|
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕBog'liq 106-109
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
http://www.newjournal.org/
Выпуск журнала № – 27
Часть–1_ Август –2023
107
2181-3187
ijtimoiy mehnat taqsimoti tizimida shakllanganlar. Aslida, bu shaxs, guruh,
tashkilotning turli xil ijtimoiy sub'ektlarning real hayot sharoitlariga muvofiq
jamiyatda shakllanishi kerak bo'lgan xatti-harakatlari uchun javobgarlikdir.
Matbuot deb ommaviy axborot vositalarining bosma shakllariga aytiladi.
Matbuotga gazeta, jurnal, almanaxlar kiradi.
Matbuot — barcha bosma mahsulotlar majmui; tor maʼnoda davriy nashrlar,
asosan, gazeta va jurnallarni ifodalaydi(sinonimi – pressa). M. ijtimoiy ongning oʻtkir
va taʼsirchan vositasi sifatida kishilik jamiyatiga doimiy va faol taʼsir koʻrsatadi,
jamoatchilik fikrini shakllantiradi, omma ongiga muayyan qarashlarni singdirishda
qudratli gʻoyaviy omil hisoblanadi. M. jamiyat hayotini turli (ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy-ishlab
chiqarish,
ilmiy-texnikaviy
va boshqalar) yoʻnalishlarda
yoritadi.Tarixiy rivojlanish jarayonida matbuotning xususiy shaxslar, ijtimoiy guruhlar
(siyosiy oqimlar, partiyalar, kasaba uyushmalari, madaniy-maʼmuriy tashkilotlar va
boshqalar), hissadorlik jamiyatlari, hukumat muassasalari va boshqa tomonidan taʼsis
etilgan va ularning maqsadlariga xizmat qilgan qator turlari vujudga keddi. matbuot
qaror topgan dastlabki paytlarda Yevropada cherkov diniy mafkurani targʻib qilishda
bosma kitoblardan, varaqalardan keng foydalandi. Jamiyat maʼnaviy hayotiga cherkov
taʼsirining tobora cheklanishi zaminida dunyoviy matbuot tarkib topdi va keng
rivojlana boshladi. Ilgʻor ijtimoiy tuzum, demokratik tartiblar oʻrnatish uchun kurashda
taraqqiy-parvar matbuotning xizmati katta boʻldi.
Mashhur “Forbes”nashrining yozishicha, media manipulyatsiyasi idrok va
haqiqat o‘rtasidagi farqdan foydalanadi. OAV uzoq davrlar davomida jamoatchilik
uchun ishonchli axborot manbai bo‘lib kelgan. Bugungi kunda uni ishonchli qilgan
barcha to‘siqlar buzildi. Shunga qaramay, eski tushunchalar saqlanib qolmoqda.
Agar tasodifiy har qanday blogdagi media content bir nechta muharrirlar
tomonidan tekshirilgan, tahrirlangan va ko‘rib chiqilgan “New York Times” maqolasi
kabi ishonchli bo‘lsa, uni yoritish ikki baravar oson ishga aylanadi. Media
manipulyator sifatida mazkur holatni anglash, uni o‘z foydasiga hal etish murakkab
emas. Chunki uning ishi OAVdan manipulyatsiya instrumenti sifatida foydalanish
ya’ni odamlarni o‘zlari qilmaydigan narsalarni qilishlari yoki o‘ylashlari uchun media
orqali undash hamda ta’sir o‘tkazishdan iboratdir. Ular xuddi parda ortida
qo‘g‘irchoqning iplarini tortib o‘ynatadigan aktyorlarga o‘xshaydilar. Bu holatda
aktyor –manipulyator, iplar –OAV, qo‘g‘irchoq esa- auditoriyadir.
Jahon media makonida raqobat muhiti deyilganda,reklama tizimlari ham esga
tushadi .
Reklama (lotincha: reklamo — „qichqirmoq“) — tovarlarning sifati, ularni sotib
olishdan koʻriladigan naf haqidagi axborot; bevosita yoki bilvosita foyda (daromad)
olish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar yoki mahsulot toʻgʻrisida tarqatiladigan
maxsus axborot. Reklama marketingnnng tarkibiy qismi hisoblanib, talab va
|
| |