|
Jahon iqtisodiyotini globallashuvini qarama qarshiliklari
|
bet | 1/5 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 172,27 Kb. | | #274166 |
Bog'liq Jahon iqtisodiyotini globallashuvini qarama qarshiliklari-kompy.info
Jahon iqtisodiyotini globallashuvini qarama qarshiliklari
Jahon iqtisodiyotini globallashuvini qarama qarshiliklari Globallashuv jarayonining sabablari va mohiyati hamda uning ijtimoiy ahamiyati bo‘yicha olimlar o‘rtasida yagona kelishuv mavjud emas. Shunday bo‘lsa-da, globallashuv mamlakatlar savdo integratsiyasi, tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining hududiy savdo aloqalarini kengayishi jarayoni, alohida mamlakatlarning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi, dunyodagi mamlakatlarning iqtisodiy va siyosiy o‘zaro bog‘liqligining o‘sishi va boshqalar sifatida qaralmoqda, Umuman olganda, jahon xo‘jaligining globallashuvi – bu jahonni axborot, tovar, xizmat, kapital va g‘oyalar erkin taqsimlanadigan yagona hududga aylantirishdir. Globallashuvning asosiy xususiyati – milliy iqtisodiyotlarning turli to‘siqlar bilan ajratilgan yakkalangan iqtisodiyotidan bir-biriga o‘zaro bog‘liq bo‘lgan umumiy, yagona iqtisodiy tizimga o‘tish hisoblanadi. Globallashuv jarayonining sabablari va mohiyati hamda uning ijtimoiy ahamiyati bo‘yicha olimlar o‘rtasida yagona kelishuv mavjud emas. Shunday bo‘lsa-da, globallashuv mamlakatlar savdo integratsiyasi, tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining hududiy savdo aloqalarini kengayishi jarayoni, alohida mamlakatlarning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi, dunyodagi mamlakatlarning iqtisodiy va siyosiy o‘zaro bog‘liqligining o‘sishi va boshqalar sifatida qaralmoqda, Umuman olganda, jahon xo‘jaligining globallashuvi – bu jahonni axborot, tovar, xizmat, kapital va g‘oyalar erkin taqsimlanadigan yagona hududga aylantirishdir. Globallashuvning asosiy xususiyati – milliy iqtisodiyotlarning turli to‘siqlar bilan ajratilgan yakkalangan iqtisodiyotidan bir-biriga o‘zaro bog‘liq bo‘lgan umumiy, yagona iqtisodiy tizimga o‘tish hisoblanadi. Globallashuv xalqaro raqobatni keskinlashtiruvchi asosiy omil bo‘lib, uning asosiy afzalliklari sifatida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin - xalqaro raqobatni keskinlashtirish orqali xaridorlar uchun tovar va xizmatlarning iste’mol xususiyatlari va xarid qilish sharoitlari qulaylashadi; - mahsulot (xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish jarayonida transport va kommunikatsiya xarajatlari qisqaradi; - ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) jarayonining kengayishi bilan ko‘lam (miqyos) samarasi ortadi va tannarx pasayadi; - jahon miqyosida innovatsiyalarni uzluksiz qo‘llash imkoniyati va bu bilan mehnat unumdorligini ortadi; - fan va texnika taraqqiyoti jadallashadi; - iqtisodiy samaradorlik ortishi bilan tarmoq, hudud va mintaqa miqyosida iqtisodiy o‘sish darajasi ortadi; - iqtisodiy chegaralarning kamayishi bilan o‘zaro manfaatli savdo rivojlanadi; - jahon miqyosida yalpi ichki mahsulot hajmi va jon boshiga to‘g‘ri keluvchi daromadlar darajasi ortadi.
|
| |