ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ




Download 1,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana15.05.2024
Hajmi1,16 Mb.
#234478
1   2   3   4
Bog'liq
106-109

 
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
 

 

http://www.newjournal.org/

Выпуск журнала № – 27 
Часть–1_ Август –2023
 
108 
2181-3187 
isteʼmolchilar didining shakllanishiga taʼsir koʻrsatadi. Reklama korxona imijini 
yaratish (uzoq davrli taʼsir koʻrsatish), joriy sotish hajmini koʻpaytirish (qisqa davrli 
taʼsir koʻrsatish), haridorlarga nima sotib olishni va uni nima uchun sotib olish 
zarurligini hal qilishda yordamlashish va boshqa maqsadlarda olib boriladi. 
Reklamaning asosiy vazifasi — xaridorni qiziqtirish, mijoz xaridorlarni yoʻqotmaslik 
va ularni kengaytirishga qaratiladi. 
Reklamaning paydo boʻlish tarixi juda qadimiy, Yunoniston va Qadimgi Rimda 
ogʻzaki va yozma Reklama, hatto tovar belgisi qoʻyib tamgʻalash yoʻli bilan tovarlar 
reklama qilinganligi haqida maʼlumotlar bor. Hozirgi shakldagi reklama ilk marta 
AQShda paydo boʻlgan. Bu yerda XIX asrning 2-yarmida birinchi reklama agentliklari 
faoliyat koʻrsatgan va reklama katta daromad keltira boshlagan. Dastlab yozma 
reklama haridorlarni magazin va unda sotiladigan tovarlardan xabardor qilish 
vazifasini bajargan. Bu ish taxtalavha yozish va vitrinalar tashkil etish orqali amalga 
oshirilgan. Keyinchalik reklama potensial haridorga nashrlar orqali murojaat shakliga 
aylandi — afishalar, kitoblar, jurnallar, gazetalarda axborotreklama eʼlonlari paydo 
boʻldi. Reklama ishiga ommaviy axborot vositalari (matbuot, radio, televideniye, kino) 
jalb etildi. Reklama bir necha vazifani bajaradi: 

tovarlar va xizmatlar isteʼmolchilarini xabardor qilish, maʼlumot berish vazifasi 
— reklama eʼlonlarida tovar va xizmatlarning sifati, ishonchliligi, ularni qoʻllash 
sohalari, ishlab chiqaruvchilari va sotib olish yoʻllari haqida maʼlumot beriladi; 

ishontiruvchi reklama — mavjud tovarga isteʼmolchi va haridorlarlarning 
moyilligini oshirishga xizmat qiladi; 

eslatuvchi reklama — mavjud, ammo bir qadar unutilgan talabni, haridorlarning 
oʻzlari uchun maʼlum boʻlgan tovarlarga munosabatni kengaytirishda muhim oʻrinda 
turadi. 
Ommaviy axborot vositalari turlarini raqobat muhitida muloqotning o'ziga xos 
sharoitlariga moslashtirish boshlandi. Tipologik xususiyatlarni qisman o'zgartirish 
yordamida katta tijoriy muvaffaqiyatga erishish imkoniyati yaratildi. Ushbu jarayonni 
media turini formatlash sifatida aniqlash mumkin. 
XX asrning 90-yillarida istiqlolga erishgan davlatlar mustaqil taraqqiyot yo‘lini 
yaratish bilan bir vaqtda tobora avj nuqtasiga ko‘tarilayotgan globallashuv jarayonlari 
talablariga moslashishga majbur edilar. Globallashuv hodisasiga shu qadar ko‘p ta’rif 
berilganki, ular qanchalik xilma-xil bo‘lmasin, barchasida bir katta haqiqat – 
globallashuv 
– umumlashuv, yaxlitlashuv, o‘zaro aloqadorlik va hamkorlik ekanligi u yoki bu 
ko‘rinishda, shakl-shamoyilda ta’kidlanadi, takrorlanadi. Yana bir haqiqat – 
globallashuv, keng ma’noda olib qaralganda, ko‘proq axborot globallashuvida o‘z 
ifodasini topmoqda. 



Download 1,16 Mb.
1   2   3   4




Download 1,16 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

Download 1,16 Mb.
Pdf ko'rish