil qiladigan element bitta bo‘lib, ventilatsiya sxemasi shoxobchalarga bo‘lingan. Sovituvchi gazning aylanishi (tsirkulyatsiyasi) yopiq sikl bo‘yicha amalga oshiriladi:
stator va rotor chulg‘amlari va statorning po‘lat o‘zagini oshirilgan bosimli vodorod bilan sovitishning aksial sistemasi, ya’ni valning o‘qiga parallel yo'nalgan sovitish sistemasi;
mashinaning radiusi bo‘yicha yo‘nalgan (radial) kanallardan hosil bo'lgan sovitish sistemasidan oshirilgan bosimli vodorod bilan sovitish sistemasi;
stator va rotor chulg‘amlari o‘tkazgichlarining ichidagi sovitish kanallaridan distillangan suv o ‘tkazib (34.9-rasm), stator va rotor poiat
393
rasm. Stator chulg‘ami ichi kavak o‘tkazgichlariga sovitilgan distillangan suvni berish va qizigan suvni sovitgichga yo ‘naltirish qurilmasi: a — umumiy ko ‘rinishi; b — konstruktiv sxemasi: 1, 3 — tegishlicha sovuq va issiq suv kollektori; 2 — egiluvchan izolatsion shlangalar; 4 — suv taqsimlagich uchliklari; 5, 6 — tegishlicha chulg‘am steijenlari (o ‘tkazgichlari)ningsovitilgan suv kiradigan va qizigan suv chiqadigan qismlari.
o‘zaklarini esa havo yoki vodorod bilan sovitish sistemasi;
stator chulg‘ami o'tkazgichlarining ichidagi va po‘lat o'zagidagi sovitish kanallardan transformator moyini o‘tkazib, rotor chulg‘ami o‘tkazgichlarining ichidan distillangan suv o‘tkazib va rotor po‘lat o‘zagini esa havo yoki vodorod bilan sovitish sistemasi.
Gidrogeneratorlarning sovitish sistemasi. Gidrogeneratorlar uchun sovitish sistemasining konstruktiv bajarilishi ularning osma va soyabonsimon turlari uchun umumiydir.
Sovitish havosining bosimini ventilator va rotor qismlarining shamol hosil qiluvchi qismlari tomonidan hosil qilinadi. Gidrogeneratorning radial sistemali ventilatsiya sxemasi 34-10-rasmda ko‘rsatilgan.
rasm. VGS 850/135-56 tipli soyabonsimon bajarilgan bir yo ‘naltiruvchi podshipnikli takomil-lashtirilgan konstruksiyali (bunda: 1 — kontakt halqalar; 2 — rostlash generatori; 3 — qo‘zg‘atgich; 4 — yuqorgi krestovina, ya ’ni bir-biriga ko ‘ndalang chalishtirilgan detal“; 5 — rotor; 6 — stator; 7 — tirgo-vich; 8 — yo'naltiruvchipodshipnik; 9 — tayanchostligi; 10 — konussimon tayanch) gidrogeneratoming radiai sistemali ventilatsiya sxemasi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Asosiy adabiyotlar
Eecna/ioe BJ1., Komejieneu, H. 0. 3jreKTpMHecKMe MauiMHbi: vMcCnioe nocoOMe jum CTyn. By30B. — M.: H3TiaTejibcKMM ueHTp «AKa,aeMMJi», 2006. - 320 c.
|
| |